Dukkakdoshlar (fabaceae) oilasining yem xashak turlarining biology as ahamyati reja



Yüklə 170,04 Kb.
səhifə2/5
tarix11.03.2023
ölçüsü170,04 Kb.
#102293
1   2   3   4   5
DUKKAKDOSHLAR (FABACEAE) OILASINING YEM XASHAK TURLARINING BIOLOGY AS AHAMYATI

Burchoqdoshlar oilasiga kiradigan yovvoyi o’simliklarning botanik
tavsifi va amaliy ahamiyati.
Astragal turkumi Astragalus.


Ajoyib astragal Astragalus eximius Bge.

Bo’yi 55-70 sm keladigan mayin chalkash tuklar bilan qoplangan ko’p yillik o’tsimon o’simlik. Poyasi tik o’sadi, bargi murakkab, uzunligi 20-25 sm keladigan 7-9 juft elleptik yoki tuxumsimon sirti mayin chalkash tuklar bilan qoplangan bargchalardan iborat. To’pguli sharsimon, diametri 4-6 sm. Kosachasini qo’ng’iroqsimon, uzunligi 25-28 sm, oq mayin tuklar bilan qoplangan. Gultojisi sariq rangda. Dukkagi elleptik shaklida, uzunligi 8-10 mm, oq paxmoq bilan qoplangan. 1-2 urug’ligi, oval-buyraksimon, uzunligi 3-5 mm atrofida (1 rasm) [2,10,12].


Ajoyib astragal may-iyun oylarida gullab, iyun-iyul oylarida urug’laydi. Yuqori tog’ oldi yon bag’irlarining bug’doyiq va qarag’aylardan iborat dashtli oq mintaqalarida, toshloq va mayda zarrachali tuproqlarda o’sadi.


Paxtak.


Astragalus siversianus Pall.
Bo’yi 60-15 sm keladigan oq tukli ko’p yillik o’tsimon o’simlik. Poyasi yo’g’on, oddiy egatchali pastki tomoni ko’tarilib turadigan ichi bo’sh. Yonbargchalari poyasini yarmisida qator o’rab turadi, uzunligi 15-20 sm , usti tuksiz, ostki tomoni tukli 8-12 juft bargchalardan iborat. Gullari 3-5 tadan shingilga yig’ilgan. Gultoji oq sariq rangli.
1
-rasm Ajoyib astragal Astragalus eximius Bge
Yelkaning uzunligi 35 - 40 km. Qanotiniki 3 - 4 mm, qayiqcha tumtoq, uzunligi 25 - 30 mm. Dukkagi bandsiz (o’troq), tuxumsimon – sharsimon, uzunligi 20-32 mm, qalin oqyoki qizg’ish chalkash tukli, serjunli, shishgan. Urug’i buyraksimon, uzunligi 4-7 mm keladi, va boshqalar [3].
Paxtak may oyida gullaydi, iyun-avgustda urug’laydi. Mayda zarrachali va toshloq mayda zarrachali tog’ yoki yon bag’irlarida uchraydi (2- rasm).



Yüklə 170,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə