E-qaror gov uz



Yüklə 9,8 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix11.12.2023
ölçüsü9,8 Kb.
#148412
куз қиш мавсуми (1)



e-qaror.gov.uz
09.11.2023
1
2023 - yil 9 - noyabr
271-7-0-F/23
Samarqand viloyati hokimligi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-sentabrdagi 581-son
farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi
boshqarmasining 2023-yil 6-noyabrdagi (01-1906/23-son), “Hududgaz Samarqand” gaz
ta’minoti filialining 2023-yil 9-noyabrdagi (35-01-13-34-son) murojaatlarini va viloyat
hokimining o‘rinbosari A.Shukurovning bildirgisini inobatga olib:
1. Viloyat hududida ijtimoiy soha obyektlari hamda turar-joy binolarini isitish mavsumi
2023-yilning 10-noyabr kunidan boshlanishi belgilansin.
2. “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali (A.Muhammadiyev), “Hududiy elektr
tarmoqlari” AJ viloyat filiali (U.Nazarov), viloyat “Issiqlik manbai” DUK (N.Gazibekov),
“Samarqand suv ta’minoti” MChJ (K.Yusupov), shahar va tumanlar hokimliklariga:
shahar va tumanlar hokimliklari, viloyat ijtimoiy soha tashkilotlari va kommunal soha
korxonalarida 2023-yilning 10-noyabrdan boshlab kecha-yu kunduz ishlovchi shtablarni tashkil
qilish;
ijtimoiy soha obyektlariga va aholi yashash uy-joylariga, “Issiqlik manbai” davlat unitar
korxonasi tizimidagi isitish qozonxonalariga uzluksiz hamda bir me’yorda tabiiy gaz, elektr
energiyasi quvvati yetkazib berilishini ta’minlash;
tabiiy gaz yetib bormaydigan aholi punktlarini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash kabi
vazifalar yuklatilsin.
3. “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali (A.Muhammadiyev), “Hududiy elektr
tarmoqlari” AJ viloyat filiali (U.Nazarov), “Samarqand suv ta’minoti” MChJ (K.Yusupov)
shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda tezkor avariya tiklash xizmatlarini tashkil qilsin
hamda ularni maxsus texnika va jihozlar bilan ta’minlasin.
4. “Ko‘mir ta’minoti” MChJ viloyat filiali (X.Umarov) shahar va tumanlar hokimliklari
bilan birgalikda kuz-qish mavsumi viloyat aholisiga ajratilgan ko‘mir mahsulotlarini to‘liq
yetkazib berilishini ta’minlasin.


e-qaror.gov.uz
09.11.2023
2
5. Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi (B.Negmatov),
“O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi (B.Sidiqov) va Tog‘-kon, geologiya va sanoat
xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi shimoliy-g‘arbiy mintaqaviy boshqarmasi (A.Norqulov):
kuz-qish mavsumida iste’molchilarga sifatli tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib
berilishini nazorat qilsin;
noqonuniy foydalanuvchilarni aniqlash va ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rsin;
elektr va gaz jihozlaridan foydalanish xavfsizligini nazorat qilsin.
6. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurov
zimmasiga yuklatilsin.
Viloyat hokimi
E.Turdimov

Yüklə 9,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə