Dorivor oʻsimliklar



Yüklə 3,74 Mb.
səhifə7/8
tarix24.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#159050
1   2   3   4   5   6   7   8
Dorivor o\'simliklar

1. Rayhon (bazilik)
Rayhon yoqimli hid beruvchi o‘simlik bo‘lib, u talabchan emas va deyarli har bir uyda o‘sadi. Dunyo bo‘ylab bu o‘simlik bazilik sifatida tanilgan, ammo O‘zbekistonda bu rayhon deb nomlanadi. Rayhon tabiiy antibiotik bo‘lib, isitma tushirish va bakteriyalarga qarshi kurashuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Qadim zamonlardan beri turli patogenlar keltirib chiqaradigan shamollashni davolashda foydalanilgan. Ushbu o‘simlik tarkibidagi moddalar mushaklarning og‘rig‘ini kamaytiradi, yallig‘lanishni oldini oladi, balg‘amni bronxlar va o‘pkadan olib tashlaydi va yo‘tal va burunning oqishi bilan kurashadi.
Bundan tashqari, rayhon parfyumeriya va efir moylarini ishlab chiqarishda faol qo‘llaniladi. Rayhonning bir nechta turlari mavjud va ularning har biri o‘ziga xos taʼmga ega: qizilmiya, limonli, chinnigulli, keng bargli.
2.
Kashnich (koriander)
Kashnich O‘zbekistonda oson va erkin o‘sadi. O‘simlik mukammal tozalash xususiyatlariga ega. O‘simlik tarkibidagi moddalar tanadan og‘ir metallarni olib chiqish va zararli taʼsirini zararsizlantirishga yordam beradi. Kashnich urug‘lari suvni tozalash uchun ham juda yaxshi qo‘llaniladi. Buning uchun qisqa vaqt ichida suv idishga urug‘lar solingan paketni tashlasangiz bo‘ldi.

3. Arpabodiyon
Arpabodiyon mevalari juda foydali. Uning tarkibida saratonga qarshi vosita – anetol, S vitamini, qondagi xolesterin kamaytiradigan oziq to‘qimalar kabi kuchli moddalar mavjud. Bundan tashqari, arpabodiyon stressni kamaytiradi, asab va ovqat hazm qilish tizimlarini tinchlantiradi va shamollash, stomatit va faringit bilan muvaffaqiyatli kurashadi. Arpabodiyon deyarli hech qanday qarshi ko‘rsatmalarga ega emas, shuning uchun u yosh bolalar va homilador ayollarga beriladigan ovqatga bemalol qo‘shiladi.

4. Yalpiz
Yalpiz - bu efir moyining tarkibiy qismidir (mentol). Yalpiz choyi oshqozon-ichak traktining buzilishlariga qarshi kurashda samarali vositadir. Yalpiz asab tizimini tinchlantiradi, og‘riqni yengillashtiradi va tanadan ortiqcha suvni olib tashlaydi.


5. Sebarga
Sebargani butun O‘zbekiston bo‘ylab topish mumkin, lekin eng muhimi – namligi juda yuqori bo‘lgan joylarda u ko‘proq bo‘ladi. O‘zbekiston hududida bir vaqtning o‘zida bir necha turdagi sebarga o‘sadi, ularning har biri an‘anaviy tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Qizil sebargadan damlamalar tayyorlanadi va taloq kasalliklarida qo‘llaniladi. O‘tloq sebargasi bronxit, yo‘tal, kamqonlik, bezgak, astma uchun ishlatiladi. Oq sebargadan tonik, og‘riq qoldiruvchi va kuch beruvchi dorivor sifatida ishlatiladi.

Maʼlumki dunyo miqyosida farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining taxminan 50% dorivor o‘simliklar xomashyosidan tayyorlanmoqda. Ko‘pchilik mamlakatlarda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ham farmatsevtika sanoatini jadallik bilan rivojlanishi bunday korxonalarning dorivor o‘simliklar xomashyosiga bo‘lgan talabni keskin ortishiga sabab bo‘lmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 martdagi “Respublikada kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirish xamda eksport qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3617 Qarori asosida kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash uyushmasi tashkil etilgan.
Kovrak (Ferula) turkumi selderdoshlar (soyabonguldoshlar)- Apiaceae (Umbelliferae) oilasiga mansub bo‘lib, ko‘p yillik o‘t o‘simligi. Kovrakning yer yuzida 160 dan ziyod turlari, O‘rta Osiyo respublikalarida 104, mamlakatimizda esa 50 turi uchraydi. Smola - yelim olishda sassiq kovrak, Kuhiston kovragi kabi turilari ishlatiladi.
Kovrak respublikamizning Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston respublikasining qumli cho‘llar, adirlar, tog‘lar va tog‘oldi yalangliklarda, soz tuproqli yerlarda o‘sadi.
Tabiatda sassiq kovrak (Ferula assa-foetida L.) keng tarqalgan bo‘lib, yelim-smola asosan shu turdan olinadi. Bu Dorivor o‘simlik Tabobatda bemor organizmiga ijobiy taʼsir etuvchi biologik faol modda hisoblanadi. Dorivor vositalar sifatida o‘simliklarning ildizi, bargi, po‘stlog‘i, guli, mevasi, shirasi va boshqa qismlaridan foydalaniladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə