Dukkakdoshlar (fabaceae) oilasining yem xashak turlarining biology as ahamyati reja



Yüklə 170,04 Kb.
səhifə3/5
tarix11.03.2023
ölçüsü170,04 Kb.
#102293
1   2   3   4   5
DUKKAKDOSHLAR (FABACEAE) OILASINING YEM XASHAK TURLARINING BIOLOGY AS AHAMYATI

Kiyikpanja


Astragalus alopecias Pall.
Bo’yi 40-80 sm keladigan, poyasi tik o’suvchi, bir oz qirrali, oq tuklar bilan qoplangan ko’p yillik o’tsimon o’simlik yonbargchasining uzunligi 8-12 mm pardali oq tuqli. Bargi murakkab uzunligi 15-25 sm, 18-22 juft- keng elleptik bargchalari uzunligi 10-20 mmdan iborat, gullari sariq bandsiz, uzunligi 10-15 sm keladigan silindrsimon to’pgulga yig’ilgan. Kosachasi nayqo’ng’iroqsimon, uzunligi 18-25 sm, gultojga teng yoki undan uzunroq, gultoji tuksiz och sariq. Dukkaklilar oval yoki deyarli dumaloq, uzunligi 5-6 mm, pardasimon oq rangli yumshoq junli, tumshug’i bir oz egilgan. Uzunligi 3-4 mm. Urug’’i oval shaklida, buyraksimon, siliq shaklda bo’ladi [1].
Kiyikpanja may-iyun oylarida gullab, iyun-iyul oylarida urug’laydi. (3-rasm)
Daraxtzor tog’ oldi mintaqalaridagi mayda efemer o’simliklar bilan kserofitlarga oid yirik o’tlar orasida uchraydi.


2-rasm. Kiyikpanja Astragalus
alopecias Pall.

No’xatak.
Astragalus filicaulis F.et M
Poyalari tik o’suvchi, bo’yi 5 - 40sm, shoxlangan o’tchil o’simlik. Yon bargchalari ko’chilmagan, asosida qisman bandi bilan qo’shilib ketgan, lansetsimon yoki bigizsimon 2 - 3 mm uzunligi, oq yoki qora tukchali.
Barglari 4-7 sm, bandli. Bargchalari 6-7 juftli, uzunchoq, oval uzunchoq yoki chiziqli 9-10 mm. Gulbandlari barglariga teng yoki ozgina uzunroq. Gullari boshchalarga yig’ilgan, 6-20 gulchalardan iborat. Gulyoni lansetsimon yoki tor lansetsimon, uchli,1-1,5mm, gulkosasi3-4 mm oq yoki qora tukli.
Mevasi burchoq, tuxumsimon yoki uzunchoq tuxumsimon, 3-4mm etli, qo’pol
tukchali-g’idirishli.

G’idirishmevali astragal Astragalus rytilobus.


O’rta Osiyo yaylovlarida keng tarqalgan qimmatli yem-xashak o’simlik, yaxshi sharoitda 40 smga yetadi.


Poyalari tik o’suvchi 5-40sm, shoxlangan yon bargchalari qo’shilmagan, asosida qisman bandi bilan qo’shilib ketgan lansetsimon yoki bigizsimon 2-3mm uzunligi, oq yoki tukchali.
Barglari 4-7 sm, bandli. Bargchalari 6-7 juftli, uzunchoq va oval-uzunchoq yoki chiziqli 90-10mm, gulbandlari barglarga teng yoki sal uzunroq bo’ladi.
Gullari boshchalarga yig’ilgan 6-20 gulchalardan iborat, guli lonsetsimon yoki tor lonsetsimon, uchli 1-1,5mm, gulkosasi 3-4mm, oq-qora tukli. Mevasi burchoq, tuxumsimon, 3-4 mm eni, qiyshiq tumshuqchasi bilan qo’pol tukchali-g’idirishli.

Yüklə 170,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə