Dinshunoslik



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/49
tarix13.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#149580
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49
Oquv qollanma Dinshunoslik

 
Sekta bu
– 
faqat o‘zini haq din, 
insonlarni najotga yetkazuvchi deb da’vo qiladigan, aslida esa muayyan siyosiy va 
iqtisodiy maqsadlarni ko‘zlaydigan guruh hisoblanadi. Psixologlar mazkur 
sektalarni «ommaviy ijtimoiy-psixologik qirg‘in quroli» deb ta’riflaydilar. 
 
Diniy sekta
 
deganda ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda 
ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan 
holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruhlar tushuniladi. Bugungi 
kunda missionerlik faoliyati bilan asosan turli sektalar shug‘ullanadi. Hozirgi 
kunda taxminan 5000 ta sektaning faoliyati aniqlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 
mamlakatimiz bilan chegaradosh bo‘lgan davlatlarda «Богородичий центр», 
«Церковь объединения», «Церковь Иисуса», «Церковь Нового Завета», 
«Белое братство», «Божественный орден Первого Ангела», «Фархат ата», 
«Дианетика» kabi yuzlab diniy sektalar faoliyat olib bormoqda. Iblisga ibodat 
qilishga asoslangan «Satanizm» sektasi ham ayrim qo‘shni respublikalarda keng 
tarqalmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ta xavfli bo‘lgan mazkur sektaning 
Rossiyada 100 ming, yer yuzida 5 milliondan ortiq tarafdori bor.
 
Mazkur sektalar aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning 
yaqinligi bilan qo‘rqitish hamda asosan yoshlar va moddiy ahvoli nochor 
bo‘lganlar ichida tashviqot olib borish yo‘li bilan o‘z tarafdorlarini ko‘paytirishga 
harakat qilmoqda.
 
2. Missionerlik faoliyatida ijtimoiy tabaqalar bilan ishlash strategiyasi. 
Missionerlar makon va zamonga moslashgan holda o‘z uslub va vositalarini 
doimiy takomillashtirib kelganlar. So‘nggi vaqtlarda ular ma’lum bir ijtimoiy 
qatlamni ajratib olib, maqsadli ish olib borishga intilmoqdalar. Jumladan, 
missionerlar asosiy e’tiborni aralash millat vakillaridan iborat oilalarning a’zolari, 
ilgari hech bir dinga e’tiqod qilmagan, og‘ir xastalikka, judolikka, moddiy 
qiyinchilikka duch kelgan, axloq tuzatish muassasalaridan chiqib kelgan, ya’ni 
moddiy va ma’naviy ko‘makka muhtoj kishilarga qaratmoqdalar.
Ziyolilarning turli qatlamlari ichida san’at sohasi xodimlari, 
kutubxonachilar, o‘rta maktab o‘qituvchilari, turli idoralar xizmatchilari faol 
missionerlik targ‘iboti obyekti sifatida tanlanayotganini ham qayd etish lozim. 
Bunday yondashuvda o‘ziga xos mantiq bor. Masalan, prozelit san’atkor 
san’atning hissiy-emotsional ta’sir quvvatidan foydalanib, e’tiqodiy bosim 
o‘tkazishda yuqori samaradorlikka erishishi mumkin bo‘lsa, e’tiqodini 


40 
o‘zgartirgan kutubxonachida esa «o‘lja» sifatida tanlanganlar bilan yakka tartibda 
ishlash imkoniyati mavjud bo‘ladi. 
Missionerlarga tabiatan ishonuvchan, tashqi ta’sirga moyil bo‘lgan va ayni 
paytda, hayotda sabr-bardoshli va fidoiy bo‘lish bilan bir qatorda hamisha 
ma’naviy-ruhiy ko‘makka, qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan ayollarga ham 
alohida e’tibor bilan qaramoqdalar. Ularning maqsadi jamiyatda beqarorlikni 
keltirib chiqarish, ijtimoiy va milliy totuvlik asoslariga rahna solishdir. 
Qayd etilgan misollar ham missionerlik obyekti sifatida tanlanayotgan 
qatlamlar doirasi muntazam ravishda kengayib borayotganini ko‘rsatadi. 
Missionerlar o‘zlarining targ‘ibotchilik faoliyatini kuchaytirish maqsadida 
xilma-xil va turli davrlarga mo‘ljallangan dasturlar ishlab chiqqanlar. Xristian 
nazariyotchisi Luis Bush xristian missionerlari alohida e’tibor qaratishi lozim 
bo‘lgan hudud - shimoliy kenglikning 10 va 40-parallellari orasida joylashgan, deb 
hisoblab, uni «10/40 oyna», deb atagan edi. Ushbu parallellar orasi esa buddaviylik 
konfutsiylik xinduiylik, islom, sintoiylik va daosizm dinlari keng tarqalgan 
hududlar hisoblanadi. Bu hududda Osiyoning 40 ga yaqin, Afrika qit’asining 20 
dan ortiq davlati joylashgan. 
Missionerlikda eng avvalo hududlarga xos xususiyatlar inobatga olinadi.
 
Masalan, «10/40 oyna» hududiga kiruvchi mamlakatlarning o‘ziga xos 
xususiyatlari, aholisining diniy qarashlari, turmush tarzi, missionerlik faoliyatini 
olib borishda e’tibor berilishi zarur bo‘lgan jihatlar haqida batafsil ma’lumotlar 
shakllantirilgan. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda dunyodagi 3000 ga yaqin etnik 
guruhlar to‘laqonli faoliyat yuritadigan cherkovlarga ega emas. 
«Uiklif» xalqaro xristian missiyasi «Xushxabar»ni 600 dan ortiq tilga 
tarjima qilgan. Ularning harakatlari natijasida 45 million kishi «Muqaddas kitob» 
tarjimasi bilan tanishgan. 
Hozirgi kunda ushbu missiya dunyo bo‘yicha mavjud 6913 ta til guruhidan 
1376 tasida ish olib bormoqda. Bunda, avvalo tilning lingvistik tadqiqoti amalga 
oshiriladi va bu ish oxir-oqibatda «Injil»ni o‘sha tilga tarjima qilish bilan 
yakunlanadi. Missiyaning dunyoning 60 davlatida faoliyat yuritayotgan 5277 ta va 
maxsus tayyorgarlikdan o‘tayotgan 442 ta missioneri oldiga ana shunday vazifa 
qo‘yilgan.
 


41 
Dunyo xalqlarini injillashtirish bo‘yicha mavjud rejalar haqida ham 
ta’kidlash lozim.
 
2002 yilda nashr etilgan AQSHda «Butunjahon xristianligi 
tendensiyasi» kitobida 2000 yilgi ko‘rsatkichlar va 2025 yilgacha erishishi lozim 
bo‘lgan holat qiyosiy tahlil qilingan. Xususan, unda yozilishicha: 
-
Yer yuzi aholisining «Injil» bilan tanishtirilishi 73,1 foizdan 100 foizga 
yetkazilishi; 
-
dunyo aholisi tarkibidagi xristianlarning ulushi 33 foizdan 40 foizga 
o‘sishi; 
-
xristianlarning 10 foizini tashkil qilgan missionerlarning ulushi 20 foizga 
ko‘tarilishi; 
-
xristianlar o‘z daromadlarining 1,8 foizini cherkov hisobiga o‘tkazib 
kelishgan bo‘lishsa, bu ko‘rsatkich 3 foizga yetkazilishi; 
-
har 3000 kishiga 1 ta missioner to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich har 
1000 kishiga 1 ta missionerni tashkil etishi; 

cherkov mavjud bo‘lmagan, aholisi 50000 dan ortiq 116 ta shaharning 
barchasida cherkovlar yuzaga kelishi; 
- cherkovlar tuzilmagan 1000 dan ortiq etnik guruhning har birida 
cherkovlar tashkil etilishi; 
- Umuman tarjima qilinmagan, yoki qisman tarjima qilingan barcha tillarga 
«Injil» tarjima qilinishi lozim. 
Real voqelik va missionerlar tomonidan amalga oshirilayotgan harakatlarni 
o‘rganish, afsuski, bu rejalarda belgilangan maqsadlarga asta-sekin bo‘lsa-da, 
erishilayotganini ko‘rsatadi. 
Yuqoridagilar bilan bir qatorda, missionerlikda yoshlarga alohida e’tibor 
berilayotganini ta’kidlash lozim.
 
Yoshlarning faol ijtimoiy kuchga aylanib 
borayotgani bugungi kunda ularning turli mafkuraviy ta’sir va tazyiqlarning asosiy 
obyektiga aylanishiga olib keldi. Bunda ularning jamiyatning hali yetarli tajribaga 
ega bo‘lmagan, tashqi ta’sirlarga tez beriluvchan va ayni paytda, eng harakatchan 
qatlami ekani inobatga olinmoqda.
Missionerlikning taniqli nazariyotchisi Patrik Djonstoun talaba yoshlarni 
missionerlik faoliyatining asosiy obyekti deb qarab, o‘zining «Dunyo operatsiyasi» 
kitobida shunday yozadi: «Butun dunyoda universitet va kollejlarda 37 million 
talaba tahsil oladi. Ularning ko‘plari 20 yildan so‘ng yirik mansablarni 
egallashadi». Ushbu fikrlar missionerlarning jamiyatning ertangi kunini belgilab 
beradigan avlod ongini egallash, nazorat qilishni ko‘zlab ish yuritayotganini 
anglash imkoniyatini beradi.


42 
Xayriya yordamlari ko‘rsatish ham missionerlikdagi eng qadimiy va 
samarali usullardan biri hisoblanadi. Bunda, turli tadbirlar uyushtirilib, ularga 
asosan yoshlar jalb etiladi. Beg‘araz deya taqdim etilayotgan, aslida jamiyatning 
yordamga muhtoj qatlamlarini aniqlash va so‘ngra ular bilan maqsadli ish olib 
borishni ko‘zlaydigan bunday harakatlar hatto «Yangi yil», «Navro‘z», «Xotira va 
qadrlash kuni» kabi xalqimizda keng nishonlanadigan bayramlar davomida ham 
g‘arazli maqsadlarda amalga oshirilishi kuzatilgan. Missionerlar o‘zlari 
ko‘rsatayotgan «yordamni» shu bayramlar ruhiga moslashtirishga ham harakat 
qilmoqda. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə