Dinshunoslik



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/49
tarix13.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#149580
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49
Oquv qollanma Dinshunoslik

«
Baxshillochilar»
norasmiy jamoasiga Buxoro viloyatida tug‘ilgan Aliyev 
Baxshillo 1997 yilda asos solgan. Uning diniy qarashlari quyidagi holatlarga ko‘ra 
islom ta’limotiga zid sanaladi: 


77 
-
B.Aliyev o‘zini avval qiyomatdan oldin keladigan Mahdiy, keyinchalik esa 
payg‘ambar, turmush o‘rtog‘i Mohira Aliyevani «musulmonlar onasi», 
farzandlarini «musulmonlar amiri», yaqin izdoshlarini «sahobiylar» deb e’lon 
qilgan; 
-
jamoada shahodat kalimasida B.Aliyevni payg‘ambar deb tan olish joriy 
qilingan; 
-
B.Aliyev go‘yoki uni ziyorat etgan shaxs ham amalini bajargan odamning 
savobini olishini, o‘ziga ergashganlarga qiyomatda savol-javob yo‘qligi, ular 
qanday holatda vafot etishidan qat’iy nazar, shahidlik maqomi berilishi, hatto 
barcha erkak maslakdoshlariga payg‘ambarlik darajasi berilishi haqida targ‘ib 
qiladi; 
-
namoz besh emas, go‘yoki uch mahal farz qilingan; 
-
o‘g‘il farzandlarni islom talablariga muvofiq xatna qildirish bekor qilingan. 
Jamoada tartib diniy sekta shaklida tashkil etilib, jamiyat bilan ijtimoiy 
aloqalari buzilgan. Jamoa a’zolari rahbarning barcha ko‘rsatmalarini so‘zsiz 
bajaradilar va unga tegishli buyumlarni «tabarruk» sanaydilar. Ba’zi adeptlar 
turmush o‘rtoqlarini M.Aliyevaga «muxlisa» etishi oqibatida jamoada o‘ziga xos 
«ayollar qanoti» vujudga kelgan.
B.Aliyev 1990-yillarning oxirida aholi ichida diniy va milliy asosda nizo 
keltirib chiqarishga qaratilgan jinoiy xatti-harakatlar sodir etgani uchun jazoga 
tortilgan. 2006 yilda ozodlikka chiqqach, Rossiya Federatsiyasiga doimiy yashash 
uchun ko‘chib ketgan. Aynan mana shu davrda B.Aliyev izdoshlari ichida uni 
ziyorat qilganlarga go‘yo hoji maqomi berilishi haqidagi g‘oyalarni tarqatgan. 
Rossiyaga borgan «Baxshillochilar» B.Aliyevga katta miqdorda pul berishlari
ishga yollanib, daromadlarining asosiy qismini jamoa yetakchisiga topshirishlari 
kuzatilgan. 2008-2010 yillar davomida jamoa a’zolari shu tariqa «hijrat»ga chiqib, 
o‘z yetakchilariga «baytulmol» sifatida pul to‘plab berganlar. 
«Baxshillochilar» asosan Buxoro va Kogon shaharlarida istiqomat qiladilar. 
Ta’kidlash joizki, norasmiy diniy jamoalarning faoliyatida ishtirok etish, jamoa 
g‘oyalari asosida diniy ta’lim olish yoki o‘rgatish O‘zbekiston Respublikasi 
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning 5 va 9-moddalarini 
buzish hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
Kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalarida 
belgilangan qonuniy jazo qo‘llanishiga olib keladi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə