Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati Estetikaning zamonaviy yondashuvlari Estetik tarbiyada ijodning o‘rni



Yüklə 76,55 Kb.
səhifə5/9
tarix27.09.2023
ölçüsü76,55 Kb.
#124003
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati Estetikaning zamonaviy

Go‘zallik va estetik ideal. Go‘zallikni anglab yetish uchun obyekt subyektning ongidagi, idrokidagi estetik idealiga mos bo‘lmog‘i lozim. Didro ta’kidlaydiki: ”Mutloq go‘zal narsaning o‘zi yo‘q bo‘lsada, lekin bizga nisbatan olganda, ikki xil go‘zallik mavjud: real go‘zallik va idrokimizdagi go‘zallik15”. Go‘zallik xususidagi insonning mezonlari, me’yorlari uning ongidagi estetik ideal va did mezonlari va me’yorlari bilan bog‘liq. Insonning idroki orqali go‘zallik xususidagi ongga kirib kelayotgan har bir informatsiyani avvalambor ongidagi ideal mezonlari va me’yorlari bilan solishtiradi va unga mos kelsagina yoqadi, yuqori bo‘lsa tushunmasligi ham mumkin, undan quyi darajada bo‘lsa bo‘lsa yoqmaydi.
Go‘zallikda esa, biz sifat va miqdor uyg‘unligini kuzatamiz. Go‘zallik insonga estetik zavq beradi va u muhabbatning obyekti hamdir. U yaxlitlik sifatida turli qarama-qarshiliklarning garmonik birligidan tashkil topadi. Go‘zallikning hissiyotga asoslangan tarkibiy tamoyillarini miqdoriy asoslar ya’ni-shakl, ritm, tartib, tenglik, simmetriya, mutanosiblik, muvofiqlik tashkil qiladi va hammasiga yetakchilik qiladigan tamoyil bu yaxlitlik, san’atda esa bu-badiiy yaxlitlikdir.
Demak, Inson o‘z estetik idealida go‘zallik mezonlarini modellashtiradi. Inson o‘z ongidagi idealning modeliga qarab go‘zallik ulug‘vorlik, fojeaviylik va kulgililik kabi estetika fanining mezoniy tushunchalariga baho beradi. Biz insoniyat tarixida go‘zallik ideallarining eng asosiylarini tavsiflashga harakat qildik:
1.Go‘zallikni Allohda ko‘rish va u adabiyot va san’atda o‘z ifodasini topgan. G‘azzoliy faqat o‘z kamolotining barcha qirralariga to‘liq ega bo‘lgan narsanigina oliy darajadagi go‘zallik deb ataydi. Bunday go‘zallikni G‘azzoliy faqat Allohda ko‘radi.
Din eng avvalo xudoga sig‘inishga, uni sevishga, unga so‘zsiz itoat etishga loyiq go‘zallik timsoli, ideal sifatida targ‘ib qiladi. Masalan, islomga ko‘ra ”Asl sevgi Allohni sevmoqdir. Nima uchun? Chunki, har turli go‘zallikni yaratgan – Alloh, har turli komil sifatlarga ega bo‘lgan zot – Alloh, hamma narsaga kuchi etgan – Alloh, har bir ishi hikmatli bo‘lgan – Alloh, hamma narsani bilgan – Alloh. Qay jihatdan boqsang, eng go‘zal sifatlarning cho‘qqisi, eng go‘zal tajalliysi Alloh taolo hazratlaridir. Shuning uchun eng go‘zal zot ham Allohdir! Shuning uchun inson anglay olsa, erisha olsa, ko‘ra olsa, mushohada eta olsa, eng go‘zali Allohdir! Alloh sevgisi, ishqi haqiqiydir!”16
2.Go‘zallikni qadriyatlarda ko‘rish.
Idealning murakkab tomoni shundaki, u qadriyat bilan bog‘liq. Qadriyat idealning obyektdagi in’ikosi tarzida namoyon bo‘ladi. Xegel so‘zlari bilan aytganda: «Ideal mavjud bo‘lishi uchun tashqi shakl o‘z–o‘zicha qalbga mos kelishi lozim». Ya’ni ideal jonli subyektning qalbiga mos keladigan namunaviy shakldir, unda inson o‘z g‘oyalarining hissiy–intellektual ko‘rinishini ma’naviy qadriyat sifatida idrok etadi17.
3.Go‘zallikni klassikada, davrlarda ko‘rish. Sharqda ham (Farobiy, Ibn Sino) G‘arbda ham, uyg‘onish davri tafakkur sohiblari –qadimgi yunon mutaffakkirlari qarashlarini ideal qilib olishgan. Klassitsizm, namoyondalari o‘z go‘zallik ideallarini ko‘proq Qadimgi Rumodagi yakkahokimlik, imperator va ulug‘ sarkardalar hayotidan qidiradilar. Hozirgi davrda ham barcha san’at turlarida eng asosiy idealning etaloni klassik davrlar, klassik ijodkorlar va klassik san’at asarlari hisoblanadi.
4.Go‘zallikni maqsadga muvofiqlik va estetik did bilan uyg‘unlikda ko‘rish. Estetik ideal ayniqsa estetik did bilan chambarchas bog‘liq. Zero estetik did muayyan estetik baho yoki baholar yig‘indisi emas, balki estetik bahoga layoqatni anglatadigan, subyekt uchun baho me’yorlarini va mezonlarini tayyorlab beruvchi — «ishlab chiqaruvchi» jarayondir. Estetik ideal estetik didning yashash sharti hisoblanadi; did ma’lum ma’noda idealning amaliyotda namoyon bo‘lishidir; estetik idealning o‘zgarishi albatta didning o‘zgarishiga olib keladi18.
5. Go‘zallikni tartibda, me’yorda ko‘rish. Pifagor ta’kidlaydiki: Tartib sening muqaddas maqsading bo‘lsin. Sen bu maqsad yo‘lida astoydil xizmat qil. Chunki tartib hamma narsaning majmuasidir. Tabiatning mavjudligi asosida ham tartib yotadi.
Garchi ba’zi chiroyli narsalar masalan, yakka ranglar, musiqiy notalar simmetriyaga to‘la ega bo‘lmasada bu muhim bo‘lmaydi: ba’zi simmetrik narsalar esa, masalan chehra ba’zan go‘zal bo‘lmasligi ham mumkin. U nazarda tutgan rasmiy birlik orqali go‘zallik birlik va yaxlitlik sifatida olinadi 19.
Avestoda «got»lardagi go‘zallik haqidagi tasavvur ilohiy nuqtai-nazardan odllikka, mezoniylikka, mutanosiblikka, ya’ni uyg‘unlik tushunchasining ilk ibtidoiy ko‘rinishlariga borib taqaladi.
Demokrit go‘zallikni hamohanglikda, bo‘laklarning to‘g‘ri mutanosibligida, tomonlar mosligi (simmetriya) da deb biladi va uni me’yor tushunchasi bilan bog‘ladi, san’atning mohiyatini voqelikga taqlid qilish (mimesis)da ko‘radi.
Go‘zallikning eng muhim ko‘rinish bu tartib, mutanosiblik va aniq chegaraga egalikdir.-deydi Arastu20 Arastu fikriga ko‘ra go‘zallikning yana bir belgisi miqdorning cheklanganligi. Jonsiz narsalar kabi jonli mavjudotlar ham hajmni oson ilg‘ab olinadigan bo‘lishlari kerak, deydi faylasuf-shunga o‘xshash fabula ham oson ilg‘ab olinadigan cho‘ziqlikka ega bo‘lishi shart. Arastu nafosat asosini moddiy dunyodagi narsalar tashkil qiladi, nafosat shu narsalarning tartiblilik, muvofiqlik, aniqlik, uyg‘unlik, yaxlitlik xossalarida namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi.
6. Go‘zallikni san’atkor shaxsida iste’dodda ko‘rish. Ijodkor mukammallikni, go‘zallikni, komillikni ideallashtiradi, u san’atni yetuklikka erishish vositasi deb biladi. Umuman ijodkor ideal izlashni o‘zining qismati deb biladi, u idealga tap-tayyor, o‘zgarmas narsa deb qaramaydi. Har bir asari ijodkorda yangi bir idealni shakllantiradi, shunday bo‘lmaganida uning barcha asarlari bir-birini takrorlagan, bir-biridan farq qilmagan bo‘lardi.
7. Go‘zallikni va estetikaning kategoriyalari idealga nisbatan nisbiylikda ko‘rish. Masalan:“Go‘zal qiz”,”go‘zal baytal”, “go‘zal lira” “go‘zal gultuvak”ning go‘zalligi faqat birgina o‘zigagina xos bo‘lgan narsa-xodisa uchun go‘zallikdir, xolos. Ularning hech biri boshqa narsa-hodisalar uchun umumiy tarzidagi go‘zallik bo‘la olmaydi21. Ular go‘zalligining asosi nisbiydir, ya’ni “eng go‘zal qiz ham ma’budaga nisbatan xunukdir”22.
8.Go‘zallikni shakl va mazmun yaxlitligi va uyg‘unligida ko‘rish. San’atdagi go‘zallikni san’at asarini shaklida, hujayralarida ko‘rish mumkin. Zero haqiqiy san’at asari go‘zallikni tasvirlash, unga da’vat etish omiligina emas, balki o‘zi ham badiiy vositalardan tortib, to kompazitsion qurilishigacha go‘zal bo‘lishi lozim: faqat go‘zal shaklgina mazmun go‘zalligini in’ikos ettira oladi23.
9.Go‘zallikni tabiiylikda tabiat bilan hamohanglikda deb qarash. Vualo she’riyatda (san’atda) hammasi tabiiy bo‘lishini soxtalikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytib, tabiatga taqlid qilish lozimligini uqtiradi. Lekin tabiat, to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, tozalangan go‘zallashtirilgagn holda asarga olib kirilish kerak. Uning nazdida san’at asarida idealga aylanadigan badiiy qiyofa yaratish uchun qat’iy adabiy-estetik qonun qoidalarga rioya qilishi shart. O‘shanda san’atkor haqiqiy go‘zallikni in’ikos ettirishga erishadi. Yung tabiiy asosga ega bo‘lgan go‘zallikni go‘zal deb biladi. Tabiat bilan bog‘liq va o‘z tabiatiga ega bo‘lgan inson o‘z tabiatidagi go‘zallikni, go‘zallik haqidagi botiniy tasavvurini tashqi tabiiy go‘zallik bilan uyg‘unlashtirganidagina u estetik lazzat oladi.
10. Go‘zallikni inson ruhiyati va hissiyoti bilan bog‘lash. Go‘zallik –deb yozadi byum-narsalarning o‘zida mavjud bo‘lgan sifat emas, u istisnosiz tarzda o‘zini mushohada etayotgan ruhda mavjud, har bir insonning ruhi esa, go‘zallikni o‘zgacha idrok etadi. Shuning uchun har bir idrok etuvchi o‘zi his qilayotgan holatni o‘zgalarga zo‘rlab uqtirishga intilmasligi kerak.”24
11. Go‘zallikni hissiy idrok bilan uyg‘unlikda qarash. Didro ta’kidlaydiki: Mutloq go‘zal narsaning o‘zi yo‘q esada, lekin bizga nisbatan olganda, ikki xil go‘zallik mavjud: real go‘zallik va idrokimizdagi go‘zallik25”.Verk go‘zallikning asl sabablari sifatida mutanosiblikni ham, mafaatlilikni ham, maqsadga muvofiqlilikni ham, mukammallikni ham ko‘rsatish mumkin emas. Chunki bu sabablar ratsionallik bilan bog‘liq. Vaholanki go‘zallik aqlimizni ijodi emas.26 Go‘zallik idrok etilayotganda sezgilarni hammasi umumlashib, bir yoqadan bosh chiqarib ishtirok etadi. Demak go‘zallik birvarakay barcha sezgi a’zolariga taallqlidir.
A.Sher va B.Husanov ta’kidlaydilarki: Go‘zallikning namoyon bo‘lishi, shakllanishi va xis etilishida muayyan unsurlar mezoniy vazifasini o‘taydi. Bular - me’yor, maqsadga muvofiqlik, tartiblilik, uyg‘unlik, hamoxanglik, moslik, yaxlitlik, birlik, mutanosiblik, tenglik va hokazo. Go‘zallik sifatlari tug‘yoniylik, maftunkorlik, foydalilik, mo‘’jizaviylik singari tushunchalar orqali izohlanadi. Go‘zallikning xususiyatlari esa qulaylik, manfaatdorlik, yoqimlilik, chiroylilik tushunchalari bilan belgilanadi. Unsurlar, sifatlar va xususiyatlar uyg‘un bo‘lgan narsa–hodisalargina chinakam go‘zallikni aks ettirishi mumkin. Zero, chiroyli narsaning sifati bizning manfaatimiz uchun hamoxang bo‘lmasa yoki bizning maqsadlarimizga mos kelmasa u har qancha maftunkor bo‘lmasin go‘zallik sifatida baholanmaydi27.
Inson go‘zalligi va uning amaliy jihatlari.Insonning tashqi va ichki dunyosi, jismoniy hamda ma’naviy xususiyatlarining uyg‘unligi asosida namoyon bo‘ladigan go‘zal qiyofasi, uning ham jismoniy, ham ma’naviy barkamolligi bilan belgilanadi va ushbu masala qadimdan san’at asarlarida va falsafiy tafakkur tarixida o‘z aksini topib kelgan. Masalan, qadimgi Misrda insonning bo‘yi, ko‘rinishi va geometrik proportsiyalari doimo bir hil qiyofada va o‘lchamlarda hatto marom-ritmda ifodalangan. Uning asosiy sababi qadimgi misrliklar jamiyatning o‘zgarishni istamagan va shuning bilan yer yuzida doimiylik, mangulikni yaratmoqchi bo‘lganlar. Qadimgi Yunonlarning “kalokogatiya” tushunchasida yunonlar inson tanasining go‘zalligini uning ruhiyati, ma’naviyati, inson shaxsining kamoloti va idealining uyg‘unligi barobarida ko‘rganlar. Suqrot axloqshunoslik va estetikaning, axloq va go‘zallikning uzviy aloqasini ta’kidlab ko‘rsatadi. Uning ideali –ma’nan va jisman go‘zal inson. U insonni san’atning asosiy obyekti sifatida qaraydi, san’atning estetik va axloqiy mezonlari masalasini o‘rtaga tashlaydi.
Ma’lumki, Zevs, Appalon, Afina, Afrodita, Dinonis Ares, Poseydon kabi ma’budlar teatr san’atida arxitektura-me’morchilikda va ayniqsa, haykaltaroshlik va musavvirlikda tasvirlanib, ularga ibodat va qurbonlik qilingan. Usta Praksitel Knid orolida Afrodita haykalini, usta Fidiy boshqa ko‘p ma’budlarning haykallarini yasaganlar. Ular ma’budlarni qanchalik go‘zal yasasalar ularga yanada ko‘proq sajda qilinardi.
Go‘zallik — bu qisqa muddat hokimlik qiladigan qirolichadir - deydi Suqrot,- lekin san’at shu go‘zallikni manguga aylantirishi mumkin.
Biz yuqorida inson jismining vizual tasviriga to‘xtadik, endi uning ruhiyat bilan uyg‘unligiga to‘xtalamiz.
O‘rta asr falsafasida esa, asosan diniy falsafa o‘laroq, insonni unda ikki negiz: oliy (ruh) va past (tan) bir-biri bilan uzluksiz kurash olib boruvchi mavjudot sifatida qaradi. Avreliy Avgustin Avliyo insonning mohiyatini aynan ruh va faqat u tashkil etadi, deb hisoblandi. Tana esa vaqtinchalik qobiqdan, ruh qamalgan joydan, ruh «zindoni»dan boshqa narsa emas. Foma Akvinskiyning fikriga ko‘ra Insonda jismoniylik qancha ko‘p bo‘lsa, u hayvonga shunchalik yaqinlashadi, ruhiyat qancha ko‘p bo‘lsa u shuncha farishtalarga yaqinlashadi. Benedikt Spinoza o‘zining inson haqidagi ta’limotini insonning tabiatning bir qismi ekanligi, tana va ruhning birligi asosida yaratdi.
Sharqda Abu Nasr Forobiy tana va ruh uyg‘unligini san’atda, xususan musiqa san’atida ko‘radi.U ta’kidlaganidek, “ovozlarning ta’siri bilan ruhni sog‘aytirish yordamida tana sog‘aytiriladi”28.
Jaloliddin Rumiy falsafasida ma’no ishq talqinida aniqlanadi, surat esa ishq nuridir. “Ichindagi ichindadir” asarida surat va ma’ni nisbatiga mag‘iz va danakni misol qiladi. Danakni qo‘lga olishdan maqsad, uning ichidagi mag‘ziga erishish. Mag‘izga erishish uchun suratni (danakni) sidirasan. Go‘yoki danak kerak emasday, ortiqcha qobiqday tuyuladi. Biroq mag‘zini urug‘ sifatida yekmoqchi (yerga) bo‘lsang, uni qobiqsiz yerga eka olmaysan. Qobiqsiz ekilgan mag‘iz ko‘karmaydi, hosil bermaydi. Demak, surat bizga nomuhimday tuyulsa ham, uni ma’nodan ajratish tushunish mumkin emas.
Go‘zallik xususiyatining jamiyatdagi mavjudlik shartlaridan biri va asosiysi-san’at. Unda ikki xil go‘zallik–odamiy tabiatga va olamiy tabiatga taqlid orqali vujudga kelgan go‘zallik ifoda topadi29.
Aksariyat hollarda insonning tashqi go‘zalligiga nisbatan yuzaki munosabat bildiriladi; tashqi go‘zallik shaxsning chinakam «Men»ini namoyon qilishiga to‘sqinlik qiluvchi, o‘tkinchi hodisa sifatida qaraladi. Ammo, bunday yondashuv bahsli. Chunki, insonning tashqi go‘zalligi muayyan holatlarda shaxsning o‘zigagina emas, balki boshqalarning faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, qalbning moyilligi jamol mushohadasining natijasidir. Ya’ni, inson narsalarning zohiriy go‘zalligini botiniy go‘zallikka nisbatan birinchi bo‘lib payqaydi. U avvalo, ko‘rinib turgan go‘zallikni his qiladi, so‘ngra uning mohiyatiga murojaat etadi. Shu bois tashqi go‘zallikni muayyan obyekt yoki subyekt orasida nafosat maydonini hosil qiluvchi birlamchi asos, deyish mumkin. Insonning tashqi qiyofasi-bu uning anatomik, funksional, ijtimoiy, estetik xususiyatlarning uyg‘unligidan iborat. Anotomik xususiyatlarga-inson yuzi va tanasining suyak, pay va muskullari, fiziologik strkuturasi kiradi, funksional jihatlariga –uning harakati mimika, ovozi nutqi, ijtimoiy jihatlariga-inson tanasini o‘rab turgan tashqi qobiq, ya’ni-uning libosi, aksesuarlari va h.k.lar kiradi. Lekin ularning barchasi estetik me’yor mezonlar asosida bo‘lmasa u xunuklikga aylanadi.
Bugungi kunda insonning jismini go‘zallashtirishga qaratilgan bir qator industriyalar aynan “go‘zallik” va “estetika” atamasini o‘z nomlari, brendlari va reklamalari keng qo‘llashadi. Ushbu atamalarni keng qo‘llashlarining asosiy mezoni nimada degan tabiiy savol tug‘iladi. Aytish mumkinki, ushbu faoliyat turlarida badiiylik, ijod, va nafosatga, go‘zallikka intilish maqsadi mavjud ekan, ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarning ongli yoki intuitiv ravishda uyg‘unlik, proportsiya, ritm, ranglar, kompozitsiya, faktura kabi asosan san’atda ishlab chiqilgan estetik me’yor va mezonlarga amal qilinishi talab qilinadi. Agar ushbu talablarga qilinmasa muayyan maqsad bo‘lgan go‘zallik, xunuklikka aylanadi. “Narsalarning real mavjudligi – uning ishi, narsalarning ko‘rinishi esa – odamning ishi, ko‘rayotgan narsasidan zavqlanuvchi ruh, endi ko‘rganidan emas ishlab chiqqan narsasidan ham zavqlanadi”,30 deb yozadi Shiller.
Bugungi globallashuv jarayonlarida insonning tashqi qiyofasi - uning ijtimoiy holatining ko‘zgusi yoki imidji sifatida uning hayotida katta o‘rin tutib bormoqda. Ushbu o‘rinda masalaning estetik tomonlari g‘oyat muhimdirki, go‘zallik-insonning o‘ziga ishonchi va o‘zini qadrlashi, baholashi uchun stimul vazifasini o‘tamoqdi. Hatto hayoti va ish faoliyati davomida inson qanchalik ko‘rkam, go‘zal ko‘rinsa, boshqalar uni ko‘proq qadrlashlari mumkinligi va ushbu aspekt insonning hayoti, taqdiriga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlanmoqda. Hozir zamonaviy bo‘lgan ushbu fikrlar bundan bir necha asr oldin Umar Hayyomning «Navro‘znoma» asarida bayon etilganligi bilan diqqatga sazovordir: «Go‘zal yuz to‘rt fazilatga egadir. Ulardan biri shuki, go‘zal yuz uni ko‘rgan odamning shu kunini xayrli etadi, ikkinchisi, hayotdan bahramand bo‘lish onlarini shirin qiladi, uchinchisi, u odamni ochiq ko‘ngilli va olijanob etadi, to‘rtinchisi, boylikni ko‘paytiradi va yuqori mansab ato qiladi».
Insonning tasviri qiyofasining ahamiyati va imiji bugungi kunda har qachongidan ham muhim bo‘lib bormoqda. Imij(ing. imij – qiyofa, tasvir) odamlar ongida muayyan shaxs, tashkilot yoki boshqa ijtimoiy obyektga nisbatan yuzaga keladigan, idrok etilayotgan obyekt haqidagi axborotni o‘zida mujassamlashtirgan va ijtimoiy xulq-atvorga da’vat etadigan muayyan sintetik obraz. Obraz esa estetik tasavvur va kechinmalar bilan chambarchas bog‘liqdir. Imij turlari: korporativ imij (kompaniya, firma, jamoat tashkiloti va h.k. imiji) va individual imij (siyosatchi, biznesmen, harbiy ijtimoiy harakat etakchisi kabi alohida shaxslarning imiji)ni farqlash maqsadga muvofiqdir. Ikkala holda ham, ya’ni tashkilotga nisbatan ham, individ (shaxs)ga nisbatan ham tashqi va ichki imij bo‘ladi. Tashkilotning tashqi imijii – bu uni qurshagan muhitda, mazkur tashkilotning mijozlari, iste’molchilari, raqiblari, hokimiyat organlari, OAV, jamoatchilik ongida u haqda shakllanadigan obraz, tasavvur. Individning tashqi imiji verbal, vizual, axloqiy, estetik ifoda usullari va xulq-atvorning har xil shakllaridan tarkib topadi.
O‘z-o‘zining imiji o‘tmish tajribasidan kelib chiqadi va o‘ziga nisbatan hurmat, ishonchning hozirgi holatini aks ettiradi. Idrok etiladigan imiji – boshqa odamlarning bizga bo‘lgan munosabatidir. Talab qilinadigan imij ayrim kasblar (rollar) muayyan imij xususiyatlarini talab qilishini anglatadi. Ayrim hollarda bunga kiyim turi ko‘maklashadi. Harbiy ust-bosh, sudya mantiyasi – bularning barchasi shaxsning muayyan rollarni bajaruvchi ekaniga ishora qiladigan imij belgilaridir.

Yüklə 76,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə