Dinshunoslik


Uyma-uy yurib «Xushxabar» yetkazish usulining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/49
tarix13.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#149580
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49
Oquv qollanma Dinshunoslik

 
Uyma-uy yurib «Xushxabar» yetkazish usulining o‘ziga xos xususiyatlari.
 
Bu usul missionerlarga odamlar bilan kunning dolzarb masalalari haqida 
suhbatlashish, ularning dardlariga qiziqish bildirish va ushbu muammolardan 
chiqish yo‘llarini ko‘rsatib berishni taklif qilib, o‘z tashkilotlariga jalb qilishga 
asoslanadi. Bu missionerlikni amalga oshirishda eng yaxshi samara beradigan va 
katta mablag‘ talab qilmaydigan usullardan biri hisoblanadi. Masalan, ushbu 
usuldan faol foydalanayotgan «Iyegovo shohidlari» oqimi a’zolari, o‘zlarini 
go‘yoki, Iso Masih o‘z havoriylariga buyurgan yo‘ldan foydalanayotganlarini 
da’vo qilib, muayyan hududda «tayanch nuqta»ni shakllantirish va unga suyangan 
holda yaqin qo‘shnilar orasida uyma-uy yurib adabiyotlarni tarqatish, maktab 
o‘quvchilari va yoshlar orasida targ‘ibot ishlarini olib borishga alohida e’tibor 
bermoqda. Bunday maqsadli faoliyat natijasida iyegovochilar soni yildan yilga 
ortib bormoqda va bugungi kunda dunyo bo‘yicha qariyb 7 millionni tashkil 
etmoqda.
Ta’lim-tarbiya sohasidagi missionerlikdan ko‘zlangan maqsadlar.
 
Ta’lim 
tizimi bosqichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tufayli g‘oya va qarashlarni 
singdirishdagi tadrijiylik ta’minlanadi. Shu bilan birga, talim jarayonida amalga 
oshirilgan targ‘ibot natijalarini bevosita tekshirib ko‘rish va uni takomillashtirib 
borish imkoniyati ham mavjud. Bu kabi xususiyatlar missionerlarning ta’lim 
tizimiga alohida e’tibor bilan qarashini keltirib chiqarmoqda. Adventistlarning 
dunyo bo‘yicha 5000 dan ortiq o‘quv markazlariga, pyatidesyatniklikning eng yirik 
oqimlaridan biri – «Xudo assambleyalari» cherkovlari
 
bir necha kollej va Bibliya 
maktablariga egalik qilayotgani ham aynan shu bilan izohlanadi. 
Jumladan, O‘zbekiston istiqlolining dastlabki yillarida missionerlar turli 
volantyor tashkilotlar niqobi ostida mamlakatimiz ta’lim tizimiga kirib olishga 
uringanlari kuzatilgan. Ular yurtimizdagi mavjud ta’lim muassasalarida turli til, 
kompyuter, sport to‘garaklari tashkil etish niqobi ostida talaba va o‘quvchilar 
orasida o‘z dinlarini targ‘ib qilishga harakat qilgan.


43 
Missionerlikda mahalliy tillarda xristianlikni targ‘ib qiluvchi adabiyotlarni 
chop qilish va tarqatish
 
ham eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biridir. Kichik 
hajmdagi qo‘llanmalar juda ham ta’sirchan qilib yoziladi. Odamlarning e’tiborini 
jalb qilish uchun uni chiroyli suratlarga boy etib chop etiladi. Ularda dinni qabul 
qilishga ochiq-oydin taklif qilinmaydi. Ammo adabiyot oxirida qo‘shimcha 
ma’lumot olish uchun tashkilot manzili yoki telefoni keltiriladi. Risolani o‘qigan 
va diniy bilimi sayoz bo‘lgan inson uning ta’siriga tushishi mumkin. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, «To‘liq injil xristianlari» oqimi yangi vakillarining yarmidan 
ko‘pi dinni qabul qilishlarini xristian adabiyotlari ta’siri bilan bog‘lashadi. 
Adabiyotlarni olib kirish va tarqatish ko‘pincha mavjud qonunlarga zid ravishda 
amalga oshiriladi. 
Shuningdek, Missionerlik tashkilotlari xristianlikni targ‘ib qilishda audio
video va elektron mahsulotlar, ro‘znoma va oynomalar, teledasturlar, internetda 
onlayn o‘quv kurslari
 
tashkil etish yo‘llaridan foydalanmoqdalar. Missionerlik 
mazmunidagi CD disklar ishlab chiqarish va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi qator 
xalqaro agentliklar ham faoliyat yuritmoqda. Bunday yirik tashkilotlardan biri – 
Global Recordings kompaniyasi bo‘lib, u 21 milliy agentlikni birlashtiradi hamda 
4562 til lahjalarida mahsulot ishlab chiqaradi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə