dehqonchiliq chorvachiliq hunarmandchilikka va vatanga, xalqqa ulug' muhabbat ruhi bilan uyg'unlashib
ketgan. Bu hol unda diniy mazmunga qaraganda dunyoviy elementlar ko'p bo'lganidan dalolat beradi.
Zardushtiylikning barcha marosimlari, jumladan, Navro'z, Mehrjon bayramlari tantanalarida bu ruh
ayniqsa ulkan qudrat bilan namoyon bo'lgan. Boychechakning chiqishi, lolaqizg'aldoqning ochilishi,
bodomning gullashi, umuman bahor bilan birga tabiatning go'zallashib borishi
ezgulik ruhining tantanasi
bo'lib, ularning har biri katta shodiyonalikka sabab bo'lgan. Odamlar tabiatning bu go'zalliklarini muqaddas
bilib, ularni xalq bayramlari va sayillariga aylantirib yuborganlar.
Zardushtiylikda diniy dasturlar haqidagi g'oyalar bilan birga real, dunyoviy, hozir ham foydali
nasihat, tavsiya, cheklash, ta'qiqlash, rag'batlantirishga doir o'git va da'vatlar ko'p bo'lgan. Ulardan hozirgi
mustaqilligimiz davrida ham foydalanish mumkin va lozim.
Dostları ilə paylaş: