Dinshunoslik


NOUS  – inson vafotidan so‘ng undan qolgan suyaklar saqlanadigan maxsus  quticha bo‘lib, u daxmaga qo‘yilgan. OQ VA QORA RUHONIYLAR



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/49
tarix13.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#149580
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Oquv qollanma Dinshunoslik

NOUS 
– inson vafotidan so‘ng undan qolgan suyaklar saqlanadigan maxsus 
quticha bo‘lib, u daxmaga qo‘yilgan.
OQ VA QORA RUHONIYLAR 
– pravoslav ruhoniylari qatlami. «Oq» 
ruhoniylar oila qurish huquqiga ega, «qora» ruhoniylarga esa oila qurishi 
mumkin emas.
ORIYLAR – 
oq tanli qavm hisoblanib, Hazar, ya’ni, hozirgi Kaspiy dengizining 
shimoliy, Yevropaning shimoli yoki Turkmaniston mintaqasida miloddan 
avvalgi XVII – XVI asrdan XII asrgacha turli qabila va guruhlar shaklida 
yashaganlar.
OTA XUDO 
– Xristianlikda Xudoning uch ko‘rinishidan biri va asosiysi. Ota 
Xudo dunyoni yaratgan bo‘lib, uchlikning qolgan ko‘rinishlari (O‘g‘il Xudo va 
Muqaddas Ruh) undan kelib chiqqan. 
OXIRAT KUNI 
– odamlar qayta tirilib, hayoti davomida bajargan har bir amali 
uchun hisob–kitob qilinadigan kun. U Qiyomat kuni deb ham ataladi. 
OYAT 
– (arabcha, «belgi, mo‘‘jiza») Qur’on suralarini tashkil etuvchi qism
«jumlalar». 
PASXA 
(yunoncha, ivritcha – «yonidan o‘tish») – xristianlikdagi asosiy diniy 
bayramlardan biri. Iso Masihning qayta tirilgan kuni sharafiga nishonlanadi. 
Hozirgi kunda Pasxa kuni Oy–Quyosh kalendari asosida hisoblanib, har yili 
o‘zgarib turadi. 


85 
PRESVITER 
(lotincha, «oqsoqol, jamoa boshlig‘i») – xristian ruhoniylik 
iyerarxiyasida yuqori o‘rinni egallovchi diniy lavozim. Qadimda yepiskoplar 
ham presviter deb atalishgan. 
RIM PAPASINING QARORLARI 
– turli davrlarda Papa tomonidan chiqarilgan 
din sohasidagi qarorlar. Rim katolik cherkovi aqidasiga binoan Papaning 
qarorlari ham muqaddas ahamiyatga ega.
ROHIB 
(yunoncha, monax – «zohid») – xristianlikda dunyoviy lazzatlardan 
tarkidunyochilik qilib, faqat ibodat bilan shug‘ullanuvchi shaxs. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə