Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari


Falsafa va tabbiy ilmiy fanlarda borliqning mohiyatiga oid konsepsiyalar



Yüklə 252,3 Kb.
səhifə6/29
tarix30.12.2023
ölçüsü252,3 Kb.
#164164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
30 talik mavzular

Falsafa va tabbiy ilmiy fanlarda borliqning mohiyatiga oid konsepsiyalar


Borliq,mavjudlikva reallik Borliq voqelikning eng umumiy, ichki va tashqi, mohiyati va mazmuniga aloqador barcha jihatlarini aks ettirsamavjudlik esa voqelikning tashqi, ko‘zga tashlanadigan, shakliga aloqador va tajriba vositasida bilib olinadigan tomonini ifodalaydi. Borliq esa voqelikning chuqur mohiyatini ham qamrab olib, aql vositasidagina bilib olinadi, deyiladi. Mavjudlik so‘zi lotinchada ex(s)istentia deb atalib, bu so‘z lotincha - ex(s)isto dan olingan bo‘lib - mavjudman degan ma’noni anglatadi. Ekzistensializm – mavjudlik falsafasi shu so‘zdan olingan. Reallik esa borliqning muayyan ob’ektda mavjud bo‘lgan mujassamlashgan qismini ifodalaydi. Reallik borliqning ayni paytdagi mavjud qismidir.Borliqning shakllarioddiy va g‘oyaviy borliq. Atrofimizni o‘rab turgan dunyo ikki xil reallikdan tashkil topgandir. Ob’ektiv reallik va sub’ektiv reallik. Ongimizdan tashqarida va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan reallik ob’ektiv reallik deyiladi. Bu tushunchani materialistlar materiya tushunchasi bilan aynan bir ma’noda ishlatishadi. Reallikning inson ongi bilan bog‘liq bo‘lgan va ongning mahsuli hisoblangan qismi sub’ektiv reallik deyiladi. Ob’ektiv reallik moddiy borliq tushunchasiga mos kelsa, sub’ektiv reallik esa borliqning g‘oyaviy shakliga muvofiq keladi. Materializm vakillari borliqning g‘oyaviy shakli moddiy shaklining maxsuli, deb hisoblashadi. Idealizm vakillari esa moddiylik g‘oyaviylikning ijodi yoki g‘oyaviylikning namoyon bo‘lish shaklidir.
Aktual va potensial borliq. Aktual borliq borliqning ayni paytda va shu joydagi voqelikda namoyon bo‘lib turgan va shu voqelik bilan aloqadorlikdagi qismi. Bu ob’ektiv reallik tushunchasiga mos keladi, chunki ob’ektiv reallik borliqning shu joyda berilgan va shu onda amal qilayotgan qismidir. Dunyoning hamma tomoni birdan berilgan emas. Biz borliqning hozirgi zamonga tegishli qismi bilangina aloqadamiz. Bu qismi o‘tmishga aylanib, uning o‘rnini kelajakdagi qismi egallaydi. Hozirgi zamonda kelgusi voqelikning kurtaklari mujassamlashgan bo‘ladi. Aktual borliqning hali voqelikka aylanmagan va kelgusida voqelikka aylanadigan murtak holidagi qismi potensial borliq deyiladi. Potensial borliq hali voqelikka aylanishga ulgurmagan, salohiyotdagi aktual borliqdir.Real va virtual borliq. Borliqning biz uchun mavjud qismi real borliq deyiladi. Real borliqni naqd borliq ham deyish mumkin. Ammo borliqning shunday qismi ham borki, uning bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Borliqning bunday qismi ehtimoliy mazmunga ega. U hali reallikdan uzoqda. Mana shunday mazmundagi borliq virtual (lot. virtuales - ehtimol) borliq deyiladi.Tabiiy va ijtimoiy borliq. Tabiiy borliq deganda odatda atrofimizdagi jismoniy narsalar (jismlar), jarayonlar, tabiatning holatlari nazarda tutiladi. Tabiiy borliq ikki qismga ajraladi: birinchisi - azaliy tabiiy borliq, ya’ni tabiatning tabiiy borlig‘i. U insondan ilgari insonning ishtirokisiz mavjud bo‘lgan. Buni birlamchi tabiat deb ham atashadi; ikkinchisi - inson ishtiroki bilan vujudga kelgan narsalar (jismlar), hodisa va jarayonlarni o‘z ichiga oluvchi xosilaviy tabiiy borliq. Uni ikkilamchi tabiat deb ham atash mumkin.Ikkilamchi tabiat doirasida borliqning quyidagi ko‘rinishlarini kuzatish mumkin:- inson borlig‘i - insonning narsalar dunyosidagi borlig‘i va maxsus insoniy borliqdan iborat.



Yüklə 252,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə