Dinshunoslik


SANGHA  – «oliy haqiqat»ga yetishgan avliyolar, Budda asos solgan va  hozirgacha faoliyat ko‘rsatib kelayotgan rohiblar jamoasi. SAOSHYNTA



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/49
tarix13.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#149580
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Oquv qollanma Dinshunoslik

SANGHA 
– «oliy haqiqat»ga yetishgan avliyolar, Budda asos solgan va 
hozirgacha faoliyat ko‘rsatib kelayotgan rohiblar jamoasi.
SAOSHYNTA 
– xaloskor, zardushtiylikka ko‘ra, dunyoga 3 nafar saoshyanta 
kelishi lozim. Ular Zardusht ta’limotini qayta tiklaydi, Qiyomatga yaqin ularning 
oxirgisi Anxra–Maynyu bilan jang qilib, barcha yovuzlik kuchlarini mag‘lub 
etadi.
SINAGOGA 
(yunoncha, «sinagoge» – «yig‘ilish», ibroniycha «beyt kneset» – 
«yig‘ilish uyi») – yahudiylikda asosiy ibodat va marosimlar o‘tkaziladigan joy.
SUNNAT 
– islom shariatiga ko‘ra, zimmaga yuklanmagan, lekin bajarilishi talab 
qilingan amal. U Payg‘ambar (a.s.)ning pokiza sayratlari, turmush tarzlari, diniy 
yo‘llaridir. Uchga bo‘linadi: qavliy, fe’liy va taqririy. 
TIRTXAKAR 
– jayniylikda yo‘l tuzuvchi, ruhlarni ozod qiluvchi. 
TO‘LIQ INJIL XRISTIANLARI 
– protestantlikdagi eng yirik yo‘nalishlardan 
biri bo‘lgan pyatidestyaniklikning ikkinchi nomi. «Injil»ga haqiqatan amal 
qiluvchi sof e’tiqod vakillari deb bilganlari uchun ham o‘zlariga nisabatan 
shunday nomni ishlatadilar.
UMAY 
(Jumay) – tangrichilik e’tiqodiga ko‘ra, ayol jinsidagi Yerdagi hayotning 
sababchisi va makoni Yer yuzida bo‘lgan ma’buda, «Hayot onasi» deb e’tiqod 
qilingan. 
FARZ 
– islom dini ta’limotiga ko‘ra, inkor qilib bo‘lmaydigan darajada qat’iy 
dalil bilan bajarilishi talab qilingan amal. 
XALOSKOR 
– yahudiy va xristian atamasida Messiya (ivritcha, mashiax; 
qadimgi yunoncha, xristos). Yahudiylar aqidasiga ko‘ra, Xaloskor qiyomatga 
yaqin kelib yahudiylarni najot sari yetaklaydi. Yahudiy «messiyasi» Dovud 
avlodidan bo‘lishi shart. Xristian aqidasiga ko‘ra esa, xaloskor bu Iso Masihdir.
HAROM 
– atamasi islom ta’limotiga ko‘ra, inkor qilib bo‘lmaydigan darajada 
qat’iy dalillar bilan bajarilishi taqiqlangan amal. 
CHINVAD 
(ajratish ko‘prigi) – inson vafotidan so‘ng uning ruhi ezgulik va 
yovuzlikni ajratuvchi ko‘prikdan o‘tishi lozim. Chinvad ko‘prigida inson ruhi 
ezgulik yazatlari Sraosha, Mitra va Rashnu himoyasiga o‘tsa, abadiy rohat va 
farog‘at makoni Qo‘shiqlar uyiga boradi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə