Rekreatsion biznes



Yüklə 8,69 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü8,69 Kb.
#143556
Rekreatsion biznes


Rekreatsion biznes
O.Umarov
Rekreatsiya hududlarida bardavom, kafolatli va serdaromad biznes-naf keltiruvchi faoliyatni boshlash uchun 2 yil kutish kerak bo’ladi. Turkiyaliklar tog’larga ekilgan pistalar meva berishini boshlashini 7-12 yil kutishgan. Hozirgi paytda: pista mevasi; pista yog’I; pista bargi va pista po’choqdan yasaladigan mebellarni butun dunyo mamalakatlariga eksport qilishadi.
Pishib to’kilgan tut mevasini yig’ib, ivitib, urug’ini ajratib olib, manzarali va mevali daraxtlar orasidagi bo’sh joylarga 2-5 donadan tashlab chiqiladi. Hafsala bo’lsa urug’larni pichoqcha uchi bilan tuproqqa aralashtirib qo’yiladi. (Iyun 6-oyda).
Ko’chatlar unib chiqqach bittasini (40 sm) past bo’yli tut bo’lib o’sishi uchun qoldiriladi. Qolganlarini ulama-payvand qilish mumkin. Masalan, 1 tasini marvarid tutga, 2-chisini shotutga, 3-5 larini esa manzarali tut (Majnuntutga) ulama qilib (fevral va avgust oylarida), keying yilda boshqa joylarga ko’chirib ekiladi. Mevasidan sharbat, murabbo, tut mayiz, tut qoqi qilib foydalaniladi.
Daraxtlar orasida o’zib turgan past bo’yli tutlar, salqinda ham o’sib daromad keltiraveradi. Tutlar zaxni quritib, sho’rni yo’qotadi. Ularga ustinchalarni bog’lash mumkin. Tokdagi zararkurandalar qishda tutlarga o’tib jon saqlashadi. Erta bahorda kimyoviy ishlov berib, zararkuradnalar qirib tashlanadi.
Uylarga yaqin istirohat tutchiligi ko’p, bardavom, serdaromad ish o’ronlari beradi. Ipak qurti xonadonlarda boqilmaydi. Ular plastik materiallardan yasaladigan ixcham, ko’p qavatli so’ngaklar o’rnatilgan, tutqatorlarga yaqin joylarda o’rnatiladigan qurtxonalarda boqiladi.
Qurtxonalardan pilladan keying vaqtlarda ishxona-tsex sifatida foydalaniladi.
Rekreatsion biznesning asosini hozirdan yarating. Harakatdagilar olishayapti. O’tirganlar yo’qotishda davom etishayapti. Ko’chat ekkanlar bir yil, ururg’ ekkanlar ikki yil kutishadi.
1 tup katta yoshli tut 5-6,5 kg barg (4 marta) beradi. Tut bargi quritib yig’iladi. Ukraina, Belorus va boshqa yevropa mamlakatlariga choy tayyorlash uchun eksport qilinadi.
1 tup katta yoshli tut 0,1 kub metr novda (yog’och hom-ashyosi) beradi. Undan mebelbop DVP, DSP olinadi.
Qovzoqdan tabiiy bo’yoq va ipak qog’oz olinadi.
Meva-urug’-ko’chatchilik.
Qurt qumalog’idan oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda keng foydalaniladi.
Pilla g’umbagi-inson terisini yoshartirib, silliqlaydi-kosmetika hom-ashyosi.
Pilla – ipak mato, kiyimlar, bahmal, gilom, reaktiv somolyotlar uchun tormoz-parashyutlar, jarrohlik ipi.
Tutchilik yashil qitisodiyotning bir turi. Ekologik toza biznes. Mahsulotlarga haridorlar ko’p. raqobat kam. Mahsulotlari uzoq saqlanadi. Tez aynib qolmaydi. Xonadonlarda hunarmandchilik yo’li bilan ham qayta ishlash, to’qish, tikish, saqlash mumkin.
Istirohat hududlarida hususiy tutqator va tutzorlar barpo qilish kelajak qvlod uchun ham eng yaxshi meros. Imkon borligida tutlarni o’stirib olish kerak. Ulardan foydalanishga vaqt yetishmasligi ham mumkin. U holda talabgorlarga ijaraga berish mumkin.
Yaxshisi qo’shnilarni hamkorlikka chaqiring. Birlashgan o’zar, degan gaplar bor. Muhimi ko’chada 200-500 tup tutzorlaringiz bo’lsin. Xususiy bo’lsin. Xususiy mulk oila iqtisodiy mustahkamligining ishonchli zaxrasidir.
Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə