Dinlari tarixi



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

Tasavvuf odamlarni
esa bunday noto‘g‘ri fikrlarga 
qarshi bo‘lgan. Tasavvuf kishilar orasida tenglik, biro
-
darlik, ijtimoiy adolat, jamiyatga manfaatli mehnat fao-
liyati bilan mashg‘ul bo‘lishni targ‘ib etgan. Masalan, 
Bahouddin Naqshbandiyning «
Dil ba Yoru dast ba kor»
tariqati o‘zining mazmunini yo‘qotmagan.
Tasavvufiy qarashlarning yaxlit ta’limotga aylanib, 
islom o‘lkalariga keng yoyilishi va kishilar hayotida 
muhim voqyelikka aylangan.
Mumtoz tasavvufga xos go‘zal axloq, yuksak ma’na
-
viy fazilatlarni shakllantirish, komil inson, nafs tar-
biyasi, vatanparvarlik kabi g‘oyalar xalqimizning asrlar 
davomida takomiliga yetib borgan ma’naviy boyligini 
tashkil etadi. Hozirgi sharoitda ham tasavvufning ana 
shunday xususiyatlarini ko‘rsatib berish, kishilarni tur-
li asossiz g‘oyalar va maslaklarga adashib kirib qoli
-
shining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
MA’LUMOT 
UCHUN 
Markaziy 
Osiyo tasavvufi 
va tariqatchilik 
o‘rtasidagi no-
mutanosiblik ay-
nan o‘sha ulkan 
ilmiy meros va 
an’anaviylikdan 
uzoqlashishning 
natijasidir. 
MUSTAHKAMLASH UCHUN 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. 
Tasavvufning asl mohiyatini buzib talqin qilish qanday oqibat
-
larga olib keladi?
2. 
«Tariqatchilik»ning tasavvufdan farqi nimada?
3. 
Tariqatchilikning qanday belgilarini bilib oldingiz?
4. 
Tariqatchilar tomonidan qanday noo‘rin holatlar kuzatiladi?


70
XX-XXI ASRLARDA DIN VA 
MADANIYAT
16-17-§
BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ:
DINNING MADANIY HAYOTDAGI O‘RNI 
Madaniyat inson va jamiyat hayotida muhim o‘rin 
tutadi. Madaniyat insoniyatga bir-biriga yaxshi muoma-
la qilish, o‘zgalarni hurmat qilish, yer yuzida tinch-to
-
tuv yashashni o‘rgatadi. Din e’tiqod qiluvchilarning ij
-
timoiy, etnik va ma’naviy hayotiga ta’sir o‘tkazadi. Bu 
esa dunyo xalqlarining madaniyati, adabiyoti, san’ati 
kabi sohalariga kirib borish bilan amalga oshadi. 
Dinning madaniyatni targ‘ib qilish funksiyasi oldin 
madaniyatning ma’lum bir qatlamlari – yozuv, kitob bo
-
sish, san’atning umuman rivojlanishiga yordam bergan 
bo‘lsa, hozirda ba’zi madaniy fenomenlarni rag‘batlan-
tirib, ba’zilarini inkor etgan holda diniy madaniy qad-
riyatlarni saqlash va ko‘paytirish, ilmiy-ma’naviy me
-
rosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi.

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə