Educational materials



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   231
Educational materials

maqsadi va vazifalari. 
Loyihani amalga oshirishni boshlashdan to uni tugatish oralig’idagi davr 
investitsiya jarayoni deb ataladi. Investitsiya jarayonini 4 ta bosqichga (fazaga) 
bo’lish mumkin va ularning har birining o’z maqsad va vazifalari bor: 
1. Investitsiya oldi bosqichi. Investitsiya loyihasi bo’yicha dastlabki 
izlanishlardan, to uni amalga oshirish bo’yicha qaror qabul qilunguncha bo’lgan 
davr. 
2. Investitsiyalash fazasi. Loyihalashtirish pudrat asosida qurilish-montaj 
ishlarini olib borish uchun shartnomalar imzolash va qurilish montaj ishllarini olib 
borish. 
3. Ishlab chiqarish fazasi. Korxona xo’jalik faoliyatining yuritilishi. 
4. Likvidatsiya fazasi. Korxonaning tugatilishi. 
Investitsiya oldi va investitsiyalash bosqichi investitsion loyihalashtirishga, 
ishlab chiqarish bosqichi esa maxsus tashkiliy tartib qoidalariga (ishlab chiqarish 
va mehnatni tashkil etish, rejalashtirish, moliyalashtirish, tahlil, menedjment va 
boshqalar) taalluqlidir. 
Sanoatga taalluqli bo’lgan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga 
oshirish yuqorida ta’kidlab o’tilgan uchta bosqichdan iborat jarayon tariqasida 
taqdim etilishi mumkin. Ularning har biri maslahat berish, loyihalashtirish, ishlab 
chiqarish kabi faoliyatlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. 
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda loyiha tsiklining bosqichlari muhim 
axamiyatga ega. «Loyiha tsikli» tushunchasiga loyihani ishlab chiqish va uni 
amalga oshirishning turli bosqichlari kiradi. Loyiha tsiklining boshlang’ich va 
tugallanish davrlari, g’oyadan to uning moddiy qiymatga ega bo’lganga qadar 
davrlarni o’z ichiga oladi. Har qanday investitsiya loyihasini g’oyalarining paydo 
bo’lishidan, to uni amalga oshirish uch xil fazani o’z ichiga oladi va bu 3 ta faza 
investitsion loyiha hayotiyligi tsiklini tashkil etadi (project lifetime).Ko‘chmаs 
mulkkа tаbiiy hаyotiyliik sikli tushunchаsi biоlоgik fаnlаrdаn kirib kеlgаn vа tirik 
оrgаnizmlаr to‘g‘risidаgi bilimlаrdаn kеlib chiqаdi. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə