Dunyoqarash, uning tuzilishi va asosiy turlari



Yüklə 216,83 Kb.
səhifə6/8
tarix11.12.2023
ölçüsü216,83 Kb.
#146214
1   2   3   4   5   6   7   8
Dunyoqarash, uning tuzilishi va asosiy turlari

1.2.1-chizma. Falsafa


Qadimgi Yunon olimi Arastuga bir odam uning ortidan gʻiybat qilganini aytishganda, “u: – Hechqisi yoʻq. Ortimdan kaltaklashsa ham mayli, – deb javob bergan ekan. Faylasufdan tez keksayib borayotganining boisini soʻrashganda: – Bu olijanoblikdandir, – deb javob bergan. Undan yana falsafadan qanday naf olgani haqida soʻrashganda esa quyidagicha javob qaytargan: – Boshqalar qonun qarshisidagi qoʻrquv tufayli majburan bajaradigan ishlarni men oʻz ixtiyorim bilan ado etishni oʻrgandim. Inson falsafa bilan shugʻullanishi kerakmi? Bu savolga shugʻullanishi kerak va yoki kerak emas, deb javob qaytarishi mumkin. Agar inson falsafa bilan shugʻullanishi lozim deyilsa, hammasi tushunarli. Hech qanday savol tugʻilmasligi tabiiy. Bordi-yu, odamlar falsafa bilan mashgʻul boʻlmasliklari darkor, – deb javob qaytarilgudek boʻlsa, buni isbotlash uchun ham (ya’ni mashgʻul boʻlmasligi darkorligini) falsafiy fikrlashga toʻgʻri keladi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, inson har qanday vaziyatda falsafa bilan shugʻullanmogʻi kerak”3. Arastuning shiori: faylasuf imkon qadar oʻtkinchi narsalardan uzoqroq turishi va oʻzining “Vatani” – chin haqiqatlar saltanati tomon intilmogʻi lozim. Falsafa kishiga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishining umumiy qonuniyatlari haqida ma’lumot beradi. U





3 100 mumtoz faylasuf. Haqiqat manzaralari. –T.: Yangi asr avlodi. 2019
dunyoni va uning taraqqiyot qonunlarini bilish mumkinligini, bilish esa murakkab ziddiyatli jarayondan iboratligini ta’kidlaydi.
Falsafa tabiat va insoniyat jamiyati taraqqiyotining sabablari va mohiyatini, oʻziga xos xususiyatlari va konuniyatlarining xarakteri va harakatlantiruvchi kuchlarini ilmiy asosda tushuntirib beradi. Olam doimo harakatda, oʻsish, oʻzgarish va rivojlanishda.

Falsafa fanining asosiy vazifalari:


– tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid falsafiy bilimlar, qonunlar va kategoriyalar mazmun-mohiyatini bilish, ularga nisbatan shaxsiy munosabatni shakllantirish orqali insonning hayotdagi oʻrni va ahamiyatini ochib berish;

  • falsafa rivojlanishining asosiy bosqichlari va yoʻnalishlari, dinning kelib chiqishi va uning funksiyalari, tabiat va jamiyat borligʻi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish zamonaviy mexanizmlari toʻgʻrisida tasavvurlarini shakllantirish;

  • jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga falsafiy tafakkur va shaxsiy-tahliliy tanqid nuqtayi nazaridan yondashish, oʻz-oʻzini ma’naviy-axloqiy, estetik tarbiyalash tuygʻularini hosil qilish;

  • xalqimiz ma’naviy merosini asrash va yanada yuksaltirish, yoshlarning falsafiy tafakkurini shakllantirish, ular ongini turli zararli gʻoyalardan saqlash, ularni zamonaviy falsafiy bilimlar bilan qurollantirish;

  • yoshlarda jamiyatning keng koʻlamli yangilanish jarayonida faol ishtirok etish hissini tarbiyalash.

















Yüklə 216,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə