Dorivor oʻsimliklar


Qashqadaryo viloyati Qamashi



Yüklə 3,74 Mb.
səhifə2/8
tarix24.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#159050
1   2   3   4   5   6   7   8
Dorivor o\'simliklar

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Chim mahalla fuqarolar yig‘inida farmatsevtika va tibbiyot sohasida keng foydalaniladigan dorivor “Gulxayri” o‘simligi aholi tomorqalarida ekilib, hozirgi kunda mazkur dorivor o‘simlik gulini terib olish ishlari amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 11 avgust kuni Qashqadaryo viloyati farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi xodimlari o‘z xonadonida dorivor “Gulxayri” o‘simligini yetishtirishni yo‘lga quygan Baxtiyor Ibragimov xonadonida bo‘lishdi.
Tashrif davomida, tadbirkor har 1 sotix yerdan 3,5 mln so‘mgacha daromad olayotganiligi va nafaqat o‘z oilasi balki tumandoshlarini ham ish bilan taʼminlaganligini taʼkidladi.
Taʼkidlash joiz, Qamashi tumanida dorivor “Gulxayri” o‘simligini yetishtirishni yo‘lga quyilishi natijasida 2,5 mingdan ziyod aholi bandligi taʼminlangan. Hozirgi kunda dorivor gulxayri o‘simligining gullari Yevropa davlatlariga jumladan, Shvetsariya va Polshaga eksport qilinmoqda. Hozirgi kungacha 500 ming yevroga mahsulot sotilgan.
Maʼlumot o‘rnida, “Gulxayri” qadim zamonlardan beri shifobaxsh o‘simlik sifatida ishlatilib kelinadi. Abu Ali Ibn Sino gulxayri ildizidan, bargidan va urug‘laridan tayyorlangan damlama bilan yo‘tal, qon tupurish, zotiljam va buyrak kasalliklarini davolagan. Buyuk tabib gulxayri ildizi asosida tayyorlangan dori-darmonlarni ko‘krakni yumshatuvchi, balg‘am ko‘chiruvchi omil sifatida tavsiya etgan.


Odamlar qadim zamonlardan tabiat neʼmatlaridan foydalana boshlaganidan buyen dorivor oʻtlardan kasalliklarni davolashda foydalanib kelganlar. Bundan 3—4 ming yil ilgari Hindiston, Xitoy, Qad. Misr mamlakatlarida shifobaxsh oʻsimliklar haqida maʼlumotlar beruvchi asarlar yozilgan. Sharqda, xususan Oʻrta Osiyo xalq tabobatida dorivor oʻsimliklardan foydalanib davolash oʻzining qad. anʼanalariga ega. Shifobaxsh oʻsimliklardan tibbiy maqsadlarda foydalanish borasida Abu Ali Ibn Sinoning „Al-qonun“ asarida 476 ga yaqin oʻsimlikning shifobaxsh xususiyatlari va ularni ishlatish usullari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi. Hoz. vaqtda dorivor oʻsimliklarning turi koʻpayib, xalq tabobati shifobaxsh oʻsimliklar bilan boyigan.
Dorivor oʻsimliklardan koʻproq, anor, achchiqmiya, bodom, doʻgʻbuy, dorivor gulxayri, yongʻoq, jagʻ-jagʻ, zubturum, isiriq, itburun, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyoʻt, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, yalpiz, kiyikoʻt, togʻrayhon, qizilcha, qoqioʻt va boshqalari tarqalgan. Achchiqmiyadan paxikarpin, oqquraydan pesni davolashda qoʻllaniladigan psoralen, isiriqdan garmin, itsigekdan anabazin, omonqoradan galantamin, shildirboshdan sferofizin va b. alkaloidlar olinadi. Anor pustidan gijja haydovchi pelterin tanat va ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulxayri preparatlari balgʻam koʻchiruvchi va yumshatuvchi, jagʻ-jagʻ va lagoxilusdan tayyorlangan dorilari qon ketishini toʻxtatuvchi, pista bujgʻuni va choyoʻtdan tayyorlangan dorilar meʼdaichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. S.Q. Islombekov nomidagi Toshkent farmatsevtika zdida Oʻzbekistonda oʻsadigan va ekiladigan dorivor oʻsimliklardan turlituman dorilar tayyorlanadi.
Dorivor oʻsimliklarni topish va ulardan alkoloidlar olishda Oʻzbekistan FA Oʻsimlik moddalari kimyosi institutining xizmati katta. Intda 4000 dan ortiq oʻsimlikning turli organlari alkoloid olish maqsadida oʻrganilib, ulardan 1000 ga yaqin tabiiy birikmalar ajratib olingan. Shu asosda sitizin, galantamin kabi 20 dan ortiq qimmatli preparat yaratilgan va tibbiyotga joriy qilingan. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti va Botanika bogʻining efir moyli, dorivor va boʻyoqli oʻsimliklar lab. ilmiy xodimlari mutaxassislar bilan hamkorlikda Oʻrta Osiyo hududida koʻp tarqalgan yuqumli kasalliklardan eng xavflisi sariq (gepatit)ni davolashda ekologik jihatidan toza, samaradorligi yuqori boʻlgan dorivor oʻsimliklar xom ashyolaridan tayyorlangan „Safro haydovchi Hojimatov yigʻmasi“ni yaratdilar va bu yigʻma ilmiy tibbiyotda qoʻllashga va ishlab chiqarishga ruxsat etildi (1997). Shuningdek, SamDU Botanika kafedrasida, Toshkent davlat farmatsevtika institutida dorivor oʻsimliklarni ekib yetishtirish texnologiyasi oʻrganilmoqda. Toshkent, Namangan, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Xorazm Maʼmun akademiyasida dorivor oʻsimliklar yetishtiradigan maxsus xoʻjaliklar bor. Yovvoyi dorivor oʻsimliklar xom ashyolari asosan „Oʻzfarmsanoat“ respublika davlat-aksiyadorlik konserni, matlubot shirkatlari va Oʻzbekistan Qishloq va suv xoʻjalik vazirligining „Shifobaxsh“ ishlab chiqarish birlashmasi xoʻjaliklari tomonidan tayyorlanadi.
Dorivor o‘simliklar o'stirish texnologiyasi qishloq xo‘jaligining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, farmatsevtika sanoati hamda dorixooalarni sifatli shifobaxsh o ‘simliklar xomashyosi bilan ta’minlashni o'z oldiga maqsad qilib qo‘ygan fandir. M a’lumki, qishloq xo‘jaligi ishlarining mavsumiyligi, agrotexnika tadbirlarni aniq belgilangan muddatlarda etkizish lozimligi, har yilgi ob-havo sharoitining bir-biriga deyarlik o‘xshamasligi, har bir mintaqaning tuproq, iqlim sharoitini bir-biridan keskin farq qilishi va boshqa ko'pdan-ko'p omillar dorivor o‘simliklar o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqishda ko‘plab noqulayliklami keltirib chiqaradi.
Ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda mam lakatimizda farmatsevtika sanoati va dorixonalarni o‘simhklar xom-ashyosi bilan ta’minlash maqsadida ixtisoslashgan, fermer, o‘rmon va boshqa mulkchilik shaklidagi xo‘jaiiklarida eng ko‘pi bilan 42 tagacha dorivor o‘simliklar turlari o‘stiriladi. Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Moidova, Misr Arab Respublikasi va bir qator mamlakatlarda dorivor o‘simliklarni yetishtirish bilan shug: ullanish birmuncha yaxshi у о ‘ lga qo ‘ у il gan. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng 0 ‘zbekiston Respublikasining farmatsevtika sanoati tezlik bilan rivojlana boshladi. Hozirgi vaqtda bunday korxonalarning soni 70 tadan ortiqdir. Shu sababli ham, ushbu sanoatni dorivor o‘simliklar xomashyosi bilan etarli darajada ta’minlash talab etiladi. Keyingi vaqtda farmatsevtika sanoati korxonalari dori vositalarimng taxminan 50% dorivor o‘simliklar xom-ashyosidan tayyorlanayotganligini e’tiborga olsak, dorivor o‘simliklar o‘stirish texnologiyasi fani naqadar katta ahamiyat kasb eta boshlaganini tasavvur qilish qiyin.
Shu sababli ham, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan hozirgi vaqtda mamlakatimizda dorivor o‘simliklar o‘stirish bilan shug‘ullanuvchi 8 ta ixtisoslashgan xo ‘ jaliklar tashkil qilingan. Bundan tashqari ко‘plab o‘mion, termer va boshqa mulkchilik shaklidagi xo‘jaliklarda ham o‘stirilmoqda. Biroq mamlakatimizda dorivor o‘simiiklar xomashyosiga bo‘lgan talabning keskin ortib borishiga qaramasdan ularrii o‘stirish texnologiyalari shu vaqtgacha mukammal ishlab chiqilgan emas. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hech bir soha boshqa fanlamingyutuql ariga tay anmasdan turib, о ‘ zlari rnustaqil ravishda rivojlana olmaydi. O ‘z navbatida dorivor o‘simliklami o‘stirish texnologiyasi ham о ‘simlikshunoslik, botanika, farmokognoziya, agrokimyo, tuproqshunoslik, о ‘simiiklar fiziologiyasi, о;simiiklar biokimyosi, о‘simiiklar biotexnologiyasi, kirayo, fizika va boshqa fanlaming yutuqlariga tayangan holdagina o ‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erisha oladi. M a’lumki har bir fanning o‘ziga xos metodlari - uslublari mavjud. Dorivor о‘simiiklar o‘stirish texnologiyasi fani esa nomlari yuqorida ko‘rsatilgan barcha fanlaming uslublariga tayangan holdagina taraqqiy eta oladi. Mazkur asar, asosan, mualliflaming ko‘p yillik o‘tkazgan tajribalari hamda ilmiy adabiyotlardan va boshqa tadqiqotchilar tomonidan olingan m a’lumotlardan foydalanib ilk bor tayyorlangan darslikdir. Ushbu darslik bir qator kamchiliklardan xoli emas.
Odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish o‘sitnliklar-giyohlar. Yer yuzida dorivor o‘simliklarning 10-12 rning turi bor. 1000 dan ortiq o‘simlik turlarining kimyoviy, farmokologik va dorivorlik xossalari tekshirilgan. 0 ‘zbekistonda dorivor o‘simliklarning 577 turi mavjud. Shulardan hozirgi vaqtda 250 turi ilmiy tabobatda ishlatilmoqda. Dorivor o‘simliklaming organizmga ta’siri ulaming tarkibidagi birikmalarning miqdoriga bog'liq. Bu birikmalar o‘simlikning har xil qismlarida turli miqdorda to‘planadi. Dori tayyorlashga o‘simlikning kerakli qismlari turli muddatlarda yig‘iladi. Masalan, po‘stloq, kurtak erta bahorda, barg o ‘simlik gullashi oldidan yoki gullaganda, gullari to‘la ochilganda, meva va urug‘lari pishganda, yer osti organlari (ildizi, ildizpoyasi va piyozi) erta bahorda yoki kech kuzda olinadi.
Dorivor o‘simliklarnmg ta’sir etuvchi moddasi - alkoloidlar, turli glikozidlar (antroglikozidlar, yurakka ta’sir etuvchi glikozidlar, saponinlar va b.), flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi va boshqa shilliq moddalar. Efir moylari, vitaminlar, smolalar va boshqa birikmalar bo‘lishi mumkin. K o‘p o‘simliklardan mikroorganizm va viruslarni yo‘qotadigan antibiotiklar va fiionsidlarga boy preparatlar tayyorlanadi. Odatda bir guruhga xos o'zaro yaqin kimyoviy birikmalar bir oila yoki turkumga mansublarda uchraydi, shu bilan birga ba’zi kimyoviy birikmalar bir-biriga yaqin bo‘lmagan, turli oilaga mansub o‘simliklar tarkibida ham bo‘lishi mumkin. Qadim zamondan boshlab inson yow oyi holda o'sadigan o‘simliklami turli kasalliklami davolashda foydalanib keladi. Hozirgi davrda dorivor o ‘simliklarni turi ko‘payib, xalq tibbiyoti shifobaxsh o‘simliklar bilan boyigan. Ilmiy tabobatda ishlatiladigan dorivor o‘simliklaming aksariyati asrlar davomida xalq ishlatib kelgan o ‘simliklardan 7 olingan. Xalq meditsinasida qo‘llanib kelinadigan dorivor o‘simlikIami ilmiy tabobatda ishlatib bo‘lmaydi. 0 ‘zbekistonda dorivor o ‘simliklardanko‘proqanor, achchiqmiya, bodom, dorivor gulxayri, yong‘oq, jag‘-jag‘, zubturum, isiriq, itsigek, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyo‘t, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, qizilcha, qoqio‘t va boshqalar tarqalgan. Achchiqmiyadan - paxikarnin, isiriqdan garmin, itsigekdan anabazin, omonqoradan galantamin, shildirboshdan sferofizin alkoloidlari olinadi. Anor po‘stidan gijja haydovchi pelterin tanat va ekstrakt tayyorlanadi.
Dorivor gulxayri preparatlari balg‘am ko‘chiruvchi va yumshatuvchi, jag‘-jag‘ va lagoxilus dorilari qon ketishni to‘xtatuvchi, pista bujg‘uni va choyo‘tdan tayyorlangan dorilar meda-ichak kasalliklarmi davolovchi sifatida ishlatiladi. Dorivor o ‘simliklami 2 xil tavsiflash qabul qilingan: 1. Та’sir qiluvchi moddalaming tarkibiga qarab - alkoloidli, glikozidli, efir moyli, vitamin! i va boshqalar; 2. Farmokologik ko‘rsatkichlariga qarab - tinchlantiruvchi, og‘riq qoldiruvchi, uxlatuvchi, shuningdek, yurak-tomir tizimiga ta’sir qiluvchi, markaziy nerv tizimini qo‘zg‘atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqa dorivor о‘simiiklar. ToshkentdagikimyO"farmatsevtikazavodlaridaO‘zbekistonda о ‘ sadigan va ekib о ‘ stiriladigan dorivor о ‘ simliklardan turli-tuman dorilar tayyorlanadi. Masalan, oqqurayning ildizi va mevasidan pesni davolashda qo‘llaniladigan psoralen, yapon soforasi g‘unchasidan vitamin A dek ta’sir etuvchi rutin, omonqoradan galantamin alkoloidi, kendordan strofantin, simarin, yurak glikozidlari va boshqa preparatlar olina boshlandi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek hozirgi vaqtda tibbiyotda 250 ga yaqin o ‘simliklaming mahsulotidan foydalaniladi. Shu ko‘rsatilgan dorivor о ‘simiiklar mahsulotining 48% yovvoyi holda о ‘sadigan о‘simliklardan, 30% turli tuproq iqlim sharoitida joylashgan xo‘jaliklaming dorivor o‘simliklar о ‘stiriladigan maydonlarida tayyorlanadi. Qolgan 22% «aralash» guruhni 8 tashkil qiladi, ya’ni bu guruh dorivor o ‘simliklar mahsuloti ham yovvoyi holda ham plantatsiyalarda o‘sadigan, o ‘simliklardan yig‘iladi. Keyinchalik «aralash» guruh dorivor o‘simliklardan tayyorlanadigan dorivor mahsulotlaming salmog‘i umumiy yig‘iladigan dorivor mahsulot miqdorida yil sayin oshib borishi kutilmoqda. Qanday sabablarga ko‘ra sug‘oriladigan maydonlarda o ‘stiriladigan dorivor o‘simliklar mahsuloti yil sayin umumiy tayyorlanadigan mahsulotlar miqdoridan ko‘payib bormoqda? Buning sabablari ko‘p bo‘lib, asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Yil sayin dorivor o‘simliklar mahsulotiga ehtiyoj о‘sib borishi natijasida ularning xom-ashyosini tayyorlash miqdori ham ko‘paymoqda. Bu esa o ‘z navbatida qalor dorivor o‘simliklarning ko‘p o‘sadigan joyida kamayib ketishiga, natijada ularning xomashyosini tayyorlanishini keskin chegaralanishi yoki butunlay to‘xtatilishiga olib kelishi. ()‘zbekistonda yovvoyi holda o ‘sadigan bozulbang va qoraqovuqlarning yer ustki qismi va piyozining ko‘p tayyorlanishi natijasida ulami zaxirasi (miqdori) tabiiy o ‘sish joyida juda ham kamayib ketdi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda bu o‘simliklar 0 ‘zbekiston «Qizil kitobiga» kiritildi. Shuning uchun ularning tabiiy xom-ashyosini o‘sish joyida tayyorlash to‘xtatildi va xo‘jalik dalalarida hamda o‘zlarini yovvoyi holda o‘sadigan joylarida o‘stirilmoqda. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
2. Dorivor o‘simliklar mahsulotiga muntazam ravishda talabning oshib borishi va uni yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar hisobiga qondirilmasligi natijasida shu o‘simliklami sug‘oriladigan mintaqalarda o‘stirishga to‘g ‘ri kelmoqda.
3. B a’zan kamyob dorivor o‘simliklarga talab katta bo‘lsayu, lekin ular yovvoyi holda, yig‘ish uchun noqulay joylarda (masalan, Kavkaz va Qrimning tog‘li tumanlarida o‘sadigan belladonna va boshqalar) yoki kam miqdorda, katta hududlarda tarqoq holda (masalan, Rossiyaning Yevropa qismida keng tarqalgan, lekin siyrak uchraydigan dorivor valeriana va boshqalar) o‘ssa, bu dorivor o‘simliklar mahsulotini tayyorlash sug‘oriladigan yerlarda o ‘stirishdan qimmatga tushadi. Shuning uchun bunday o‘simliklami ham xo‘jaliklar dalalarida o‘stirish maqsadga muvofiq buladi.
4. Y ow oyi holda о‘sadigan dorivor o‘ simiiklar xom-ashyosini katta hajmda tayyorlashning qiyinchiligi, uni yig‘ib olish uchun qishloq xo‘jalik texnikasidan foydalanishning murakkabligi. Plantatsiyada о‘stiriladigan dorivor o ‘simliklar mahsulotini qulay sharoitda va ta’sirchan kimyoviy biologik faol moddalari ko‘p to‘plangan davrda turli mexanizmlar yordamida yig‘ib olish mumkin.
5. Qimmatbaho, tibbiyot uchun juda zarur bo‘lgan dorivor mahsulot respublikamizda uchramaydigan tropik yoki subtropik iqlimli davlatlarda о‘sadigan о‘simliklardan tayyorlanadigan bo‘Isa, imkoni boricha shu o‘simliklami o‘zimizda o‘stirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Hozirgi kunda dorivor o‘simliklami o‘stirib etishtiradigan maxsus xo‘jaliklar Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarida tashkil qilingan. Respublikamizning qariyb hamma viloyatlaridagi «Farmatsiya» ishlab chiqarish biriashmalari qoshida dorivor o ‘simliklar o‘stiradigan maydonchalar tashkil qilingan bo‘lib, ii ularda viloyat dorixonalar talabiga binoan tegishli o‘simliklami o‘stirmoqdalar


Joriy yilning 22- 25 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo Sanoat palatasining Dorivor va ziravor o‘simlik yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Xikmatov, Surxondaryo viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi boshlig‘i Sh.Amanov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Sh.Sunnatov, Surxondaryo qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Xo‘jamurotov va yetakchi mutaxassis S. Xurramovlar viloyatdagi umumiy dorivor va ziravor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan fermer va tashkilotlarni borib o‘rgandilar.
Dastlab, shanballa, kurkuma va ajgon o‘simliklari ekilgan “Nova farm” MCHJ korxonasining yer maydoni va “Boysun farm” EIZning 12 gektar joyni egallagan plantatsiyalari ko‘zdan kechirildi.
"Boysun farm" EIZ da joylashgan “Boysun Lano” MCHJning qayta ishlash korxonasida lanolin ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu modda sanoqli davlatlardagina ishlab chiqariladi. Boysun tumanida ham sifatli, arzon lanolin substansiyasini ishlab chiqarish uchun yetarli xomashyo mavjud.
Istiqbolli loyihaning umumiy maydoni 2 gektarni egallagan va umumiy qiymati 22 mlrd 345 mln so‘mni tashkil etadi. Shundan 10 mlrd. 672 mln. 500 ming so‘m mablag‘i korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan hamda 1 mln 90 ming AQSH doll. va 500 mln so‘m qiymatdagi mablag‘ bank krediti hisobidan tashkil qilingan. Yaratilgan ish o‘rni 1-bosqichda 20 ta, 2-bosqichda 25 ta. Yillik ishlab chiqarish quvvati 36 ming tonnani tashkil etadi. Kosmetologiya va farmatsevtikada lanolin deya ataluvchi bu moy – terini yumshatuvchi va yalig‘lanishga qarshi vosita bo‘lib, undan barcha foydalanishi mumkin.
Kovrak turkumi selderdoshlar (soyabonguldoshlar)-Apiaceae (Umbliferae) oilasiga mansub bo‘lib ko‘p yillik o‘t o‘simliklardan iborat. Kovrakning yer yuzida 160 dan ziyod turlari, O‘rta Osiyo respublikalarida 104 turi, O‘zbekistonda esa 50 dan ziyod turlari uchraydi. Mahalliy aholi kovrak turkumining har xil turlariga qarab sassiq kovrak, rova, ravshak, kamol, mo‘rcha kamol va boshqa nomlar bilan atashadi. “Surxon dorivor o‘simliklari” f/x 89 gektar maydonda kovrak plantatsiyasini tashkil etilgan. Korxona rahbarlari kelgusida klaster bo‘lish hamda dorivor o‘simlik plantatsiya maydonlarini kengaytirishni maqsad qilib qo‘ygan.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə