Dnk va rnk translatsiya


Genlarning komplementar ta'siri



Yüklə 224,75 Kb.
səhifə9/14
tarix24.12.2023
ölçüsü224,75 Kb.
#159478
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Genetika masalalar to’plami-hozir.org

Genlarning
komplementar ta'siri.
1. Tovuqning yong'oq tojli formallan oddiy tojli

xo'roz bilan chatishtirilganda quyidagicha natija olingan:


a) tovuq, xo'rozlarning 50% yong'oqsimon, 50% gulsimon tojli;
b) hamma tovuq va xo'rozlar yong'oqsimon tojli; v) tovuq va xo'rozlarning 50% yongoqsimon. 50% no'xatsimon tojli;
g) tovuq va xo'rozlarning 25% gulsimon, 25% no'xatsimon 25% yongoqsimon, 25% oddiy tojli bo'ladi CHatishtirishga ishtirok etgan tovuq va xo'rozlar F1 duragaylarming genotipini aniqlang.
2. Tut ipak qurtida A-bb, aaB- oq rangni, A-B- sariq rangni namoyon etadi. F1 da 1:1 nisbat olish uchun qanday genotipga va fenotipga ega tut ipak qurtini chatishtirish kerak.

3. Ikkita xar xil genotipga ega bo'lgan yumaloq shakilli oshqovoqlar o'zaro chatishtirilib, F1 da gardishsimon qovoqlar olindi. F1 bo'g'ida 450 ta o'simlik gardishsimon, 300 tasi yumaloq va 50 tasi

uzunchoq mevali bo'lib chiqdi. F2 bo'g'inda olingan yumaloq mevali o'simliklarning nechtasi gomozigotali bo'ladi?
( A-B- gardishsimon, A-bb,aa-B -yumaloq, aabb- uzunchoq)
4. Agar 2 noallel bo'yicha geterozigotali gardishsimon qovoq 2 allel gen bo'yicha retsessiv uzunchoq qovoq bilan chatishtirilsa, duragay avlodning meva shakli qanday nisbatda hilma-xil 1 bo'ladi? ( A-B- gardishsimon, A-bb, aa-B -yumaloq, aabb-uzunchoq)

A)2:2 B)3:l C)2:l:l D)1:2:l


5.Kartoshka tugunagida antotsion rang bo'lishi asosiy P va R genlarga bogliq. Lekin ular o'z ta'sirni dominant D gen bo'lgandagina fenotipda namoyon qiladi Shunga ko'ra, P-rrD- genotipli kartoshka tugunagi ko-binafsha rang, P-R-D-genotipli tugunagi qizfl-binalsha rang, pp-R-D-genotiplitugunagi pushti rangda bo'ladi. Boshqa holatlarda tugunak oq rangda bo'ladi. Quyidagi genotiplarning qaysi birida fenotipi oq rangli boladi?

a)PprrDd; b)PpRrDd; c)ppRRDD; d)PPrrdd; e)pprrDd; f)PPrrDD; j)PPRrDD); k)pprrdd


A)a,f B)b,j C)d,e,k D)с,f,k
6. Itlarning bir zotida tanasi rangi ikki juft allel bo'lmagan genlar bilan boshqariladi. Genotip A-B-holatda tanasi rangi qora, A-bb holatda malla, aaB-holatda jigarrang rang hosil qiladi. Ikki juft retsessiv genga ega bo'lgan itlar tanasi och sariq rangda bo'ladi. Qora urg'ochi va malla erkak itlar chatishtirilganda qora, malla, och sariq, jigarrang itlar hosil bo'lgan. Kuchukchalarning necha foizini tana rangi malla bo'lmagan kuchukchalar tashkil etadi? A) 62,5% B)50% C)37,5% D)25%

7.Hidli no'xatning gultojibarglari oq va qizil rangda bo'ladi Genotipi boshqa-boshqa bo'lgan ikkita oq gultojibargli shakli chatishtirilgan. Natijada F1 da qizil gultojibargli shakllar, F2 da esa oq va qizil gultojibargli shakllar olingan. Dastlabki ota-ona va F1 duragayining genotipini toping.

A)AAbb x AaBbc; AaBb
B)AABB x ааbb, AaBb
C)AAbb x aaBB; AaBb
D)AABB x AaBb; aaBB
8. To'ti qushlarda patlar rangi 2 juft birikmagan va allelmas genlar tomonidan belgilanadi. Ikki xil dominant genlarning genotipda birga kelishi yashil rangni belgilaydi, 1-juftning dominant geni ikkinchi juftning retsessiv geni bilan birga uchraganda sariq yoki 2-juftning dominant geni 1- juftning retsessiv geni bilan birga uchraganda havorang namoyon bo'ladi har ikkala juftning retsessiv genlari oq rangni belgilaydi. Yashil rangli to'tiqushlarni o'zaro chatishtirish natijasida avlodda 27 ta yashil, 9 ta sariq, 10 ta havorang va 4 ta oq rangli qushlar olingan, ota-ona genotipini aniqlang.

A)AaBb x aabb B) AaBb x AaBb C)AabbxAaBb D) aaBb x AaBB


9. Oddiy tojli tovuqlar bilan digeterozigotali

yong'oqsimon tojli xo'rozlar o'zaro chatishtirilganda fenotip bo'yicha qanday ajralish namoyon boladi?


A)50% yong'oqsimon va 50% gulsimon tojli
B) 100% yong'oqsimon tojli
C)50% yong'oqsimon va 50% no'xatsimon tojli
D)25% yong'oqsimon, 25% gulsimon, 25%
no'xatsimon, 25% oddiy tojli
10.1kkita har xil genotipga ega bo'lgan yumaloq shaklli oshqovoqlar o'zaro chatishtirilib F1 da gardishsimon qovoqlar olindi. F2 bo'g'inda 450 ta o'simlik gardishsimon, 300 tasi yumaloq va 50 tasi

uzunchoq mevali bolib chiqdi. F2 bo'g'inda olingan uzunchoq mevali o'simliklarning genotipi qanday bolgan?


A)aabb B)AaBb C)aaBB D)AAbb
11. Ikkita har xil genotipga ega bo'lgan yumaloq shaklli oshqovoqlar o'zaro chatishtirilib F1 da gardishsimon qovoqlar olindi. F2 bo'g'inda 450 ta o'simlik gardishsimon, 300 tasi yumaloq va 50 tasi uzunchoq mevali bo'lib chiqdi. F2 bo'g'inda olingan yumaloq mevali o'simliklarning nechtasi gomozigotali boladi?

A)100 B)200 C)50 D)15


12. Ikkita har xil genotipga ega bo'lgan yumaloq shaklli oshqovoqlar o'zaro chatishtirilib Flda gardishsimon qovoqlar olindi. F1 bo'g'inda 450 ta o'simlik gardishsimon, 300 tasi yumaloq va 50 tasi uzunchoq mevali bo'lib chiqdi. F2 bo'g'inda olingan yumaloq mevali o'simliklarning nechtasi geterozigotali bo'ladi?

A)100 B)200 C)50 D)150


13.Quyida berilgan chatishtirish nisbatlari ning qaysi biri komplementar ta'sirga tegishli?

A)13:3 B)12:3:l C)9:7, D)15:l


14.Kartoshka tugunagida antotsian rang bo'lishi asosiy P va R genlariga bog'liq. Lekin ular o'z ta'sirini dominant D gen bolgandagina fenotipda namoyon qiladi. Shunga ko'ra P-rrD genotipli kartoshka tugunagi ko'k-binafsha rang, P-R-D- genotipli kartoshka tugunagi qizil-binafsha rang, ppR-D-pushti rangda bo'ladi. Boshqa holatda tugunak oq rangda bo'ladi. Kartoshkaning geterozigotali qizil binafsha tugunakli o'simligi gomozigota oq rang hosil qiluvchi PPrrdd genotipli o'simlik bilan chatishtirilganda Fb da 896 ta o'simlik hosil boidi. Ulardan nechtasi barcha allellar bo'yicha geterozigotali?

15.Tovuqlar tojining shakli komplementar genlar bilan belgilanadi. No'xatsimon va gulsimon tojli tovuqlar chatishtirilganda naslda oddiy, no'xatsimon, yong'oqsimon va gulsimon tojlilar olingan. Ota-onalar genotipini aniqlang?

16. Qora urg'ochi quyonni oq erkak quyon bilan chatishtirilganda birinchi bo'g'inda olingan avlodning hammasi qora rangli boldi. Fl duragaylari o'zaro chatishtirilganida F2 da 27 ta oq va 21 ta qora quyonchalar olindi. Oq rangli individlarning genotipini aniqlang?

17. Qora urg'ochi quyonni oq erkak quyon bilan chatishtirilganda birinchi bo'g'inda olingan avlodning hammasi qora rangli bo'ldi. Fl duragaylari o'zaro chatishtirilganida F2 da 27 ta oq va 21 ta qora quyonchalar olindi. Qora rangli individlarning genotipini aniqlang.

18.Kartoshka tugunagida antotsian rang bo'lishi asosiy P va R genlari ga bogliq. Lekin ular o'z ta'sirini dominant D gen bo'lgandagina fenotipda namoyon qiladi. Shunga ko'ra P-rrD-genotipli kartoshka tugunagi ko'k-binafsha rang. P-R-D genotipli kartoshka tugunagi qizil binafsharang. ppR-D- pushti rangda boladi Boshqa holatda tugunak oq rangda bo'ladi. Kartoshkaning geterozigotali qizil binafsha tagunakli o'simligi gomozigola oq rang hosil qtmadn pprrdd genotipli o'simlik bilan chatishtirilganda Fb da 152u o'simlik hosil boldi. Ulardan nechtasi oq rangli?

19 Odamlarda normal eshitish har xil autosomalarda joylashgan ikki juft dominant genlarning komplementarlik ta’siri natijasida yuzaga chiqadi. Bu genlarning bir yoki ikki jufti resessiv holda bo’lsa odamda kar-soqovlik namoyon bo’ladi. Kar-soqov otaonalardan F1 da sog’lom farzand tug’ildi. F2 da tug’iladigan farzandlarning necha foizini kar-soqov bo’ladi?

A) 25 B) 43,75 C) 56,25 D) 50
20. Qovoq o’simligi mevasining shakli ikki jufi komplementar genlar bilan belgilanadi. Yumaloq shaklli qovoqlar chatishtirilganda F1 da gardishsimon shaklli qovoqlar hosil bo’ladi. Quyidagi genotiplarning qaysi biri qovoqning yumaloq shaklini belgilaydi? 1)Aabb, 2)AABb; 3)AABB; 4)AaBB; 5)AaBb. 6)aaBB, 7)aaBb; 8)AAbb

A) 2,3,4,5 B) 1,6,7,8 C) 1,2,4,5 D) 3,4,7,8


21. Ikkita har xil genotipga ega bo’lgan yumaloq shaklli oshqovoqlar o’zaro chatishtirilib F1 da gardishsimon qovoqlar olindi. F2 bo’g’inda 450 ta o’simlik gardishsimon, 300 ta o’simlik yumaloq va 50 tasi uzunchoq mevali bo’lib chiqdi. F2 bo’g’inda olingan uzunchoq mevali o’simliklarning genotipi qanday bo’lgan?

A) aabb В) AaBb C) aaBB D) AAbb


21. To’tiqushlarda patning yashil bo’lishi A-B, havorang bo’lishi A-b, sariq bo’lishi a-B, oq bo’lishi a-b genlarning komplementar kelishiga bog’liq. AaBb x Aabb genotipli ota-onadan tu’g’ilgan jo’jalarning necha foizini oq patli jo’jalar tashkil qiladi?

A) 6,25 B) 12,5 C) 18,75 D) 25


22. Drozofila meva pashasida ko’zning qizil rangi ikki dominant noallel genlarning komplementar ta’siriga bog’liq. Birinchi juftning dominant geni va ikkinchi juftning retsessiv genlari jigarrang ko’zni, birinchi juftning retsessiv va ikkinchi juftning dominant genlari och qizil ko’zni, har ikki juftning retsessiv genlari oq ko’zni nomoyon qiladi. Digeterozigotali genotipli urg’ochi pashsha oq ko’zli erkak pashsha bilan o’zaro chatishtirilib, 120 ta jigarrang ko’zli pashshalar olingan. Och qizil ko’zli pashshalarning sonini ko’rsating?

A) 120 B) 240 C) 480 D) 30


23. Ipak qurtlarida ikki dominant noallel genlar komplementar ta’sir etib pillaning sariq rangda bo’lishini ta’minlaydi, qolgan barcha holatlarda pilla rangsiz bo’ladi. Qaysi chatishtirishda 9:7 nisbat kuzatiladi? A) AaBb x Aabb B) AaBb x AaBb

C) aaBb x AaBb D) Aabb x aaBb


24. No’xat o’simligida ikki dominant noallel genlar komplementar ta’sir etib, gulning qizil rangda bo’lishini ta’minlaydi, har bir juftning dominant geni yakka holda, retsessiv genlarning komplementar kelishi rangni rivojlantira olmaydi. Qaysi chatishtirishdan faqat ransiz gullar olish mumkin.

A) AaBb x aabb B) AABb x aaBB


C) aaBb x AAbb D) aaBB x AaBb
25. Tovuqlarda tojning shakli ikki juft komplementar genlarga bog’liq. Bir xil genotipli yong’oqsimon tojli tovuqlar o’zaro chatishtirildi. F1 da 256 ta nasl olindi. Ulardan nechtasi yong’oqsimon, gulsimon, no’xatsimon va oddiy tojli bo’ladi?

A) 144; 48; 48; 16 B) 48; 144; 48; 16


C) 122; 26; 26; 12 D) 16; 48; 48; 144
26. Odamlarda normal eshitish har xil autosomalarda joylashgan ikki juft dominant (A-B) genlarning komplementarlik ta’siri natijasida yuzaga chiqadi. Bu genlarning bir yoki ikki jufti resessiv holda bo’lsa odamda kar-soqovlik namoyon bo’ladi. Qaysi chatishtirishda kar-soqov bolalar tug’ilmaydi?
A) AaBb x aabb B) AABb x aaBB
C) aaBb x AAbb D) aaBB x AaBb
27. Sariq va havorang patli to’tiqushlar o’zaro chatishtirilib yashil rangli jo’jalar olingan. Ota-ona va jo’jalarning genotipini ko’rsating?

A) AABB x aabb; AaBb


B) AAbb x aaBB; AaBb
C) aaBB x AABb; AaBb
D) Aabb x aaBb; Aabb
28. Qaysi javobda faqat yumaloq shaklli oshqovoqlarning genotipi berilmagan?

A) AAbb, aaBb, Aabb


B) aaBB, AAbb, Aabb
C) AaBb, AABB, AABb D) A va C
29. Itlarda junning qora bo’lishi A-B, malla bo’lishi A-b, qo’ng’ir bo’lishi a-B, och sariq bo’lishi a-b genlarning komplementar kelishiga bog’liq. Qanday genotipli otaonadan barcha rangdagi kuchukchalar olish mumkin?

A) Aabb x aabb B) Aabb x aaBb


C) AaBb x AAbb D) aaBb x AaBb
30. To’tiqushlarda patlar rangi ikki juft birikmagan va allel bo’lmagan genlar bilan ifodalanadi. A-B genotiplilarning pat rangi yashil, A-b genotiplilarniki havorang, a-B genotiplilarniki sariq, aabb genotiplilarniki oq rang bo’ladi. Quyidagi chatishtirishlarning qaysi birida 25 % yashil, 25 % havorang, 25 % sariq, 25 % oq rangli to’tiqushlar olish mumkin?

A) AaBb x AaBb B) AaBB x aaBb


C) AaBb x aabb D) AaBb x AAbb
31. Tovuqlarda tojning shakli ikkita noallel genlarning o’zaro ta’siri tufayli rivojlanadi. Quyidagi chatishtrishlarning qaysi birida 50 % yong’oqsimon va 50 % no’xotsimon tovuq va xo’rozlar olinadi?

A) RrPP x rrpp B) RRPp x rrpp


C) RrPp x rrpp D) Rrpp x RRpp
32. Gulsimon tojli tovuqlarning genotipini ko’rsating? 1) AABB; 2) aaBb; 3) Aabb; 4) aabb; 5) AaBb; 6) aaBB; 7) AAbb

A) 1,3,5 B) 3,7 C) 2,4,6 D) 2,6


33. Makkajo’xori o’simligida ikki dominant noallel genlar komplementar ta’sir etib so’taning qizil rangli don bo’lishini ta’minlaydi, har bir juftning dominant geni yakka holda, retsessiv genlarning komplementar kelishi rangni rivojlantira olmaydi. Qaysi chatishtirishda faqat rangsiz donlar hosil bo’ladi?

A) AaBb x aabb B) AAbb x Aabb


C) Aabb x aaBb D) aaBb x AaBb
34. Qora (AAbb) va oq (aaBB) rangli sichqonlar chatishtirilib F1 da aguti rangli sichqonlar olingan. F2 da aguti rangli sichqonlar avlodlarning necha foizini tashkil qiladi?

A) 25 B) 43,75 C) 56,25 D) 12,5


35. Komplementar uchun xos bo’lmagan fenotipik nisbatni ko’rsating?

A) 9:7 B) 9:3:3:1 C) 13:3 D) 9:6:1


36. Baliqlarning ko’zida antotsion rang bo’lishi asosiy D va E genlarga bog’liq. Lekin ular o’z ta’sirini dominant A geni bo’lgandagina fenotipda namayon bo’ladi. Shunga ko’ra D-eeA-genotipli baliqlarning ko’zi pushti rang, D-E-A-genotipli baliqlarning ko’zi qizil rang, dd-E-A-genotipli baliqlarning ko’zi och pushti rangli bo’ladi, boshqa hollarda ko’z rangi oq bo’ladi. Qanday genotipli baliqlar chatishtirilganda F1 da 50 % qizil va 50 % oq ko’zli baliqlar olinadi?
A) DDEeAa x Ddeeaa
B) DdEeAA x DdeeAA
C) DdEEAa x ddeeAa
D) DDEEAa x DdEeaa
37. Ikkita har xil genotipga ega bo’lgan yumaloq shaklli oshqovoqlar o’zaro chatishtirilib F1 da gardishsimon qovoqlar olindi. F2 bo’g’inda 450 ta o’simlik gardishsimon, 300 ta o’simlik yumaloq va 50 tasi uzunchoq mevali bo’lib chiqdi. F2 bo’g’inda olingan yumaloq mevali o’simliklarning nechtasi gomozigotali bo’ladi?

A) 100 В) 200 С) 50 D) 150


38. Ikkita har xil genotipga ega bo’lgan yumaloq shaklli oshqovoqlar o’zaro chatishtirilib F1 da gardishsimon qovoqlar olindi. F2 bo’g’inda 450 ta o’simlik gardishsimon, 300 ta o’simlik yumaloq va 50 tasi uzunchoq mevali bo’lib chiqdi. F2 bo’g’inda olingan yumaloq mevali o’simliklarning nechtasi geterozigotali bo’ladi?

A) 100 B) 200 C) 50 D) 150


39. Avstraliya xoldor to’tilarida pat rangining irsiylanishi ikki juft allel bo’lmagan gen bilan belgilanadi. Genotip A─B─ holatda to’tilarning tanasi rangi yashil, A─bb holatda havorang, aaB─ holatda sariq rang hosil bo’ladi. Ikki juft retsessiv genga ega bo’lgan to’tilar tanasi oq rangda bo’ladi. Havorang va sariq rangli to’tilar chatishtirilganda F2 da 128 ta to’ti hosil bo’lgan Ular orasida sariq rangli to’tilar soni qancha ekanligini toping.

A) 24 B) 8 C) 72 D) 48


40. Oddiy tojli tovuqlar bilan digeterozigotali yong’oqsimon tojli xo’rozlar o’zaro chatishtiril-ganda fenotip bo’yicha qanday ajralish namoyon bo’ladi?

A) 50 % yong’oqsimon va 50 % gulsimon


B) 50 % yong’oqsimon va 50 % no’xatsimon C) 100 % yong’oqsimon tojli
D) 25 % yong’oqsimon, 25 % gulsimon, 25 % no’xatsimon, 25 % oddiy tojli
41. Hidli no’xatning gultojibarglari oq va qizil rangda bo’ladi. Genotipi boshqa-boshqa bo’lgan ikkita oq gultojibargli shakli chatishtirilgan. Natijada F1 da qizil gultojibargli shakllar, F2 da esa oq va qizil gultojibargli shakllar olingan. Dastlabki ota-ona va F1 duragayining geotipini toping.

A) AAVV x aavv, AaVv


B) AAvv x aaVV, AaVv
C) AAvv x AaVv, AaVV
D) AAVV x AaVv, aaVV
42. Digomozigota no’xatsimon va gulsimon tojli tovuqlar o’zaro chatishirilgandan olingan F1 duragaylar o’zaro chatishtirilganda olingan no’xatsimon tojli tovuqlarning necha foizi tahliliy chatishtirish natijasida ajralish ro’y beradi?

A) 66,6 % B) 75 % C) 25 % D) 33,3 %


43. Digomozigota no’xatsimon va gulsimon tojli tovuqlar o’zaro chatishirilgandan olingan F1 duragaylar o’zaro chatishtirilganda olingan no’xatsimon tojli tovuqlarning necha foizi tahliliy chatishtirish natijasida ajralish ro’y bermaydi?

A) 66,6 % B) 75 % C) 25 % D) 33,3 %


44. Digomozigota no’xatsimon va gulsimon tojli tovuqlar o’zaro chatishirilgandan olingan F1 duragaylar o’zaro chatishtirilganda olingan gulsimon tojli tovuqlarning necha foizi ikkala geni bo’yicha gomozigota holatida bo’ladi?

A) 66,6 % B) 75 % C) 25 % D) 33,3 %


45. Digomozigota no’xatsimon va gulsimon tojli tovuqlar o’zaro chatishirilgandan olingan F1 duragaylar o’zaro chatishtirilganda olingan no’xatsimon tojli tovuqlarning necha foizi ikkala geni bo’yicha gomozigota holatida bo’ladi?

A) 66,6 % B) 75 % C) 25 % D) 33,3 %


46. Digomozigota no’xatsimon va gulsimon tojli tovuqlar o’zaro chatishirilgandan olingan F1 duragaylar o’zaro chatishtirilganda hosil bo’lgan genotipik sinflarning necha foizi tahliliy chatishtirish natijasida ajralish ro’y bermaydi?
A) 44,4 B) 75 C) 25 D) 55,5
46. Xoldor to’tilarning sariq va havorangdagilari o’zaro chatishtirilganda F1 da digeterozigota yashil patli to’tilar olindi. F2 da olingan yashil patli to’tilarning necha foizi tahliliy chatishtirish natijasida ajralish ro’y bermaydi?

A) 11,11 B) 25 C) 6,25 D) 50


47. Xoldor to’tilarning sariq va havorangdagilari o’zaro chatishtirilganda F1 da digeterozigota yashil patli to’tilar olindi. F2 da olingan havorang patli to’tilarning necha foizi tahliliy chatishtirish natijasida ajralish ro’y beradi?

A) 33,3 B) 25 C) 66,6 D) 6,25


48. Xoldor to’tilarning sariq va havorangdagilari o’zaro chatishtirilganda F1 da digeterozigota yashil patli to’tilar olindi. F2 da olingan sariq patli to’tilarning necha foizi tahliliy chatishtirish natijasida ajralish ro’y bermaydi?

A) 33,3 B) 25 C) 66,6 D) 6,25


49. Xoldor to’tilarning sariq va havorangdagilari o’zaro chatishtirilganda F1 da digeterozigota yashil patli to’tilar olindi. F2 da olingan havorang patli to’tilarning necha foizi tahliliy chatishtirish natijasida ajralish ro’y beradi?

A) 33,3 B) 25 C) 66,6 D) 6,25


50. Xoldor to’tilarning sariq va havorangdagilari o’zaro chatishtirilganda F1 da digeterozigota yashil patli to’tilar olindi. F2 da olingan to’tilarning necha foizi tahliliy chatishtirish natijasida fenotipik ajralish ro’y beradi?

A) 50 B) 25 C) 75 D) 6,25





Yüklə 224,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə