Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/99
tarix11.12.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#147362
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

Dalvarzintepa.
Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tu-
manida joylashgan. Buddaviylikka oid mazkur yodgor-
lik 1962-yili aniqlangan. 
Ushbu qadimiy shahardan tashqarida ham yana bir 
buddaviylik ibodatxonasi, vino tayyorlash qurilmalari 
hamda dafn qilish joyi topilgan. 
Budda. Qoratepa,
mil. III asr
Budda. 
Dalvarzintepa, 
mil. III asr
IJODIY FAOLIYAT
1. Buddaviylikning Markaziy Osiyoga yoyilishi qaysi davrlardan bosh-
langanligini eslang. 
2. Bu davrda Markaziy Osiyodagi xalqlar qaysi dinlarga e’tiqod qilgan?
3. Qo‘shimcha adabiyotlardan mamlakatimiz hududida buddaviylik 
tarqalgan hududlardagi madaniy hayot haqida ma’lumot to‘plang. 


41
Mazkur shaharchadan Markaziy Osiyo hududlarida 
birinchi marta loydan yasalgan, yaxshi saqlangan Budda 
tasvirlangan va ko‘plab boshqa haykalchalar, bezaklar, 
diniy marosim buyumlari va tangalar topilgan. 
Ibodatxonadagi Buddaning tik turgan haykali juda 
yaxshi saqlangan: uning oyoqlari mustahkam g‘ishtin 
asosda turibdi, kiyimlarining burmalari aniq, bularning 
barchasi yorqin qizil rangga bo‘yalgan. Budda sochlari-
ning tubi, asosan, qora, tepasi qizil rangda. Xuddi shu 
rang bilan qosh va ko‘zining qora chiqlari chizilgan.
Quva.
1957-yilda Farg‘ona vodiysidagi Quva shahri 
vayronalarida arxitektura va haykaltaroshlikning ajoyib 
namunasi bo‘lgan buddaviylik ibodatxonasi qoldiqlari to-
pilgan. Ushbu materiallar Farg‘ona viloyatida VII asrda 
buddaviylik dini keng tarqalganini tasdiqlaydi. 
Bu davrda Markaziy Osiyoning boshqa hududlari-
da zardushtiylik dini, xususan, uning mahalliy diniy 
an’analarni o‘ziga singdirgan shakli hukmron bo‘lgan. 
Bugungi kunda yurtimizda buddaviylikning lamaizm 
yo‘nalishi tarqalgan.

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə