Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati Estetikaning zamonaviy yondashuvlari Estetik tarbiyada ijodning o‘rni



Yüklə 76,55 Kb.
səhifə7/9
tarix27.09.2023
ölçüsü76,55 Kb.
#124003
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati Estetikaning zamonaviy

Dizaynning estetik xususiyatlari. Dizayn leksikonimizga keyingi o‘n yilliklarda (80 yillarning oxiri) kirib kelgan tushuncha hisoblanadi. «Dizayn» so‘zi inglizchadan tarjima qilinganda “g‘oya, chizma, loyiha” ma’nolarini bildiradi. Bunga qadar narsalarni loyihalashtirish «badiiy konstruksiyalash», narsalarni yaratish nazariyasi esa «texnik estetika» deb atalib kelingan. «Dizayn» so‘zi yasama tushunchalar: «dizayner» — rassom konstruktor, «dizayn-forma» — buyumning tashqi formasi tushunchalarini vujudga keltirdi va hokazo. Zamonaviy texnika estetikadan, san’atdan tashqarida rivojlanishni hohlamagan ko‘rinadi. Balki inson doimo go‘zallikka intilganligidandir, hattoki temir tersakka ham san’at, madaniyat nuqtai nazaridan yondosha boshlagan. 1919 yilda Germaniyada «Bauxauz» degan oliy maktab ochildi, bu yerda loyihalashtirish bilan bir qatorda amaldagi estetika asoslari ham ishlab chiqila boshladi. Bauxauz maktabidan boshlab dastlabki dizaynerlar arxitektor va rassomlar bo‘lganligi sababli tasviriy san’at va arxitekturadagi qonuniyatlar va mezonlarning ko‘pchiligi dizaynga ham tegishlidir,bunda esa talabalar ritm, garmoniya, proportsiya qonuniyatlarini o‘rganar edilar. Keyingi yillarda «Bauxauz»ning ta’siri bilan narsalarning shakl ustida ishlashda asosiy e’tibor loyihalarning o‘ziga qaratildi, ularni amaliy va estetik sifatlarning yagona tashuvchisi, deb baholashga kirishildi. Bu an’ana o‘zining to‘la ifodasini konstruktivizm oqimida topdi. Narsalarning foydaliligini, ularning amaliy tomonlarini haddan tashqari oshirib yuborish esa funksionalizm oqimining paydo bo‘lishiga olib keldi.
Demak, dizaynda shakl mazmun, kompozitsiya, ranglar uyg‘unligi, dinamika ritmik qator va metrik qator, nyuans, proportsiya, kontrast, yorug‘lik kabi estetik mezonlar asos vazifasini o‘taydi. Dizaynning tasviriy-ifodali vositalari san’at turlari uchun ham umumiydir: nuqta, chiziq, o‘ziga xoslik, tuzilishi, rang, shakl, hajm, mutanosiblik, og‘irlik va kenglik. Ushbu elementlar kompozitsiya tamoyillariga asosan uyg‘unlashadi: simmetriklik, asimmetriklik, muvozanat, ritm va harakat. San’atning nazariy mezonlari dizaynga estetik shakl beradi. Zotan Shiller aytganidek, shakl insonga butunisicha, mazmun-uning muayyan qismigagina ta’sir ko‘satadi.
Umuman, dizaynning tub ildizi, mohiyat nuqtai nazardan, ko‘rgazmali amaliy san’atga (xalq amaliy san’atiga) borib taqaladi: u ham bu ham foydalilik, manfaatdorlik, mustahkamlik, go‘zallik xususiyatiga ega. Bugungi kunga kelib esa dizaynda ham op-art, 3 d kabi yangi vizual formatlar, kompyuter dizayni va h.k. keng o‘rin olganiga guvohmiz. Dizaynda oltin kesim proportsiyasi (mutanosiblik) keng qo‘llaniladi. Hamohanglik va uyg‘unlik san’atning umumiy vositalari sifatida dizaynda ham bir butun tizim hosil qilishi kerak.
Shakl – bu biron bir obyektning ichki tuzilishi va tashqi ko‘rinishlarining birligidir. Yoki, predmet tashqi qiyofasining ichki tomoniga mos kelishidir. Shaklda ko‘rinadigan barcha belgilar juda muhim: geometrik ko‘rinishi (konfiguratsiya), o‘lchami, fazoda joylashuvi, og‘irligi, faktura (o‘ziga xosligi), tekstura (tarkibiy tuzilishi), ranggi, nursoyasi va hakazolar. Konstruktsiya – bu shaklning asosi, aloqadagi element va qismlarni bir butunga birlashtiruvchi karkas, o‘zak.
Dizaynerlar juda ko‘p qiziqarli shakllarni tabiatdan o‘zlashtirib olganlar. Tabiiy shakllar yordamida loyihalashtirish fanda “bionika” deb yuritiladi. Dizayner narsaning qurshovidagi boshqa buyumlarni, uning atrof-muhit bilan uslubiy birligini ham o‘ylab ko‘radi, ya’ni obyekt boshqa narsalar bilan mos keladimi, chekkadan qaraganda qanday taassurot hosil qiladi, barcha-barchasini dizayner tasavvur etib ko‘radi. Buni biz arxitektura ansamblida ham kuzatamiz.
Tasviriy san’atda ranglar real dunyoni tasvirlash uchun zarur bo‘lsa, dizaynda esa amaliy va estetik jihatdan ko‘zlarni quvontiradigan bir butun rangli muhitni hosil qilish uchun kerak bo‘ladi. Shuning uchun hayotimizda bizga doimo zarur bo‘lgan sanoat mahsulotlarining rang-tusi, belgilari, ulardagi ranglarning xilma-xilligi va ba’zida qarama-qarshiligi (oq-qora, qizil-sariq va hakoza), umuman ranglar muhitidagi uyg‘unlik to‘g‘risida bilimlar zarur bo‘ladi. Art – dizayn tushunchasi tom ma’noda qo‘llanilganda loyihalashtirish san’ati, deb talqin qilinadi. Bu shunday obyektlarni loyihalashtirishki, ular hech qanday vazifani bajarishga qaratilmagan bo‘lsada, lekin shakl hosil qilish, ranglar to‘laqonligi va butunlay uyg‘unlik qonunlariga mos holda yaratilgan obyektlar sanaladi va san’at asarlariga qo‘yiladigan barcha talablarga javob bera olganligi tufayli ularni ko‘rgazma zallarida bemalol namoyish etish mumkin.
Shunisi juda qiziqki, ranglar insonning hissiy dunyosiga (ichki ruhiyatiga) juda katta ta’sir o‘tkazadi. Aynan inson o‘ziga kostyum, turmushda ishlatiladigan buyumlar va yashash joylarini ko‘rkamlashtirishda narsalarni tanlayotganida birinchi navbatda rangiga qarab tanlaydi, aytish mumkinki, inson doimo rang tanlaydi. Bu tasodifiy holat emas, chunki bizni qurshab turgan ranglar muhiti na faqat inson kayfiyatiga, balki uning hol-ahvoliga ham juda ta’sir etadi. E’tibor beringa, ranglar ba’zida charchatib yuborishi, ba’zida odamlarning g‘ashini keltirishi, ba’zida esa ruhlantirib turishi mumkin. Masalan, ochiq ranglar quvnoq kayfiyat hosil qiladi, shuning uchun bunday ranglardan bolalar uchun tayyorlanadigan kiyim-kechaklar va oyoq kiyimlarga ishlatiladi. Yana shunisi ma’lumki, aynan ranglar buyum va predmetlarga bo‘lgan munosabatni shakllantiradi.
Dizayner faktura (predmetning o‘ziga xosligi) xususiyatlaridan kelib chiqib, ranglarni turlicha qabul qilinishiga e’tibor berish zarur. Agarda ustki qismi silliq, yoki dag‘al, yoki qirrali bo‘lgan narsalarni bir xil rangga bo‘yalsa, unda hech qiynalmasdan ko‘rish mumkinki, bir joylar ochiq, boshqalari esa to‘qroqdek tuyuladi. Shuning uchun turli xil faktura va teksturalardan kelib chiqib ranglarning o‘zgarishini narsalar sirtlarining nur aks ettiruvchi va nurqaytaruvchi xususiyatlari bilan bog‘liq ekanligini hisobga olish zarur.
Dizayn obyektlarida ish olib borayotganda ranglarning fazoviy kenglikda o‘zgaruvchanligini ham hisobga olish lozim. Fazoviy kenglikda ranglarning harakatlanishini namoyon etmoq vizual kommunikatsiya (ko‘z orqali qabul qilish) vositasi bo‘lib xizmat etadi.
Polixromiya (ranglar ko‘pligi) shaklni geometrik ko‘rinishini bir zumda o‘zgartira olish xususiyati uni shakl hosil qilishga qaratilganligini bildiradi.
Modadagi ma’lum yo‘nalishlar, texnika va konstruksiyalash sohasidagi imkoniyatlar sanoat mahsulotlari dizayn rangiga albatta ta’sir o‘tkazadi.
Buni bir necha misollarda ko‘rib chiqamiz. Potolok (shift), pol va devorlarga rang tanlayotib, dizayner quyidagi qoidalarga amal qiladi.
• Qora ranglar xonani kichkina, shiftni esa past qilib ko‘rsatadi.
• Ochiq ranglar xonani optik kengaytiradi, ya’ni xona kengdek, shift esa balanddek tuyuladi.
• Sovuq zangor ranglar xonani keng ko‘rindigan qiladi. Devorlar va shift optik kengayadi.
• Iliq ranglar ichida qizil rangning aniq ko‘rinishi bizga yaqqol tuyuladi. Iliq sariq ranglar esa qizil ranglarga nisbatan tajovuzkor emas.
• Ko‘z qirimiz darajasidagi rangdor dekorativ bordyurlar (devor hoshiyasi) e’tiborni jalb etadi va devorlardan ko‘z uzolmay qolish mumkin.
Naqshlar ham intererlarning fazoviy nosozliklarini o‘zgartirishi mumkin. Gul qog‘ozlar, pardalar, pol ustiga to‘shaladigan parket, gilamlarning gullarini tanlayotib, dizayner quyidagi qonuniyatlarni nazarda tutish lozim:
• Yirik rasmli gulqog‘ozlar (oboylar) xonani optik toraytiradi.
• Gul qog‘ozlardagi mayda gullar xonani keng qilib ko‘rsatadi.
• Devordagi ko‘ndalang chiziqlar xonani kengaytiradi, lekin past qilib qo‘yadi.
• Tik (vertikal)chiziqlar devorni uzaytiradi, xona esa balanddek ko‘rinadi.
• Poldagi uzun chiziqlar xonani uzaytiradi, chiziqlar qanchalik keng bo‘lsa, shunchalik xonaning rangi oydinlashadi.
• Poldagi ko‘ndalang chiziqlar xonani optik kengaytiradi, lekin bo‘yiga pasaygandek ko‘rsatadi.
Intererlarga rang berishda faqat tabiatdan taqlid qilib olingan ranglar emas, balki intererning nimaga mo‘ljallanayotgani, xonalarning joylashuvi, ularning yorug‘likka yo‘naltirilganligi ham muhim rol o‘ynaydi. Dizaynda kompozitsiyani mahsulotlarning shakli, intererlar va boshqa fazoviy obyektlarni uyg‘unlashtirish jarayoni sifatida qarash mumkin, chunki ularda shakllarning barcha xususiyatlari aks etgan bo‘ladi va bir butunlikka keltiradi: o‘lchovi, proportsiyasi (mutanosibligi), ritmik tuzilishi, faktura, rang va boshqalar. Kompozitsiyaning asosan ikki turi mavjud: fazoli-hajmli va tekis kompozitsiya. Kompozitsiyani ifodalashning muhim vositalari – hajm, fazo, struktura va tektonika (qismlarning o‘zaro joylashish tartibi), masshtab (ko‘lam), mutanosiblik, ritm (marom) va metr, kontrast va nyuans, simmetriya ( mos tushish) va assimmetriya (nomutanosib), rang va boshqa shu kabilar hisoblanadi. Dizaynerlik kompozitsiyasida eng asosiy vazifani oltin kesim prinsipi bajaradi. Ko‘pchilik tekis va fazoli-hajmli kompozitsiyalar aynan shu prinsip asosida yuzaga keltiriladi. Bundan tashqari dizaynda kompozitsiya uchun bir butunlik, ochiqlik (ayonlik) yoki yopiqlik (yashirilganlik) o‘ta muhim. Nima uchun, chunki bu bilan kompozitsiyaning jozibadorligi yanada oshishi mumkin.
Kompozitsiyaning muhim kategoriyalaridan predmet shaklining uning ichki tuzilishi va tashqi ko‘rinishi bilan mos tushadigan holda estetik tushunilgan aloqadorlik hisoblanadi, buni dizaynda fazoli-hajmli tuzilish deb yuritiladi. Dizayner qismlarning va butunning hamohangligi, o‘zaro mutanosibligi, kompozitsiyaning bir butunligi to‘g‘risida bosh qotirishi kerak bo‘ladi. Moddiy shaklning kuchli ta’sir etish darajasini badiiy-anglangan ifodasi tektonika deb ataladi.
Shunisi qiziqarliki, bitta shaklning o‘zidan statik va dinamik, yuqoriga yoki eniga cho‘zilgan, yorqin ifodalangan ritm bilan yoki u siz bo‘lgan kompozitsiyalarni ham yaratish mumkin. Bir xil elementlarning o‘rin almashishi natijasida hosil bo‘ladigan shaklning tuzilishi metrik deb yuritiladi. Elementlarning bir me’yorda tezlik bilan yoki sekin-asta almashishi natijasida ritmik qator paydo bo‘ladi.
Dizayn obyektlarining kompozitsiyasi predmetni hosil qiladigan qismlarning, hamda uning qurshovidagi narsalarning o‘zaro uyg‘unligiga erishishdir, deb tushunilsa, unda tabiiy holatda ularning qaysi uslubga xosligi to‘g‘risida savol tug‘iladi. Bu borada madaniyat tarixida bo‘lib o‘tgan eng yorqin uslublarni eslash maqsadga muvofiq. Qadimgi Misrda, Qadimgi Yunoniston va Rimda arxitektura va narsalar muhiti o‘zaro uyg‘unlikda yaratilgan. Yuqorida tahkidlaganimizdek, Intererlar, ekster’erning, kiyim-kechak, mebel, gilam, idish va boshqa maishiy turmush jihozlarining shakli va bezaklariga qarab ularning qaysi uslubda yaratilganligini bilib olish mumkin. Gotika, renessans, barokko, klassitsizm modern, eklektika hay-tek, milliy uslublarva b.

Yüklə 76,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə