Dolzarbligi



Yüklə 19,25 Kb.
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü19,25 Kb.
#142627
  1   2   3   4
Ko


Dolzarbligi: Ko'pgina arxeologik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, suyak topilmalari qadimgi davrda asbob uskunalar va bezak buyumlarini yasashda ham ashyo sifatida ishlatganlar va bundan ashqari bu topilmalar uzoq o'tmishdagi ma'lumotlarni tashuvchi bo’lib xizmat qilganlar. Suyak qoldiqlarining yer tarkibida uzoq vaqt maboynida turishi tarkibidagi mikroelemeninglar o'zgarishiga olib keladi.
Bu ishimizda INAA yangi topilgan suyak qoldiqlari ya’ni dinozavr suyaklari, janubiy mamont suyaklari, arxantrop va standart suyaklar tarikibidagi elementlarning miqdori o’zgarishi o’rganildi.
Amma shuni takidlab o’tish kerakki INAA o'zining barcha afzalliklariga qaramay, 222Rn va 226Ra kabi ba'zi individual elementlarni aniqlash uchun zarur bo'lgan sezgirlikka ega emas.
CR-39 tipidagi izli detektorlardan foydalanish orqali 222Rn ekshalasyon tezligini va suyak qoldiqlarida 226Ra ning solishtirma aktivligini aniqlashda dolzarb va talabga ega. Chunki CR-39 detektori yordamida suyak namunalarida 222Rn hajmli aktivligi va 226Ra solishtirma aktivligini aniqlash bo'yicha ilmiy nashrlar topilmagan.
Iqlim o'zgarishi va radioaktiv ifloslanishning ekologik muhitga texnogen ta'siri sharoitida inson organlarida radiatsiya darajasini nazorat qilish kata ahamiyatga egadir. Chunki, insonning ayrim organlardai kasalliklarining paydo bo'lishi bevosita radiatsiya darajasi va uning ifloslanish xususiyatiga bog'liq. Shunday organlardan biri inson sochidir. Sochlarda og'ir radioaktiv elementlarning mavjudligi atrof-muhit ifloslanishining ko'rsatkichi bo'lib xizmat qilishi mumkin va 226Ra shunday tabiiy radioaktiv elementdir.
Yuqorida sanab o'tilgan sabablarni tahlil qilish CR-39 detektori yordamida suyak qoldiqlari va inson sochlaridagi 222Rn eksxalyatsiya tezligini va 226Ra solishtirma aktivligini aniqlash uchun INAA usulini ishlab chiqish vazifasini qo'yadi.
Dissertatsiyaning maqsadi yangi topilma suyak qoldiqlari tarkibidagi elementlarni INAA orqali aniqlash va CR-39 detektori yordamida toplima suyaklar va inson sochlarida Rn eksxalyatsiya tezligini va Ra solishtirma aktivligini aniqlsh metodikasini ishlab chiqish. Radionuklidlarning umumiy α-aktivligini o’rganishdan iborat.


Yüklə 19,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə