Dorivor oʻsimliklar


Tomorqada ham yetishtirish mumkin



Yüklə 3,74 Mb.
səhifə6/8
tarix24.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#159050
1   2   3   4   5   6   7   8
Dorivor o\'simliklar

Tomorqada ham yetishtirish mumkin
Perillaning vatani Osiyo qit'asi ekaniga oid ma'lumotlar bor. U ilk bor Xitoy, Yaponiya, Koreya davlatlarida madaniylashtirilgan. Keyinchalik dunyoning turli mintaqalariga tarqaldi.
O'zbekistonda perillani yetishtirish uchun qulay iqlim sharoiti mavjud. Ayniqsa, shimoliy va sharqiy hududlarda yaxshi o'sadi. O'simlik urug'i fevralning oxiri, mart oyi boshida erga qadalib, iyun oyi oxirlarida yigishtirib olinadi. Chunki bu salqinsevar o'simlik jazirama issiqda urug'larini to'kib yuborishi mumkin. Yurtimiz sharoitida perillani g'alladan bo'shagan maydonlarda takroriy ekin sifatida yetishtirish ham samarali.
O'lkamizning turli hududlarida ushbu dorivor o'simlikni yetishtirish ishlari boshlab yuborilgan. Joriy yildan perilla O'zbekistonda ilk bor tajriba sifatida 2 gektar maydonga ekildi. Urug'lar Toshkent, Farg'ona, Andijon, Namangan va Sirdaryo viloyatlaridagi tokzor hamda bog'lar oralariga qadalib, Janubiy Koreyalik mutaxassislar ko'magida parvarishlanmoqda. Yurtimizda bug'doy hosili yig'ib olingach, yana 3 gektar maydonga takroriy ekin sifatida perilla ekiladi. Tajriba natijasiga qarab, kelasi yili 100—500 gektar maydonda o'simlikni ko'paytirish rejalashtirilgan.
Bu orqali nafaqat farmasevtika sanoati uchun xomashyo bazasini yaratish, balki qishloq xo'jaligida yaxshigina daromad olish mumkin. Masalan, Koreyada perilla urug'i sanoat darajasida qayta ishlanib, undan shifobaxsh moy olinadi. Hozircha bizda bu texnologiya joriy etilmagani bois, avvaliga mahsulot urug'ini eksport qilishimiz mumkin. Jahon bozorida 1 tonna perilla urug'ining narxi 4,5-5 ming dollargacha boradi. O'simlik hosildorligi esa ancha yuqori — gektaridan 1500 kilogrammgacha urug' olinadi.
Perillani aholi tomorqalarida ham etishtirib, qo'shimcha daromad olsa bo'ladi. O'simlik parvarishi ortiqcha harakat va mablag' talab etmaydi. Odatdagi agrotadbirlar olib borilsa kifoya.
Hozirda talabgor aholi xonadonlariga perilla urug'lari yetkazib berilyapti. Kelgusida hududlarda perilla o'simligini ommalashtirish, qo'shimcha daromad manbai sifatida tumanlar, mahallalarni perilla yetishtirishga ixtisoslashtirishni maqsad qilganmiz. Keyinchalik dorivor o'simlikni sanoat miqyosida qayta ishlab chiqarish ham mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli foyda keltiradi.
Iqlim o‘zgarishi va insonlarning tabiiy o‘simliklardan noto‘g‘ri foydalanishi ularni yo‘qolishiga olib kelmoqda. Global iqlim o‘zgarishi va boshqa ekologik muammolar va inson faoliyati bilan birlashishi, mavjud ekotizimlarning, ayniqsa O‘zbekiston Respublikasi xududining aksariyat qismini qurg‘oqchil xududlarida o‘simlik dunyosi inqiroziga olib kelishi mumkin (Xojimatov va boshq., 2019). O‘rmon fondi yerlarining degradatsiya darajasi umumiy indikatori eroziya va sahrolanish muammosini chuqurligini ko‘rsatadi. Hududlarni yaylov sifatida haddan tashqari ishlatish natijasida va iqlim o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda 16,4 mln. dan oshiq (73 foiz) yaylov yerlari degradatsiya arafasida turibdi.
Eng zarar ko‘rgan viloyatlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, hamda Navoiy va Buxoro viloyatlari sanaladi. Samarqanddagi Qoraqo‘lchilik va cho‘l ekologiyasi tadqiqot instituti ko‘rsatkichlariga asosan cho‘l yaylovlarini 40 foizi degradatsiyadan aziyat chekadi, ayniqsa Qizilqum cho‘lida - 44 foiz (BMT, 2010). Dorivor, texnik, manzarali, ozuqabop o‘simliklarning xom-ashyo zahirasini hamda kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simliklarning zamonaviy holatini baholash bo‘yicha olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar, har bir alohida tur yoki ekologik jihatdan o‘xshash turlar guruhiga ma’lum vaqt va ma’lum bir hudud uchun ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish orqali yagona ilmiy uslublar asosida amalga oshirilishini talab etadi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, o‘rmon fondi yerlarida tabiiy o‘simliklar resurslarini inventarizatsiya qilish, bevosita madaniy o‘simliklarning alohida xo‘jalik ahamiyatga ega yovvoyi ajdodlarining tabiiy zaxiralarini baholash orqali ulardan oqilona foydalanish ko‘rsatkichlarini belgilash hozirgi kunning talabidir.
Shu nuqtai-nazardan, Buxoro viloyati o‘rmon fondi yerlarida eng ko‘p talab qilinadigan va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bo‘yicha yillik kvota ro‘yhatiga kiritilgan ayrim dorivor o‘simliklar xom-ashyo resurslari va tarqalish maydonlarini o‘rganishni maqsad qildik. Tadqiqot obyekti sifarida oddiy sachratqi (Cichorium intybus L. (Asteraceae), yirik zubturum (Plantago major L. (Plantaginaceae), chumchuqtil toron (Polygonum aviculare L. (Polygonaceae), temirtikan (Tribulus terrestris L. (Zygophyllaceae) tanlab olindi (1-rasm). 1-rasm.
Hozirgi kunga qadar, o‘simliklar resursshunosligi bo‘yicha bir qator metodik ko‘rsatmalar mavjud. Jumladan, N.A. Borisova, A.I. Shreter “К методике определения запасов и картирования ресурсов лекарственного растительного сырья” (Борисова & Шретер, 1966), I.L. Krilova va A.I. Shreter “Методические указания по изучению запасов дикорастущих лекарственных растений” (Крылова & Шретер, 1971), L.B. Dmiruk va V.V. Inovskiylarning (2013) «Рaциональное использование и охрана растительных ресурсов» (Дмитрук & Ивановский, 2013), V.V. Negrobovning “Ресурсоведение лекарственных растений” (Негробов, 2015), K.A. Pupikina «Ресурсоведение и стандартизaция лекарственного растительного сырья» (Пупыкина и др., 2019) va boshqalar. Tadqiqotlarimizda turlarning hosildorlik ko‘rsatkichlari sanoq maydonlari (10x10 o‘lchamdagi) va model tuplarning o‘rtacha hosildorlik (ho‘l massaga nisbatan), o‘rtacha hosildorlik (quruq massaga nisbatan 25%) ko‘rsatkichlari Pupikina va boshqalar tomonidan (2019) ishlab metodik ko‘rsatmalar asosida amalga oshirildi (Пупыкина и др., 2019). Bunda tanlangan hududda 10x10 m2 maydonchalarda takroriy 10 martagacha hisoblash ishlari amalga oshirildi. Unga ko‘ra, tanlangan maydonlarda (10x10) umumiy tuplar soni, 1 tup o‘simlik og‘irligi (gr.) va o‘rtacha 10x10 maydondagi umumiy tuplar soni aniqlandi. Dala tadqiqotlari davomida olingan ma’lumotlar, laboratoriya sharoitida kameral tahlil qilindi. Bunda, 10x10-n=10 maydonlardagi o‘rtacha hosildorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash quyidagi formulalar asosida amalga oshirildi: Bunda, 10x10-n=10 maydonlardagi tuplar og‘irligining umumiy hajmi maydonlar soniga bo‘lish orqali amalga oshirildi. Hisoblangan miqdorlarning o‘rtacha xatolik ko‘rsatkichlarini aniqlash quyidagi formulalar asosida amalga oshirildi:
Bunda: 1) tanlangan maydonlarda har bir tup fitomassa kvadrat miqdorlari hisoblandi; 2) 10x10-n=10 maydonlardagi tuplar og‘irligining umumiy hajmi maydonlar soniga bo‘lindi; 3) Har bir tup fitomassasi kvadrat miqdoridan 10x10-n=10 maydonlardagi tuplar og‘irligining umumiy hajmi maydonlar soniga bo‘lingan miqdordan ayrildi. 4) Bunda, 3-bosqichda aniqlangan miqdor umumiy maydonlar soniga (bir hajmi kam) bo‘linib, uning ildizi hisoblanadi 5) Bunda, 4-bosqichda aniqlangan miqdor umumiy maydonlarning sonining ildizga bo‘lindi. O‘rtacha xatolikni aniqlashda M+m=X*100/M Bunda, 10x10-n=10 maydonlardagi tuplar og‘irligining umumiy hajmi maydonlar soniga bo‘lish orqali hisoblangan miqdor 100% deb hisoblanib, 4-bosqichda aniqlangan miqdorga bo‘lish orqali hisoblandi. O‘z navbatida, o‘rtacha xatolik ko‘rsatkichlari 10% dan oshmaslik kerakligi inobatga olindi. Hosildorlik ko‘rsatkichlari quyidagi formulalar asosida aniqlandi: 1. (M(1) +/- m(1)) x (M(2) +/- m(2)) M(1) x M(2) = 2. kv. ildiz ((M(2) x m(1))2 + (M(1) x m(2))2 ) Tadqiqot hududi. O‘simliklar tabiiy zaxiralari aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar, tadqiqot ob’yektlarining tabiiy fitotsenozlarida amalga oshirilib, Buxoro viloyati (Buxoro viloyati o‘rmon xo‘jaliklarinig: Qizilqum DO‘X, Shofirkon DO‘X va G‘ijduvon DO‘X hududlari) boʻyicha oʻrganilgan hududlarda oʻsimliklarning tarqalishi boʻyicha ArcGisMap dasturida GAT-xaritalari shakllantirildi (2-rasm). Olingan natijalar. 1. Cichorium intybus L. ning tabiiy zahiralarini aniqlashda Buxoro viloyati o‘rmon xo‘jaliklarinig: Qizilqum DO‘X, Shofirkon DO‘X va G‘ijduvon DO‘X hududlarida jami 2,0 ga maydonlardagi populyatsiyalari ajratildi. Dastlabki hudud Qizilqum DO‘X (N40,454289 E63,472293) hududidan ajratilgan bo‘lib, turqalgan maydon o‘rtacha 0,7 ga ni tashkil qiladi. 10х10=n=10 maydonlardagi umumiy tuplarning o‘rtacha miqdori 10,6±0,58 tani tashkil qilib (hisoblashdagi o‘rtacha xatolik 5,47%), voyaga yetgan tuplarning soni o‘rtacha 4,7±0,35 ta (7,44%), bir tup o‘simlikdan yig‘ish mumkin bo‘lgan o‘rtacha miqdor 12,4±0,84 gr (6,7%) tashkil qilishi aniqlandi. Olingan natijalar asosida hududning 1,0 ga maydondagi o‘rtacha hosildorligi 3,70 kg ni va hududdan yillik yig‘ib olish mumkin bo‘lgan hajm (quruq massa miqdori hisobiga 20%) 0,35 tonnani tashkil qilishi aniqlandi.
Navbatdagi hudud Shofirkon DO‘X hududidan (N40,181913 E66,41882) ajratilgan bo‘lib, turqalgan maydon o‘rtacha 0,7 ga ni tashkil qiladi. 10х10=n=10 maydonlardagi umumiy tuplarning o‘rtacha miqdori 10,4±0,6 tani tashkil qilib (hisoblashdagi o‘rtacha xatolik 5,7%), voyaga yetgan tuplarning soni o‘rtacha 5,8±0,47 ta (8,1%), bir tup o‘simlikdan yig‘ish mumkin bo‘lgan o‘rtacha miqdor 9,9±0,88 gr (8,8%) tashkil qilishi aniqlandi. Olingan natijalar asosida hududning 1,0 ga maydondagi o‘rtacha hosildorligi 3,89 kg ni va hududdan yillik yig‘ib olish mumkin bo‘lgan hajm (quruq massa miqdori hisobiga 20%) 0,30 tonnani tashkil qilishi aniqlandi. So‘nggi hudud sifatida G‘ijduvon DO‘X hududidan (N40,393393 E64,305496) ajratilib, turqalgan maydon o‘rtacha 0,6 ga ni tashkil qiladi. 10х10=n=10 maydonlardagi umumiy tuplarning o‘rtacha miqdori 10,7±0,63 tani tashkil qilib (hisoblashdagi o‘rtacha xatolik 5,8%), voyaga yetgan tuplarning soni o‘rtacha 5,8±0,40 ta (6,8%), bir tup o‘simlikdan yig‘ish mumkin bo‘lgan o‘rtacha miqdor 8,8±0,74 gr (8,4%) tashkil qilishi aniqlandi. Olingan natijalar asosida hududning 1,0 ga maydondagi o‘rtacha hosildorligi 3,71 kg ni va hududdan yillik yig‘ib olish mumkin bo‘lgan hajm (quruq massa miqdori hisobiga 20%) 0,29 tonnani tashkil qilishi aniqlandi. Olingan natijalar tahlillariga ko‘ra, o‘rganilgan jami 2,0 maydonlargan Cichorium intybus ning yillik yig‘ib olish mumkin bo‘lgan hajmi (quruq massa miqdori hisobiga 20%) o‘rtacha 0,94 tonnani tashkil qilishi aniqlandi

2. Plantago major L. ning tabiiy zahiralarini aniqlashda Buxoro viloyati o‘rmon xo‘jaliklarinig: Qizilqum DO‘X va G‘ijduvon DO‘X hududlarida jami 0,86 ga maydonlardagi populyatsiyalari ajratildi. Qizilqum DO‘X hududida (N40,275372 E63,471326) tur tarqalgan maydonlar o‘rtacha 0,54 ga ni tashkil qilib, 10х10=n=10 maydonlardagi umumiy tuplarning o‘rtacha miqdori 10,2±0,48 tani tashkil qilib (hisoblashdagi o‘rtacha xatolik 4,7%), voyaga yetgan tuplarning soni o‘rtacha 5,2±0,12 ta (2,3%), bir tup o‘simlikdan yig‘ish mumkin bo‘lgan o‘rtacha miqdor 3,2±0,2 gr (6,25%) tashkil qilishi aniqlandi. Olingan natijalar asosida hududning 1,0 ga maydondagi o‘rtacha hosildorligi 1,48 kg ni va hududdan yillik yig‘ib olish mumkin bo‘lgan hajm (quruq massa miqdori hisobiga 25%) 0,092 tonnani tashkil qilishi aniqlandi. G‘ijduvon DO‘X hududida (N40,84999 E64,72068) tur tarqalgan maydonlar o‘rtacha 0,3 ga ni tashkil qilib, 10х10=n=10 maydonlardagi umumiy tuplarning o‘rtacha miqdori 9,8±0,53 tani tashkil qilib (hisoblashdagi o‘rtacha xatolik 5,4%), voyaga yetgan tuplarning soni o‘rtacha 4,3±0,28 ta (6,5%), bir tup o‘simlikdan yig‘ish mumkin bo‘lgan o‘rtacha miqdor 1,8±0,13 gr (7,2%) tashkil qilishi aniqlandi. Olingan natijalar asosida hududning 1,0 ga maydondagi o‘rtacha hosildorligi 0,52 kg ni va hududdan yillik yig‘ib olish mumkin bo‘lgan hajm (quruq massa miqdori hisobiga 25%) 0,026 tonnani tashkil qilishi aniqlandi. Olingan natijalar tahlillariga ko‘ra, o‘rganilgan jami 0,84 maydonlargan Plantago major ning yillik yig‘ib olish mumkin bo‘lgan hajmi (quruq massa miqdori hisobiga 25%) o‘rtacha 0,128 tonnani tashkil qilishi aniqlandi


Buxoro viloyati o‘rmon fondi yerlarida dorivor o‘simliklarning tarqalish maydonlari va xom-ashyo zahirasini o‘raganishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalariga ko’ra, o‘rganilgan jami 2,0 maydonlargan Cichorium intybus ning yillik yig‘ib olish mumkin bo‘lgan hajmi (quruq massa miqdori hisobiga 20%) o‘rtacha 0,94 tonnani, Plantago major ning jami 0,84 maydonlargan o‘rtacha (+/-25%) 0,128 tonnani, Polygonum aviculare ning jami 2,0 maydonlargan o‘rtacha (+/- 25%) 0,0349 tonnani, Tribulus terrestris ning jami 2,0 maydonlargan yillik yig‘ib olish mumkin bo‘lgan hajmi (+/-25%) o‘rtacha 1,029 tonnani tashkil qilishi aniqlandi. O‘rganilgan hududlarning aksariyat qismi yaylov yerlari hisoblanib, so‘nggi yillarda antropogen ta’sir (chorva mollari uchun yaylov sifatida foydalanish) ko‘rsatkichlarining keskin oshishi va o‘z navbatida, global iqlim o‘zgarishi hududlarda o‘simliklar fitotsenozlaridagi o‘zgarishlar natijasida o‘rganilgan turlarning tarqalish maydonlari hamda, mos ravishda zahira qiymatiga ega bo‘lgan hududlar hajmi qisqarib ketgan. Mazkur olingan natijalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyati uchun o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanishda yillik kvota hajmlarini belgilashda hududlarda o‘simliklar zahira holatini baholash uchun muayyan darajada xizmat qiladi
O‘zbekiston o‘simlik dunyosi juda boy va rang-barangdir. Cho‘l va dashtlar, tog‘lar va adirlar, pasttekisliklar va daryo deltalari yonma-yon joylashib ajoyib manzara hosil qiladi. Bu aql bovar qilmaydigan bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo aslida Markaziy Osiyoning qo‘shni mintaqalari bilan taqqoslaganda, O‘zbekistonning tog‘laridagi maydon birligiga nisbati bo‘yicha o‘simliklar soni bir necha baravar ko‘p.

Mamlakatning boy o‘simlik dunyosida olti mingdan ortiq turli xil o‘simliklar mavjud, ular orasida dorivor o‘simliklar ham bor. Bunday o‘tlar ekologik toza bo‘lib oziq-ovqat, aromatik va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi.
O‘simlik materiallarini kompleks qayta ishlash barcha zamonaviy qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi, uning doirasida ishlab chiqarishning barcha xalqaro sifat standartlariga javob beradigan ekstraksiya, tozalash, konsentratsiya, standartlashtirish amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda eng keng tarqalgan dorivor o‘simliklar rayhon (bazilik), kashnich (koriander), arpabodiyon, yalpiz, sebarga  hisoblanadi. Yovvoyi o‘simliklarni tekisliklarda va tog‘larda topish mumkin, shuningdek, bozorlar va dorixonalarda sotib olish mumkin.
Mahalliy aholi bunday o‘simliklarning moʻjizaviy kuchi haqida oldindan bilishadi. Ular isteʼmol qilinadi, ziravor sifatida ovqatlarga qo‘shiladi, choy damlanadi, dori sifatida ishlatiladi, shuningdek kosmetologiya yo‘nalishida ham qo‘llaniladi. Dorixonalar va kosmetika do‘konlarida siz monoo‘tlardan, maxsus o‘simlik damlamasi, vanna uchun o‘simlik preparatlari, turli xil foydali qo‘shimchalar, efir moylari va boshqalardan xarid qilish mumkin. Har bir mahsulot tarkibida tabiiy minerallar, vitaminlar va biologik faol moddalar mavjud.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə