Dorivor o’simliklar xom ashyosini tayyorlash asoslari. Dorivor o’simliklar xom ashyosini yig’ish, quritish standart holatiga keltirish, idishlarga joylashtirish, transport voitalari bilan jo’natish, saqlash. Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix29.03.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#103503
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Dorivor o’simliklar xom ashyosini tayyorlash asoslari. Dorivor o

Kurtaklar
 
erta bahorda (ochilmasdan ilgari) o‘simlik tanasida suyuqlik yura boshlagan vaqtda 
yig‘iladi. Kurtaklar o‘simliklardan terib olinadi yoki kurtakli shoxchalarni qirqib olib so‘ngra 
shoxchalardan kurtaklarni asta-sekin qoqib to‘planadi. 
Po‘stloqlar
 
ham erta bahorda, ya’ni o‘simlik tanasida suyuqlik yurishib, yog‘och qismidan oson 
ajraladigan davrida, poya va yo‘g‘on shoxlaridan shilib olinadi. Po‘stloq olishni osonlashtirish 
uchun poya yoki yo‘g‘on shoxlarni bir-biridan 30 sm masofada ikki eridan o‘tkir pichoq bilan 
ko‘ndalangiga, keyin uzunasiga kesiladi va po‘stloq ajratib olinadi. 


Gullar 
o‘
simlik qiyg‘os gullaganda yig‘iladi. Ko‘pincha gullar alohida- -alohida kesib olinadi. 
Ba’zan gul to‘plamining hammasi (dastarbosh, marjondaraxti va boshqalar) yoki gulning ayrim 
qismlari (sigirquyruq o‘simligida faqat gul tojibarglari) yig‘ib olinadi. 
Plantatsiyalarda o‘stirilgan yoki yovvoyi holda ko‘p uchraydigan mayda gulli o‘simliklarning 
guli mahsus asbob bilan yig‘iladi (moychechak va boshqalar). 
Meva va urug‘lar
 
pishib etilgan davrda yig‘iladi. Mevalar odatda ertalab yoki kechqurun yig‘ib 
olinadi, kun isiganda yig‘ilsa, quruq mevalarning urug‘i sochilib ketishi mumkin. 
Mevalar turiga qarab tayyorlanadi. Ba’zilar qo‘l bilan bitta-bitta uzib olinadi, boshqalari esa 
tayoq bilan qoqiladi. 
Urug‘lar ham turli usullar bilan tayyorlanadi. Ba’zi urug‘lar maxsus asbob bilan mevadan ajratib 
olinadi (bodom
 
urug‘i va boshqalar). Mayda meva va urug‘lar esa urug‘lar etilganidan so‘ng 
yoki etilishi oldida o‘simlikni o‘rib quritib, so‘ngra xirmonda yanchib tozalanadi (fenxel, 
arpabodiyon va kashnich mevalari, xantal urug‘i va boshqalar). 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə