Dinshunoslik



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/49
tarix13.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#149580
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49
Oquv qollanma Dinshunoslik

DEV VIZARESH 
– zardushtiylikda inson vafotidan so‘ng uning qilmishi 
yovuzlik bo‘lsa, jazo beruvchi, do‘zaxga tashlovchi ma’bud. 
DENKART 
(«Imon faoliyati») – IX asrda Sosoniylar hukmronligi davrida 
yozilgan qomusiy lug‘at bo‘lib, u o‘z ichiga badiiy va tarixiy ma’lumotlarni 
olgan. Dastavval 9 bo‘limdan iborat bo‘lgan, keyinchalik uning 2 qismi 
yo‘qotilgan.
DIAKON 
(yunoncha, xizmatchi) – xristian cherkovlaridagi eng quyi ruhoniylik 
darajasi.
DINIY MUTAASIBLIK – 
o‘z aqida va g‘oyalarining shak–shubhasiz 
to‘g‘riligiga qattiq ishonish, ularga mukkasidan berilganlikni, boshqa firqa va 
mazhablarga murosasiz munosabatni ifodalovchi qarashlar va xatti–harakatlar 
majmui. 
DINIY SEKTA 
– ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib 
chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan holda 
din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruh. 
DODGOH 
– zardushtiylikda hamma uchun ochiq bo‘lgan muqaddas olov yoniq 
turadigan xona.
DRUDJ 
– zardushtiylik dinida yolg‘on so‘z. 
DUJVARTSHTA 
– zardushtiylik dinida yovuz fikr. 
DUJMATADAN 
– zardushtiylik dinida yovuz amal. 
DUJUXTA 
– zardushtiylik dinida yovuz so‘z. 
YEPISKOP 
(yunoncha, «nazoratchi») – xristian cherkovidagi ruhoniylik unvoni. 
Yepiskoplar havoriylarning izdoshlari, deb hisoblanadi.


83 
JABROIL 
– Alloh bilan payg‘ambarlar o‘rtasida elchi vazifasini bajaruvchi 
farishta. 
ZAKOT 
– (arabcha, poklash) ehtiyojdan tashqari bo‘lgan boylikning qirqdan bir 
qismini (2,5 %) sadaqa qilish. Zakot moli zakot miqdoriga yetgan badavlat 
kishilar uchun farz etilgan. 
IMON 
ishonmoq, tasdiqlamoq bo‘lib, istilohda esa «La ilaha illallohu 
Muhammadun rasululloh» («Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad – 
Allohning payg‘ambari») kalimasini til bilan aytib (al–iqror bi–l–lison), dil bilan 
tasdiqlash (at–tasdiq bi–l–qalb) demakdir. 
INJIL 
– (yunoncha, «Yevangeliye») «Yangi Ahd»dagi Mark, Matto, Luqo va 
Yuhannolardan rivoyat qilingan kitoblar nazarda tutiladi. Ularda Iso Masihning 
hayot yo‘li va mo‘‘jizalari bayon qilingan.
QADIMGI AHD 
– «Bibliya»ning qismlaridan biri. «Tavrot» (Musoning 5 kitobi), 
«Zabur» va boshqa kitoblardan iborat, jami 39 kitobni o‘z ichiga oladi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə