Diqqat barqarorligi va diqqat buzilishlari hamda uning



Yüklə 387,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü387,78 Kb.
#161941
  1   2
ZDPP923



119 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli 9-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
DIQQAT BARQARORLIGI VA DIQQAT BUZILISHLARI HAMDA UNING 
BELGILARI 
Pardayeva Maftuna Baxtiyor qizi
Temiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar 
Fakultiteti Amaliy Psixologiya yo’nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.6366231 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada diqqat haqida umumiy tushuncha, diqqat 
barqororligini taminlovchi omillari, diqqat buzilishlarining turlari va uni qanday 
bertaraf etish yollarini keltirib o’tamiz.
Kalit so’zlar: 
Diqqatning inertligi, simultan , konsentratsiya , aprozeksiya 
Biz dunyoga kelganimizdan boshlab olamga teran nigoh bilan qarab, har bir 
ovozga , qimirlagan bizga notanish narsalarga u nima ekanligini bilish uchun bor 
diqqatimizni qaratamiz va shu zayilda olamni tanishni boshlaymiz. Boshida 
qiziquvchanligimiz hamda begona narsalarning barchasini bilishga harakat 
qilganimiz tufayli diqqatimiz beqaror, tez bo’linuvchan bo’ladi bu aynan bolalik 
chog’larimizga to’g’ri keladi, biz buni psixologiyada Ivan Pavlovich Pavlov tabiri 
bilan “bu nima gap” refleksi deb ataymiz . Yosh davrlar xususiyatidan kelib 
chiqqan holda bu diqqatning bolalarga xos holatidir. 
Xo’sh, diqqat deb o’zi nimaga aytiladi? 
Psixologiya fanida har xil ta’rif beriladi, uni izohlashda esa psixologlar turli 
nazariyalarga asoslanadilar. 
Diqqat – bu ongni bir nuqtaga to’plab, muayyan obektga aktiv ( faol) qaratilishiga 
aytiladi
Ivanovning fikricha biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qilgan har bitta 
narsa , o’y, fikr va rejalarimiz hamda har bitta qilgan ishimiz va hodisalar 
diqqatning obekti bo’la oladi . 
Shuni aytish joyizki diqqat vujudga kelishida ong bir nuqtaga to’planadi hamda 
bu ong doirasining torayishini vujudga keltiradi. Bunday torayish natijasida ong 
doirasi yanada yorqinlashadi. Agarda miyani ko’rish imkoniyati paydo bo’ganda 
huddi shu jarayon vaqtida miyamiz ichida kichkina nurlarni uning markazida 
kattaroq nurni ko’rishimiz mumkin edi .Olim I.P.Pavlov fikri bilan aytganda biror 
bir yangi g’oya tug’ilayotgan yoki yaratayotgan inson miyasini kuzataigan 
bo’lganimizda kichkina bir yorqin nurning u yoqdan bu yoqqa yurganini ko’rgan 
bo’lardik. 
Diqqat bo’inuvchanlik xususiyatiga egadir, diqqatimizni yo’naltirayotgan obektga 
maksimal 3-5 daqiqa qarata olishimiz mumkin shu orada diqqat bir va undan ko’p 


120 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli 9-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
martta bo’linishi mumkin bu jarayonni biz sezmay ham qolamiz. Simultan 
bo’linish diqqatning barqaror ishlashiga yordam beradi. 
Ayrim odamlarning fikri tez chalg’iydigan bo’ladi – bu diqqat barqarorligi
yetishmasligi bilan bog’liq holatdir. Diqqatning ma’lum vaqt oralig’ida saqlanishi 
diqqatning barqarorligi deb ataladi. Agarda biror bir mashg’ulotga e’tibor bilan 
kirishilsa ushbu jaraoyon kuzatiladi. Bu xususiyat inson qiziqishlari va kasbiga 
bog’liq ham bo’ladi . Shuncha vazifalarni uddalashda diqqatning faqatgina o’zi 
emas boshqa kognitiv jarayonlar ham qatnashadi. Aytish mumkinki, diqqatning 
barqarorligi har qanday sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning eng muhim 
shartlaridan biridir. Ushbu bilish jarayoni insonning atrofdagi borliqni va unda 
sodir bo’layotgan jarayonlarni idrok etish jarayoni ravshanlashtiradi. Diqqatning 
barqarorligi – bu diqqatning kontsentratsiyaning davomini bilgilaydigan
xususiyat hamdir. Bundan xulosa qilib diqqatning bir joyga to’planishida diqqat 
barqarorligi yetakchi rol o’ynaydi deyish mumkin. 
Shuni ham ta’kidlash joizki, qabul qilingan ma’lumotlarning ishlashi va hajmini 
asosan ushbu omil belgilaydi. Diqqat qanchalik barqaror bo’lsa faoliay natijasi 
ham shunchalik samarali bo’ladi. Diqqatning barqaror yoki beqaror diqqat turiga 
kirishini tartiblab belgilab beruvchi birorta ham me’yor, ko’rsatkich yo’q va 
bunday omillarning bo’lishi ham mumkin emas. Bu vazifani diqqatning turi – 
ixtiyoririy, ixtiyorsizligiga qarab, bajarilayotgan ma’lum bir faoliyatning mazmun 
va natijasiga qarab turli xil baho berish mumkin. 
Diqqatning barqaror bo’lishi bir qator shartlarga: diqqat obektining 
mazmundorligiga , faoliyatga , ish bajarilayotgan vaziyatga , odamning ruhiy 
holatiga va albatta , irodasi va qiziqishlariga bog’liq. 
Agarda diqqat obekti qanchalik mazmundor bo’lsa , diqqat ham shunchalik kuchli 
va barqaror bo’adi. Diqqatning barqarorligi iroda kuchi bilan ham o’lchanadi 
ko’pincha, ixtiyorsiz (irodaviy) diqqatning barqarorligi ham faoliyat jarayonida 
irodaning kuchi bilan ushlab turiladi . Iroda kuchimiz hamda qiziqishlarimiz 
uyg’unligida eng qiyin vaziyatlarda ham o’z faoliyatimizga diqqatimizni jamlab 
tura olamiz. Diqqatning rivojlanishi xususida L.C.Vigotskiy balalarda barqaror 
diqqat sust rivojlanganligini keltirib, bu ixtiyorsiz diqqat sifatida namoyon bo’ladi 
deb tushuntiradi.Bu jarayon 4,5 – 5 yoshga qadar saqlanib qoladi va bola uchun 
normal holat sanaladi. 
Bizning tayanch qismimiz hisoblanmish diqqat doim ham biz istagandek va bir xil 
ishlayvermaydi, unda ham ayrim buzilishlar sodir bo’ladi. 1. 

Yüklə 387,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə