2. Teskari aloqaga ega axborot tizimini boshqarish Logistik axborot tizimlarining turlari



Yüklə 45,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix24.12.2023
ölçüsü45,78 Kb.
#160972
  1   2   3   4   5   6
LOG 13-14-Mavzu



13-14-Mavzu: Logistik axborot tizim va texnologiyalari. Axborot oqimlari 
REJA 
1. Axborotlar yordamida logistika tizimini harakatga keltirish 
2. Teskari aloqaga ega axborot tizimini boshqarish 
3. Logistik axborot tizimlarining turlari 
4. Logistikada axborot tizimlarining tuzilish tamoyillari 
1. Axborotlar yordamida logistika tizimini harakatga keltirish
Logistika tizimi asosida axborot - texnika bazasining tashkil etilishi, boshqarishda 
zarur bo‘lgan strategik va taktik vazifalarni hal etishda axborotlarni yig‘ish va ularni 
ajratib olish asosiy rol o‘ynaydi. Axborotlarning xarakteri va uning sifatli ajratilishi 
qabul qilinadigan qarorlarning natijasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Bu shu narsa bilan bog‘liqki, ajratib olingan axborotlar quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi, masalan: o‘rganilayotgan halqa yoki predmetning material yoki pul oqimlari bilan 
boshqarilishinigina emas, balki o‘sha raqib korxonaning kuchli va bo‘sh tamoyillarini 
baholash hamda u yoki bu masala tamoyillarining echimi va yo‘qotish tavakkalligini 
ham baholaydi. Shunday qilib, gap faqat axborotlar sonida emas, balki strategik va 
taktik qarorlami ishlab chiqishda zarur bo‘lgan, birinchi navbatda, axborotlarning 
sifatida va ularni to‘g‘ri ajratib olishdadir. 
Logistika tizimning tuzilishi amaliyotda shuni ko‘rsatadiki, axborotlarni to‘g‘ri 
ajrata bilishda, ularni tahlil qilib, korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganib, 
axborotlarni yig‘ish va tayyorlash asosiy ko‘rsatkichlariga e’tibor berish zarurdir. 
Bunday tahlil, shu soha bo‘yicha puxta, qiziquvchi mutaxassislar bilan o‘tkazilishi 
lozim. 
Bu sohada ma’lum bo‘lgan yo‘nalishlardan biri, ya’ni ishchi guruhni tashkil etish 
bo‘yicha shu axborotlardan foydalanuvchi mutaxassislarni jalb etishdir. Raqobat hozirgi 
zamonda xo‘jalik yuritishning asosiy shartlaridan hisoblanadi. Shuning uchun raqiblarni 
to‘g‘ri baholash ma’lum miqdorda shu korxonani boshqarishdagi kamchiliklarni ham 
baholashdir. 
Material va pul oqimlarini boshqarishda tez qaror qabul qilish uchun statistik 
axborotlar, masalan, soliqlar, ishchilarga qo‘shimcha ish haqi va hokazolar katta rol 
o‘ynaydi. Bu kabi axborotlar korxona ichida material oqimlarini boshqarishni ularga 
ma’lum tuzatishlar kiritishning imkonini beradi. 
Axborotlarni m a’lum tuzilmaga solish axborotlarning bir ko‘rinishi hisoblanadi. 
Axborotlarning quyidagi ko‘rinishlari mavjud: 
1. Marketing bo‘yicha axborot: 
- mahsulot sotilish tahlili; 
- mahsulot sotish bashorati; 
- bozorni o‘rganish. 


2. Taqsimlanish bo‘yicha axborot: - hisob varaqlari; - iste’molchilar to‘lovi; - 
transport nakladnoylari; - mahsulotga buyurtmalar. 
3. Loyiha axboroti: - ishlab chiqariladigan mahsulotni loyihalash bilan bog‘liq 
bo‘lgan logistik xizmatlarga yuklaydilar; - asbob - uskunalar bo‘yicha chizmalar; - 
operatsion kartalar; 
4. Jamg‘armalar bilan boshqarish: - jamg‘armalar hisobi; - materiallarni 
boshqarish. 
5. Moliyaviy axborot: - debitorlar bo‘yicha hisob-kitob; - moliyaviy boshqarish. 
6. Ishlab chiqarish bo‘limi: - ishlab chiqarish jarayonining to‘lov hisobini 
baholash; - ishlab chiqarish resurslari bo‘yicha hisobot; - ishlab chiqarilgan mahsulot 
bo‘yicha hisobot; - umumiy vaqt ichida mahsulot ishlab chiqarish jadvali; - ishlab 
chiqarishga buyurtma; - mahsulot jo‘natish bo‘yicha talabnoma; - tovar - material 
qiymatlarini hisoblash. 
7. Ta’minot: - to‘lov raqamlari bo‘yicha hisob; - sotib olish bo‘yicha buyurtmalar; 
8. Logistik xizmat logistik xizmat bo‘yicha yuk xatlarini o‘tganib chiqishdir. - 
transportni boshqarish.Logistika axborotlari tizimi sifatining oshishi, mahsulot g‘amlab 
qo‘yilishi, jo‘natish, omboiga joylash, pul oqimlarini ta’minlash masalalarini samarali 
hal etishda xizmat qiladi. Axborot oqimlarini yig‘ish katta foyda beradi, lekin bular 
harajatsiz bo‘lmaydi. 

Yüklə 45,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə