Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/99
tarix11.12.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#147362
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   99
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

«Islohotchi yahudiylik»
zamonaviy oqimi XIX 
asr boshlarida Germaniyada yuzaga kelgan bo‘lsa-da, 
AQSH 
da shakllandi. Ushbu oqim yuzaga kelishiga 
Markaziy Yevropada yashovchi yahudiylarning o‘zla-
ri yashayotgan mamlakat madaniyatiga moslashishga 
chaqiriqlari g‘oyaviy asos bo‘lib xizmat qilgan. 
«Islohotchi yahudiylik»ka xos xususiyatlar shunda-
ki, uning ta’limotiga ko‘ra, «yahudiylar endi bir xalq 
(millat) emas, balki bir jamoatdir, qadim yahudiy qo-
nun-qoidalaridan faqatgina zamonaviy hayot tarziga 
mos bo‘lganlarigina qabul qilinishi mumkin» deyiladi. 
Masalan, shanba kungi ibodat yakshanba kuniga 
ko‘chirilgan, sinagogada ayollar erkaklar bilan yon-
ma-yon o‘tirib ibodat qilishlari hamda ruhoniy sifatida 
marosimlarni boshqarishi ham mumkin. 
Bundan tashqari, ibodat vaqtida bosh kiyim ki yish 
majburiyati yo‘q. Boshqa e’tiqod vakillari bilan ni-
Islohotchi 
yahudiylar
Bugungi kunda, islohotchi yahudiylar soni Isroilda taxminan
5–6 ming kishi bo‘lsa, AQS
Hda yashovchi yahudiylarning 40 foizi-
ni tashkil qiladi.


36
MUSTAHKAMLASH UCHUN 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Yahudiylikda yuzaga kelgan oqimlar o‘rtasida qanday umumiylik va 
bir-biriga zid bo‘lgan g‘oyalar mavjud?
2. Yahudiylik dinining o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
3. Tur tog‘ining qadimiy nomlarini aniqlang. Yahudiy jamoalarning
dunyo bo‘ylab tarqalishi xaritasini chizing.
O‘zbekistondagi 
sinagoga
Quddusdagi yig‘i 
devori
koh munosabatlariga kirishishga monelik qilinmaydi. 
Ota-onasidan qaysi biri yahudiyligidan qat’i nazar far-
zand ham yahudiy, deb e’tirof etiladi.
Islohotchi yahudiylikka javob sifatida 
konservativ 
yahudiylik 
yuzaga kelgan. Konservativ yahudiylikda 
boshqa e’tiqod vakillari bilan oila qurish qabul qilin-
maydi va faqat yahudiy onadan tug‘ilgan bola yahudiy 
deb hisoblanadi. 


37

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə