Doimiy mustahkamlagichni tiklash vaqtini hisoblash



Yüklə 144,67 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü144,67 Kb.
#138090
1   2   3   4
Документ Microsoft Word (2)

Misol: Gorizontal ikki yo‘lli lahim o‘tkazish usulini, zaboy shaklini va kon massasini yuklash va tashish usulini tanlash lozim. Lahim f = 4÷6 li bo‘sh tog‘ jinslari bo‘yicha o‘tkaziladi. U yorug‘likda 15,4 m2 kesim maydoniga, kon kovlash joyida (proxodkada) 20 m2 kesim maydoniga ega, doimiy krep –betonli, suv oqib kelishi yo‘q.
Echim: Lahim f=4÷6 li mustahkam tog‘ jinslari bo‘yicha o‘tkazilishi va suv oqib kelishi yo‘qligi sababli, burg‘ilab-portlatish texnologiyasi bo‘yicha odatdagi lahim o‘tkazish usulini qabul qilamiz.
Kon kovlash joyida lahim kesimi maydoni 20 m2 tengligini hisobga olgan holda, lahimni to‘liq kesim bilan o‘tkazamiz, jinslarni ortish uchun elektrovoz tashigich joylashtirilgan g‘ildirak-relsli mexanizmli mashinani qo‘llaymiz. Doimiy krepni tiklash uchun beton yotqizuvchi BUK-3 kompleksini va universal OGU-1M qolipni qabul qilamiz.


Vertikal stvollar ko‘ndalang kesimi shaklini tanlash va o‘lchamlarini aniqlash.
Stvollar kesimi shaklini tanlash kesishuvchi jinslar xossalari, stvollarning xizmat qilish muddati, krep materiali xossalari va boshqa belgilar bilan asoslanadi. Hozirgi zamon shaxta qurilishida aylana shaklli stvollar faqatgina ko‘mir sanoatida emas, balki kon-ruda sanoatida ham o‘zining asosiy o‘rnini topgan. Qiyshiq chiziq shaklli stvollar to‘laligicha ishlatilishdan chiqqan, to‘g‘ri burchaklisi deyarli qo‘llanilmaydi.
Stvollar kesimi maydoni ularning ishlatilish o‘rniga bog‘liq. Foydali qazilmalarni uzatib berishga xizmat qiluvchi stvollar kesimi o‘lchamlari shaxtadagi ish unumiga, uning gaz tartibiga va qazishning chuqurligiga bog‘liq. Materialli va yordamchi stvollar kesimi o‘lchamlari kataklarning asosiy o‘lchamlariga asosan tanlanadi va ishchilarni, materiallarni hamda vagonetkadagi jihozlarni ko‘tarib tushirish amalga oshiradi. SHamollatish stvollari kesimi o‘lchamlari shaxtaning gaz tartibiga va er osti lahimlarini shamollatish uchun zarur bo‘lgan havo miqdoriga bog‘liq.
Ko‘mir va slanets shaxtalarida stvol kesimi o‘lchamlari, xavfsizlik qoidalari (XQ) bilan tartiblashtirilgan holda, ko‘tarma idishlar, xarilar, o‘tkazgichlar, idishlar orasidagi oraliqlar, idishlar va krep o‘rtasidagi boshqa oraliqlar o‘lchamlari va joylashuvidan, shuningdek, zinapoyali bo‘lim, quvurlar va kabellar joylashuvidan kelib chiqib, grafik usulda aniqlab olinadi.
Ko‘tarma idishlarning qabul qilinadigan namunaviy o‘lchami shaxtadan bir martada ko‘tara oladigan yuk massasiga mos kelishi kerak va ko‘tarish qurilmasi ish unumiga bevosita bog‘liqdir.
Ko‘tarish qurilmasining ish unumdorligi (t/s) , (1)
bunda, - loyihalanganiga qaraganda qazib olishning ortish imkoniyatlarini, shuningdek, stvolga yuk kelib tushish notekisligini hisobga oladigan ko‘tarish zahira koeffitsienti (ko‘mir sanoatida oxirgi loyihalashtiriladigan gorizont uchun =1,5, kon-ruda sanoatida = 1,15 1,25);
A – shaxtaning yillik loyiha qalinligi, t; N=300- foydali qazilmalarni olishdagi ish kunlari miqdori (haftada 5 kunlik ish kuni N=260); t — 1 sutkada foydali qazilmalarni olishdagi ko‘tarmali qurilma ishining soatlardagi miqdori (3 smenali ishdan kelib chiqib t = 15 s).
Birvarakayiga ko‘tariladigan foydali yuk massasi: ko‘mir shaxtasi uchun
; (2)
rudali shaxta uchun , (3)
bunda, - ko‘tarilish balandligi, - stvol og‘zidan stvol yonidagi tashqari asos darajasigacha bo‘lgan chuqurlik, m; - qabul qiluvchi maydon balandligi (skipli ko‘tarilishda 20 m. dan 32 m.gacha , to‘ntarilmaydigan (ag‘darilmaydigan) panjaralarda - 6 m.dan 12 m gacha bo‘lgan hudud olinadi, agar qabul qiluvchi maydoncha stvol og‘zi darajasida joylashgan bo‘lsa, =0,); =15 20 m – ko‘tarish bunkeridagi skipning yuklash balandligi (panjaralar uchun =0); - ko‘tarma idishlarning yuklash va ko‘tarishga sarflanadigan vaqti, s.
ning quyidagi kattaliklari aniqlangan: skipning sig‘imi 5 m gacha
= 7 s, skipning sig‘imi 5 m dan yuqori bo‘lganda ortish va tushirish sekund miqdori skip sig‘imining kub metrdagi miqdoriga teng. Vagonetkali bir qavatli panjara uchun sig‘imlari 1,3 m - =12 s, 2,5- 4 m - =15 s, 5,6-8 m - =18-20 s. Ikki qavatli panjara uchun xuddi shunday sig‘imli vagonetkalarda mos bo‘ladi 30, 35 va 40 ga o‘ramning doimiy radiusida 45, 50 va 55 o‘ramning o‘zgaruvchan radiusida.
YUqorida keltirilgan formulalarda aniqlangan, birvarakayiga ko‘tariladigan foydali yukning olingan massasiga asosan 1-jadval bo‘yicha zarur bo‘lgan skip turi o‘lchami tanlab olinadi. SHu jadval bo‘yicha ko‘tarma idishlar o‘lchami belgilanadi. Namunaviy keltirilganlardan xarining panjarasi tanlab olinadi, XQ asosida zarur bo‘lgan oraliq kattaligi ham tanlab olinadi. SHuningdek, kitobdagi tavsiyanomani hisobga olib [24], 1.2—1.4 jadval bo‘yicha xarining o‘lchami hamda o‘tkazuvchilar o‘lchamlari tanlab olinadi. Stvol kesimi o‘lchamlarini aniqlash uchun masshtabdagi qog‘ozda grafik usulda xarilarning panjarasi chiziladi va kerakli oraliqlarni hisobga olgan holda, jihoz (ko‘tarma idishlar, zinapoya va quvurlar bo‘limlari) joylashtiriladi. SHu jihoz atrofida, krep va idishlar o‘rtasidagi oraliqni hisobga olgan holda, aylana tasvirlanadi. Buning uchun bitta to‘g‘ri chiziqda yotmagan va bitta gorizontal tekislikda joylashgan uchta nuqtani topish kerak, chunki faqat shu holatda noma’lum bo‘lgan yagona aylanani o‘tkazish mumkin. Bunday nuqtalar bo‘lib jihozning (odatda skiplar, panjaralar, posangi burchaklari) kiradigan qismidan yiroqda (150 mm.dan kam bo‘lmagan uzoqlikda) bo‘lgan nuqtalar bo‘lishi mumkin, shuningdek, zinapoya va quvur kabellarini ajratuvchi xarining o‘rtasidan 1,5 - 1,57 m masofada yiroqda bo‘lgan nuqta ham bo‘lishi mumkin. So‘ngra qabul qilingan masshtabga asosan bu aylana diametri, ya’ni yorug‘likda stvol diametri aniqlanadi. SHu diametr bo‘yicha havo harakati tezligi orqali tekshiriladigan stvolning eng yaqin katta namunaviy kesimi qabul qilinadi. Bu kesim XQ da belgilangan me’yorlardan oshmasligi lozim.

Yüklə 144,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə