5-Mavzu: O’simliklarni sharbat ajratish kuchi va sharbat ajratish turlari



Yüklə 22,47 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü22,47 Kb.
#147568
  1   2
5 Mavzu O simliklarni sharbat ajratish kuchi va sharbat ajratish


5-Mavzu: O’simliklarni sharbat ajratish kuchi va sharbat ajratish turlari
Reja:
1. Asosiy sharbat ajratuvchi usimlik turlari va ularning tasniflari.
2. Sharbat kelishi ularning navlariga bog`ligi.
O‘simliklarni sharbat ajratish kuchi va sharbat ajratish turlari

Asosiy sharbat ajratuvchi o‘simlik turlari va ularning tasniflari.


Sharbat ajratish kuchi uchta sharoitga bog‘lik bo‘ladi.
1.Sharbat ajratuvchi o‘simliklar kupligiga.
2.Ob-xavo sharoitiga.
3.Asalari oilasining ishchanlik xolati va sharbat yig‘uvchi asalarilar soniga.
Asosiy sharbat ajratuvchi kuchi xar xil buladi. Ayrim kunlari arilar uyasiga kuniga 1-2 kg, boshka kunlari 3-4 kg sharbatni olib kelishi mumkin. Bundan tashkari, asosiy sharbat kelishi vaqti turli joylarda xar xil bulib, ayrim xollarda bir oygacha yoki 10 kungacha chuzilishi mumkin. Asosiy sharbat kelish vakti ayrim joylarda yoz boshlanishida (chul xududlarida) boshqa joylarda yoz urtalariga tug‘ri kelsa, ayrim joylarda kuz oylariga (ingichka tolali paxta, tukaylarda devpechak) tugri keladi, ayrim joylarda sharbat kelishi davri uzun bulsa (70-80 kun paxta gullaydi) boshka joylarda qisqa (40-50 kun) bulishi mumkin. Shuning uchun u yoki bu joylarda sharbat kelishi turlarga bulinadi. Misol tarikasida kuyidagi kup tarkalgan sharbat kelish turlarini kursatish mumkin. Janubiy kuruk chul va janubiy garb tumanlarda kungaboqar sharbat kelish turi kuprok tarqalgan.
Turli joylarda sharbat ajratuvchi usimliklari va sharbati xar xil bo‘lganligi uchun xam sharbat ajratish turlari usha iklim sharoitidagi usimliklarning sharbat ajratish xususiyatiga boglik bulib, yildan-yilga usha sharbat ajratish turlari kaytarilishi mumkin. Bizning iklim sharoitida oq quray va urug‘li beda sharbat ajratish turi mavjud bulib, oq quray may oyida gullay boshlasa, beda iyun oyida gullab, ikkala usimlik 1 oy davomida kuchli sharbat ajratadi. Oq quray va beda gullashidan oldin, bog‘lar gullashidan keyin sarik akatsiya va ok akas gulidan arilar sharbat va gulchang tashiydilar.
Asalarichilik mavsumida yilning xar kaysi faslida sharbat ajratish gox kupayib, gox pasayib turadi. Kupchilik iklim xududlari bir marta yoki bir necha marta asal beradigan usimliklar gullab, asalarilar tuplagan asallarining uzlariga koldirilganidan ortikchasini olishi xam mumkin buladi. Juda kup asal kelgan davrni asosiy sharbat ajratish - tuplash davri deyiladi. Kolgan davrlarda asalarilar­ning tuplagan sharbatlari uzlarining yashash va rivojlanishiga sarf kilinadi.
Ayrim xollarda ketma-ket gullaydigan sharbat ajratuvchi usimliklarning gullash davri uzilib kolmasligi uchun kushimcha sharbat ajratuvchi usimliklar ekiladi. Asosiy sharbat ajratuvchi usimliklar gullashda asalarichi sharbat olib rejaga topshirsa, kushimcha ekiladigan usimliklar gullaganda arilar uzlarining talablarini kondirishga xarakat kiladilar.
Shuning uchun ayrim joylarda, masalan, kungabokar yoki marjumak (grechka) usimligi soat 10-11 largacha sharbat beradi, kunni kolgan davrida, tushdan keyin gullaydigan paxta va shunga uxshash usimliklarga yoki tabiiy xolda usadigan yaylov vodiylaridagi sharbat ajratuvchi usimliklar borligiga e’tibor berish kerak. Chunki uzok va tuxtovsiz sharbat kelib turishi ari oilalarining jadal rivojlanishiga zamin yaratadi va asosiy sharbat tuplash davrida ishchi asalarilar soni kup buladi, xamda ari oilasi ishchanlik xolatida saklanadi.
Shu joy sharoitida usadigan sharbat ajratuvchi usimliklarning gullash vakti va ularning uziga yarasha aloxida xususiyatlarini urganish va joylashtirish orkali sharbat ajratish turlarini bilishga erishiladi. Asosiy sharbat ajratuvchi usimliklar xar xil joylarda bir xil vaktda bulmay, balki ari oilalarining birinchi rivojlanish vaktidan yoki, masalan, Rossiyada yertuladan chikarilgan kundan boshlab oradan 40-90 kungacha vakt utgach gullay boshlaydilar. Ayrim joylarda 2-3 xil kurinishda sharbat kelishi mumkin. Kupchilik tumanlarda mana shunday sharbat ajratish doimiy bulib, xar yili bir xil kurinishda bulganligi uchun xam ular sharbat ajratish turlari deb ataladi. MDX va bizning xududlarda kuyidagi sharbat ajratish turlari aniklangan.
1.Kungaboqar sharbat ajratish turi. Bu sharbat ajratish turi MDXning janubi-g‘arbiy chul xududlarida kup tarkalgan bulib, iyul-avgust oylarida asalarilar kunga- bokar usimlik gulidan kuniga 2-3 kg dan asal olib keladi- lar. Mana shu asosiy sharbat ajratuvchi kungabokar usimligi gullashiga kadar arilar boglar, yaylovlarda xamda xashakka uriladigan usimliklar gulidan sharbat tuplab, uzlarining talablarini kondirib rivojlanadilar. Uzbekistonda esa kungabokar iyun va iyul oylarida gullab, asalarilarga gul- changi va sharbat beradi. Sharbat kelishi ularning navlariga boglik buladi.
2.Akatsiya va kungaboqar sharbat ajratish turi. Bu tur sharbat ajratish Rossiyaning janubiy tumanlari, Moldaviya, Ukrainaning ung tomon xududlarida kup tarkalgan bulib, 2 ta tur sharbat ajratish, ya’ni oq akatsiya xamda kungaboqardan asosiy sharbat tuplaydilar. Baxorda asalarilar bog‘lar, shamol tuskich o‘rmon daraxtlari xamda butalar guli xisobiga uz talablarini kondiradilar. Sharbat kelmay turgan urtadagi bush davrni esparset ekib sharbat kelishini ta’minlash mumkin. Kungabokar gullab tugagandan keyin esa faseliya guli xisobiga arilarni sharbat bilan ta’minlashga erishish mumkin.
3.Marjumak (grechka) sharbat ajratish turi. Urmon zonalari yakiniga mansub bulib, grechkani gullash davrida ari oilalari kuniga 3 -5 kg va undan xam ortik sharbat olib keladilar.
Uzbekiston sharoitida erta baxorda bog‘ mevalari gullab bulgach, chul zonalarida gullaydigan oq quray sharbat ajratish turidagi gullar 1 may-iyun oylarida gullab, xar bitta yaxshi kuchga ega bulgan ari oilasi kuniga 3-5 kg sharbat olib kelishi mumkin, arilar oksil moddasiga bulgan talablarini gulxayri, kovul, isirik kabi usimlik gullari xisobiga kondirishadilar. Ok kuray gulidan keyin urtadagi bush davrni urug‘lik beda yoki tog‘li xududlarda usadigan xar xil usimliklardan gulxayri, kiyikuti, shashir, tog‘ rayxoni, shirach, tog‘ jalibuli, tobulga, irgay, na’mataklardan sharbat tuplab talablarini kondirib, jadal rivojlanadilar.
Tog‘li xududlarda utchil usimliklardan kiyikuti, tog‘ rayxon, burchok, arslonkulok, mexrigiyo, zufo, gulxayri, sha­shir, afgon bedasi, xukiz tili, kashkarbeda, shirich, sebarga, toshkakra, zigirak, marmarak, mavrak, lolakizgaldok, kisrok, ayiktovon, andiz, geran, jambul, issop, karikiz, limonuti kabilar. Togli tumanlarimizda daraxtsiz tog‘ yonbagirlarini uzlashtirish, ularni urmonzor xoliga keltirishda akatsiyadan keng foydalanish borasida akatsiyazorlar Urgut tumani atrofidagi togli joylarda xamda Omonkuton toglarida uchraydi va may oyida gullaydi. Respublikamiz sharoitida kalin akatsiyazorlarning gektariga maxsuldorligi 200-250 kg ni tashkil kiladi.

Yüklə 22,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə