Dorivor o’simliklar xom ashyosini tayyorlash asoslari. Dorivor o’simliklar xom ashyosini yig’ish, quritish standart holatiga keltirish, idishlarga joylashtirish, transport voitalari bilan jo’natish, saqlash. Ma’ruza rejasi


DORIVOR MAHSULOTLARNI STANDART HOLIGA



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix29.03.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#103503
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Dorivor o’simliklar xom ashyosini tayyorlash asoslari. Dorivor o

 
DORIVOR MAHSULOTLARNI STANDART HOLIGA
KELTIRIS
 
Dorivor mahsulotlar qabul punktlariga tayyorlov idoralari, jamoalar va ayrim shaxslar tomonidan 
turli ko‘rinishda, ya’ni standart talabiga javob bermaydigan holatda kelishi mumkin. SHuning 
uchun mahsulotlarni idishlarga joylashtirib (qadoqlab), omborlarga jo‘natishdan oldin ularni 
ma’lum talablarga javob beradigan holda keltirish zarur. 
Dorivor mahsulotlarni standart holiga keltirish uchun quyidagi ishlar bajariladi: 
1. Aralashmalardan tozalash

Tayyorlovchilarning tajribasizligi yoki shoshilib va pala-partish 
ishlashlari sababli qabul punktlariga topshirilgan dorivor mahsulotlar tarkibida turli aralashmalar 
bo‘lishi mumkin. Ular organik va mineral aralashmalarga bo‘linadi. 
Organik aralashmalarga dorivor o‘simlikka o‘xshagan yoki uning yonida o‘sadigan boshqa 
o‘simliklar qismlari, xashak, somon, ko‘mir va boshqalar hamda shu dorivor o‘simlikning 
mahsulot bo‘lmagan qismi kiradi. Mineral aralashmalar odatda kesak, tosh, tuproq, qum hamda 
shisha, sopol, chinni bo‘lakchalaridan iborat bo‘ladi. 
Mahsulotni standart holatga keltirish uchun uni aralashmalardan tozalash kerak. Buning uchun u 
mashinalar yordamida yoki qo‘lda elanib, aralashmalardan tozalanadi va navlapga ajratiladi
ayrim hollarda esa (o‘simlikning er ustki qismidan gul va barglarning aralashmasini ajratib olish 
uchun) mahsulot avval mashinalarda yanchilib, so‘ngra elanadi, poya va shoxlar ajratib 
tashlanadi. 


2. Mahsulotning nuqsonli qismlarini ajratish

Agarda dorivor mahsulot yomg‘ir yog‘ib turgan 
vaqtda, yomg‘ir yog‘ib o‘tgan, lekin o‘simlik hali qurimagan va havoda namlik ko‘p vaqtda, 
o‘simlikdan ertalabki shudring hali ko‘tarilmaganda tayyorlansa, u quritish paytida sarg‘ayib 
yoki qorayib qolishi mumkin. Mahsulot to‘g‘ri, havo quruq vaqtda tayyorlansa, lekin noto‘g‘ri 
quritilsa ham ular sarg‘ayib yoki qorayib qolishi mumkin. Bu nuqsonlar tegishli GOST larda 
ma’lum miqdorda ruhsat etiladi. Agar ular ko‘rsatilgan miqdordan ortiq bulsa, bu mahsulot 
sifatiga ta’sir kiladi. SHuning uchun dorivor mahsulot navlarga ajratilib, qoraygan va sarg‘aygan 
qismlardan tozalanadi. 
3. Mahsulotni maydalangan qismdan tozalash

Dorivor mahsulot tarkibida maydalangan 
qismning miqdori tegishli GOST da chegaralangan bo‘ladi. Chunki mahsulotni tarkibida 
maydalangan qismi me’yoridan ortiqcha bo‘lsa, uning sifati past hisoblanadi. Shy sababli dorivor 
mahsulotni standart talabiga javob beradigan qilish maqsadida uni mayda qismidan tozalanadi. 
Buning uchun mahsulot tegishli GOST talabiga binoan kerakli teshikli elaklarda elanadi. 
4. Mahsulotni qayta quritish.
 
Qabul punktlarida qabul qilib olingan mahsulotlar, ko‘pincha, etarli 
darajada quritilmagan bo‘ladi. Bundan tashqari, bu mahsulotlar (ayniqsa gigroskopik 
mahsulotlar) saqlash davrida (tayyorlovchilar zudlik bilan qabul punktlariga topshirmaganlarida) 
va qabul punktlariga olib ketilayotgan vaqtda sharoitga qarab bir oz namlanib qolishi mumkin. 
Xatto, keyinchalik ham, bu mahsulotlar omborlarda yoki dorixona va laboratoriyalarda saqlanish 
davrida mog‘orlab, sarg‘ayib yoki qorayib o‘z sifatini yo‘qotadi. Mahsulotning qimmatini saqlab 
qolish uchun tegishli GOST da ko‘rsatilgan namlik qolguniga qadar qayta quritiladi. 
5. Mahsulotni maydalash.
 
Dorixonaga ko‘pchilik mahsulotlar maydalangan (mayda bo‘laklarga 
qirqilgan yoki kukun-poroshok) holda yuboriladi. Mahsulotlar faqat omborlarda tezda buzilib, 
o‘z sifatini yo‘qotmasligi uchun butunligicha, maydalanmasdan saqlanadi. 
Mahsulotlarni maydalash (barglarni qirqish, er ustki qismini yanchish, ildiz va ildizpoyalarni 
kubsimon qilib qirqish, kukun–poroshok holiga keltirish) mashinalar yordamida amalga 
oshiriladi. Har bir mahsulotni qay darajada maydalash kerakligi tegishli standartlar (GOST) da 
ko‘rsatilgan bo‘lib, bu ishlar markazlashtirilgan va moslangan qabul punktlarida bajariladi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə