Дистрибуция программного обеспечения


Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi birliklar



Yüklə 8,53 Kb.
səhifə3/3
tarix23.12.2023
ölçüsü8,53 Kb.
#157035
1   2   3
Uyushiq bo\'laklari

Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi birliklar

  • Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi birliklar
  • Uyushiq bo‘lakli gaplarda ba’zan umumlashtiruvchi birliklar ham qatnashadi. Ular uyushuvchilarni jamlab ko‘rsatadigan so‘z va so‘z birliklari bo‘lib, uyushiq bo‘lakdan oldin yo keyin keladi. Uyushiq bo‘lakdan oldin kelgan umumlashtiruvchilar odatda izoh talab qiladi. Uyushiq bo‘lakdan keyin kelgan umumlashtiruvchilar esa yakunlash, xulosalash xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan: Hamma narsa: uylar, devorlar, daraxtlar qorong‘ulikka jimgina cho‘kdi. (Oybek). Ko‘cha – ko‘y ham, dala ham, qishloq ham - hammasi mendan Ma’sudani so‘roqlayotganday bo‘ladi. (P.Qodirov).

Uyushiq bo‘lakli gaplarda xilma–xil tinish belgilari qo‘llaniladi.

  • Uyushiq bo‘lakli gaplarda xilma–xil tinish belgilari qo‘llaniladi.
  • Uyushuvchilar o‘zaro bog‘lovchisiz (faqat sanash intonatsiyasi bilan); zidlov bog‘lovchilari, takrorlanuvchi bog‘lovchilar; bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar yordamida aloqaga kirishganda, ular orasiga vergul qo‘yiladi. Masalan: Qashqardaryo, Surxondaryo, Namangan, Samarqand viloyatlarida bo‘lsangiz, 500-600 yillik chinorlarni ko‘rasiz. (A.Aminov). U doktorlarga goh zug‘um qilib, goh yaxshi gapirib statsionardan chiqdi. (S.Ahmad).

Uyushuvchilar o‘zaro va, hamda, bilan biriktiruv bog‘lovchilari orqali, shuningdek, yakka ayiruv bog‘lovchilari yordamida aloqaga kirishganda, ular orasiga vergul qo‘yilmaydi: Anhorda suv sokin va ulug‘vor oqardi. (F.Musajonov). Salim ota bilan yigitlar mehmonni ... kuzatib tashqariga chiqishdi. (S.Karomatov).

  • Uyushuvchilar o‘zaro va, hamda, bilan biriktiruv bog‘lovchilari orqali, shuningdek, yakka ayiruv bog‘lovchilari yordamida aloqaga kirishganda, ular orasiga vergul qo‘yilmaydi: Anhorda suv sokin va ulug‘vor oqardi. (F.Musajonov). Salim ota bilan yigitlar mehmonni ... kuzatib tashqariga chiqishdi. (S.Karomatov).
  • Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi birliklar uyushuvchilardan oldin kelsa, shu birlikdan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi: Hamma yerda: uylarda, ko‘chalarda ivirsib yotgan xazon yuzi ertalab qirovdan ... oppoq bo‘lib qoladi. (Oybek).
  • Umumlashtiruvchi birliklar uyushuvchilardan so‘ng kelganda, undan oldin tire qo‘yiladi: Kishilar, xotinlar, bolalar – kutib oluvchilar vagon bo‘ylab chopdilar. (R.Fayziy).

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

  • Ra’no Sayfullayeva. Hozirgi o’zbek adabiy tili. 2010.
  • A. G’. G’ulomov, M. A. Asqarova. Hozirgi o’zbek adabiy tili

Yüklə 8,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə