Dinshunoslik



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/49
tarix13.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#149580
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Oquv qollanma Dinshunoslik

MAGEN DAVID 
– Yahudiylik dinining ramzlaridan biri bo‘lmish olti burchakli 
«Dovud yulduzi». 
MAKRUH 
– bajarilishi yomon sanalgan amal. 


84 
MANDUB 
– bajarilishi tark qilinishidan afzal bo‘lgan amal. 
MAHSHAR 
– qiyomat kuni bandalar yig‘iladigan va savol–javob bo‘lib o‘tadigan 
joy 
MASHHUR 
– isnod yo‘llarining har birida uchta va undan ortiq shaxslar 
tomonidan rivoyat qilingan va mutavotir darajasiga yetmagan hadislar. 
MEDITASIYA 
– «fikrlash, o‘ylash», shaxsning o‘z ruhiy faoliyatiga chuqur 
berilish holati, muroqaba, hikmat va haqiqat haqidagi ilm. 
MIRO MOYI 
(yunoncha, «xushbo‘y moy») – xristianlikning yetti sirli 
marosimlaridan birida tanaga suriladigan xushbo‘y moy. Ushbu moy cherkov 
yepiskopi tomonidan oliy navli zaytun moyiga oq uzum vinosi, atirgul 
yaproqlari, binafsha, zanjabil ildizlari, muskat, atirgul, chinnigul va limon 
moylari kabi mahsulotlarni qo‘shib qaynatish orqali tayyorlanadi. 
MITRA 
(avesto, do‘stlik, kelishuv) – inson vafotidan so‘ng uning ruhini himoya 
qiluvchi ezgulik yazatlaridan biri. 
MONASTIR 
– xristianlikda ruhoniylar jamiyatdan ajralib, faqat ibodat bilan 
shug‘ullanadigan joy, muassasa. Ayollar va erkaklar uchun mo‘ljallangan 
monastirlar mavjud. 
MUQADDAS RUH 
– xristianlikda Xudoning uch ko‘rinishidan biri. Muqaddas 
Ruh dunyoning yaralishida ishtirok etgan, Bibi Maryam ham u orqali Isoga 
xomilador bo‘lgan.
NAQLIY DALIL 
– aqliy dalildan farqli ravishda naqliy dalil faqat Qur’on va 
sunnatga asoslangan. 
NIRVANA 
– inson ichki dunyosining mukammalligi, orzu–istaklari, yashash 
hissi, qanoat, tarki dunyochilik kabi ruhiy holatni o‘z ichiga olgan oliy intilish.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə