Dinshunoslik



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə21/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#125498
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75
Dinshunoslik maruza

Manbalari. Buddaviylik ta’limoti bir qator kitoblar shakliga keltirilgan to‘plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi –Tripitaka ( yoki Tipitaka – “ uch savat” ma’nosini anglatadi.) U uch qismdan iborat bo‘lgani uchun shunday deb atalgan. Bu manbaning qo‘lyozma nusxasi Shri Lankada saqlanib qolgan. U milodning boshlarida kitob shakliga keltirilgan. Unda Budda targ‘ibotining haqiqiy bayoni hisoblangan sutra matnlari –Sutra –pitaka, rohiblik ahloqi, xonaqohlar nizomlariga bag‘ishlangan vinaya matnlari Vinaya –pitaka, buddaviylikning falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilib berishga bag‘ishlangan abxidxarma matnlari – Abxidxarma pitaka o‘rin olgan. Keyinchalik shakllangan sanskrit, xitoy, Tibet, kxmer, va yapon tillaridagi buddaviylikka oid adabiyotlar ancha keng tarqalgan, ammo ularning ilk buddaviylik tarixi uchun ahamiyati ozroq. Budda hayotiga tegishli rivoyatlarning asosiysi “Tripitaka” da jamlangan.
Oqimlari. Xinayana buddaviylikning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. “Xinayana” so‘zi “kichik arava” ma’nosini anglatib, u diniy yo‘nalish sifatida mil. av. I asrda shakllangan. Biroq uning asosiy qoidalari ancha avval, jumladan, “Tripitaka” da bayon qilingan.
Xinayana ta’limotiga ko‘ra, dharmalar tabiatini o‘rganishga va nirvanaga ma’naviy yo‘l bilan erishiladi. Bu yo‘l juda og‘ir, shu sababli monaxlargina nirvana holatiga yetishi mumkin. Keyinchalik Xinayanada murakkab va dabdabali ibodatlar (masalan, “Budda tishiga sig‘inish”), buddaviylikning muqaddas joylariga ommviy ziyoratlar joriy qilingan. Bu yo‘nalish Sharqiy Hindiston, Shri Lanka, Hindixitoy davlatlarida tarqalgan.
Maxayana Xinayana bilan bir qator buddaviylikda ikkinchi asosiy yo‘nalish bo‘lib, u ruhiy kamolot ahdiga rioya etuvchi, xudoga iltijo qiluvchi rohiblarga in’omlar berib yordam ko‘rsatuvchi har qanday oddiy dindor najot topishi mumkin, degan ta’limotga asoslanadi. Unga ko‘ra, Budda tanasi jonzotlarni azobdan qutqarish uchun turli maxluqotlar shakliga kirishi va hayot zanjirining barcha vakillari uni o‘rganishi, anglashi mumkin. Bu narsa cheksiz Budda ramzlarining, xudolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Xudolarga ishonishning bu yo‘li barcha uchun mumkin bo‘lgan sababli u “ katta arava” nomini olgan.
Lamaizm – buddaviylikning asosiy yo‘nalishlardan biri. U Tibet tilida “ lama” – “ eng ulug‘” degan ma’noni anglatadi. Mazkur diniy yo‘nalish rahbari Lama deb ataladi.
Lamaizm Tibetda VII – XIV asrlarda tibetliklarning qadimiy dini Bon –po (shomanizmning bir turi) unsurlarini qabul qilgan Maxayana va Tantrizm asosida vujudga kelib, hozirgi vaqtda tibetliklarning asosiy dini hisoblanadi. U bir necha firqa va mazhablarga bo‘linadi. Lamaizm XVI asrlar oxirlaridan mo‘g‘ullar, XVI asr boshlaridan Rossiya hududida yashovchi buryatlar, tuvaliklar va qalmiqlar orasida ham tarqaladi. Buddaviylikning barcha aqidalarini qabul qilgan lamaizmda inson faqat lamalar yordamiada najot topadi. Lamalarsiz nirvanaga yetishish u yoqda tursin, kishi bu dunyoga qaytib kelishda ham hech narsaga erisha olmaydi, deb ta’kidlanadi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə