113
XX-XXI ASRLARDA
MISSIONERLIK VA PROZELITIZM
24-§
BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ:
XX-XXI ASRLARDA YUZAGA KELGAN
XALQARO MISSIONERLIK UYUSHMALARI
XX asrga kelib missionerlik faoliyatidan siyosiy
maq sadlarda foydalanish uchun xalqaro missionerlik
tashkilotlari tuzila boshladi.
Edinburg missionerlik konferensiyasi
da jahon
xalqlarini xristianlashtirish strategiyasi muhokama qili
-
nib,
missionerlar tayyorlash, Bibliyani turli tillarga tar-
jima qilish masalalarida turli xristian uyushmalarining
YAQIN TARIXDA
TARIXGA
NAZAR
1910-yili
Shotlandiyada
«Edinburg
missionerlik
konferensiyasi»
o‘tkazilgan.
1.
XX-XXI asrlarda yuzaga kelgan xalqaro missionerlik uyushma
-
lari.
2.
Missonerlik geosiyosiy o‘yinlar quroli sifatida.
3. Missionerlik va prozelitizmni millatlararo totuvlik va diniy
bag‘rikeng likka salbiy ta’siri.
1970-yilda xristianlarning 2200 xorijiy missiyalarida 240 000
professio-
nal missioner faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2000-yilda 4800 ta xorijiy missiya-
da 420 000 missioner mahalliy aholi ichida targ‘ibot o‘tkazib kelgan. 1970
yilda xorijiy missiyalarning faoliyatiga 3 milliard AQSh dollari sarflanib,
2000 yilda ushbu ko‘rsatkich 12 milliardga yetgan. Yetakchi missionerlik
markazlari qatorida «Missiyalar va butunjahon xristianlik maktabi» (Bir
-
mingem), «Genri Martin markazi» (Kembridj, Buyuk Britaniya), Gri-
gorian va Urbanian universitetlari (Vatikan), «Xorijiy missiyalarni o‘rgani-
sh markazi»ni (Nyu-Xeyven, AQSh) qayd etish mumkin.
114
hamkorligi kelishib olingan. Mazkur konferensiya za-
monaviy missionerlikning shakllanishiga turtki bo‘ldi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin, kolonial tizim bar-
bod bo‘lgach, missionerlikdan sobiq koloniyalarda cher
-
kovlarning mavqeyini saqlab
qolish maqsadida foyda
-
lanildi. Jumladan, 1969-yilda Afrika qit’asida 16 ming
erkak va 30 ming ayol xristian missionerlari bo‘lgan.
Missionerlar muayyan hududda o‘z faoliyatini
yo‘lga qo‘yishda muhim
mintaqalarni belgilab oladi
-
lar. Jumladan, hozirgi kunda xristian missionerlarining
diqqat-e’tibori ular tomonidan «10-40 oyna» deb atal
-
gan hududga qaratilgan.
Ushbu hudud shimoliy keng-
likning 10 va 40-parallellari orasidagi Atlantika okeani
qirg‘oqlaridan Kichik va Markaziy Osiyo, Arabiston ya
-
rim oroli, Janubiy Osiyoning Tinch okeani qirg‘oqlariga
qadar cho‘zilgan.
Ushbu hududda aholisining aksariyat qismi islom,
buddaviylik, konfutsiylik va hinduiylik dinlariga e’tiqod
qiluvchi mamlakatlar joylashgan. Aynan mazkur hudud
-
da dunyodagi eng yirik gaz, neft, uran zaxiralari, qit’ala
-
raro strategik ahamiyatga ega transkommunikatsiya
yo‘llari, bo‘g‘oz va ko‘rfazlar joylashgan bo‘lib, moja-
rolar zonasiga aylangan.
Dostları ilə paylaş: