Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari


Mavzu:Qadimgi sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo`lishi



Yüklə 252,3 Kb.
səhifə2/29
tarix30.12.2023
ölçüsü252,3 Kb.
#164164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
30 talik mavzular

Mavzu:Qadimgi sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo`lishi
Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi. «Qadimgi Sharq» tushunchasi eramizdan avvalgi VI-IV ming yilliklarda Misrdan Xitoygacha bulgan ulkan hududdagi sivilizatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Sharq madaniyati dunyo xalqlari taraqqiyotida katta rol o‘ynadi hamda Sharqning o‘ziga xos madaniy taraqqiyoti ushbu hududni jahon sivilizatsiyasining beshigi deb atalishiga asos soldi. O‘zbek xalqining milliy, falsafiy, ilmiy merosi Sharq sivilizatsiyasi ildizlari bilan chambarchas bog‘liq ekanligi Sharq tafakkur tarixining ilk kurtagi bo‘lgan asotiriy qarashlarni atroflicha o‘rganishga asos yaratadi. “Qadimgi madaniyat makoni bo‘lgan Markaziy Osiyoning qulay geografik joylashishi, tabiati, iqlimi mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning avvalroq boshlanishini ta’minladi va Sharq bilan G‘arb, Mesopatamiya, Eron, Misr keyincha Yunoniston va Rimni Xitoy va Hindiston bilan bog‘lovchi, turli xalqlar madaniyatining chatishuvini ta’minlovchi halqa vazifasini o‘tadi”1,- deydi antik va qadimgi dunyo adabiyoti hamda falsafasi haqida monografiya yozgan olima F.Sulaymonova.Asotiriy yoki mifologik tasavvurlar falsafaning tub ildizlari, ma’naviy manbalaridan biridir. Inson tafakkurining ilk tarixiy bosqichlarida Sharq mifologiyasi dastlabki dunyoqarash shaklining mahsuli sifatida vujudga keldi. Unda insonning uni o‘rab turgan olamga munosabati ifoda etilib, atrof-muhitning sir-asrorlarini bilishga intilish, tabiat qonuniyatlarini anglashda badiiy, obrazli tasavvurlar tizimining naturalistik xarakteri namoyon bo‘ladi. Misol uchun, insoniyat tamaddunining beshigi sanalmish Hindistonda ilk asotiriy tasavvurlar Vedalarda mavjud bo‘lgan. Veda bilim, ta’limot degan ma’noni bildirib, to‘rt qismdan – Rigveda, Yajurveda, Samoveda, Axtarvavedadan iboratdir. Uning eng qadimgi qismi «Rigveda» eramizdan oldingi II ming yillikka taalluqli bo‘lib o‘zida asotiriy qarashlarni ifodalagan, tabiat va ilohiyot haqidagi madhiyalar ko‘rinishidagi qadimgi hind adabiy yodgorligidir. U koinot madhi deb atalgan she’rlar to‘plamidan iborat bo‘lib, ushbu madhda bu dunyo nimadan paydo bo‘lgan, u qanday va kim tomondan yaratilgan, degan savollarga javob izlangan.

Yüklə 252,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə