Educational materials


 Biznes reja tuzishda injiniring va konsalting xizmatlarining o’rni



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   231
Educational materials

 
18.2. Biznes reja tuzishda injiniring va konsalting xizmatlarining o’rni 
va ahamiyati. 
 
Konsalting – maxsus kompaniyalarning iqtisodiy, moliya, tashqi iqtisodiy 
faoliyat, firmalarni tashqil qilish va ro’yxatdan o’tkazish, tovarlar va xizmatlar 
bozorlarini, innovatsiyalarni tadqiq etish va prognozlashga oid masalalarda 
maslahatlar, tavsiyalar berishdan iborat faoliyati. Konsalting kompaniyalari bozor 
(tovarlar, xizmatlar, litsenziyalar, nou-xau va b.)ni o’rganish, prognozlar berish, 
jahon tovar bozorlaridagi narxnavolarni, xalqaro hamkorlik ob’ektlarini texnik-
iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish va qo’shma korxonalar tashqil etish va b. 
bo’yicha o’z xizmatini taklif etadi. Konsalting firmalari maslahat xizmatining 


ayrim sohalari bo’yicha ixtisoslashishi mumkin. Yangi tashqilotni tashqil qilishda 
ta’sis hujjatlari majmuini tayyorlash ham Konsaltingga kiradi. 
Konsalting keng tushuncha xisoblanib, bu soxa vakillariga davlat va xududiy 
tarkiblarni, sanoat, moliya, investitsiya, savdo va boshqa xildagi kompaniya va 
firmalarning menedjerlariga iqtisodiy, moliyaviy, xuquqiy masalalar bo’yicha 
konsalting hizmatlari ko’rsatish, makro va mikroiqtisodiyotni turli darajada 
boshqarish bo’yicha hizmat ko’rsatish sub’ektlari faoliyatini olish mumkin. 
Konsalting firmalari xal qiladigan masalalar doirasi juda keng xisoblanib, 
konsalting hizmatlarini taklif etuvchi kompaniyalarning ixtisosligi yuo’yicha 
turlarga bo’lingan: bularga faqat bir yo’nalishdagi konsalting hizmatini ko’rsatish 
bilan chegaralangan kompaniyalarni (misol uchun - audit), xamda konsalting 
hizmatlarining barcha yo’nalishlarini qamrab oluvchi kompaniyalarni kiritish 
mumkin. Shunga ko’ra, ushbu sektorda faoliyat yurituvchi xar bir mutaxassis va 
xar bir korxona o’z ixtisosligi yo’nalishlariga asoslangan xolda konsalting 
tushunchasiga alohida ma’no va xususiyat olib kiradi. 
Konsalting – bu intellektual faoliyat turi bo’lib, uning asosiy vazifalariga 
buyurtmachining taqdim etgan masalani taxlil qilish, hamda ilmiy, texnik va 
tashkiliy-iqtisodiy innovatsiyalardan foydalangan xolda muammo echimi va uning 
istiqboldagi taraqqiyotinig asoslash demakdir. 
O’z o’rnida konsalting boshqaruv, iqtisodiy, moliyaviy, korxonalarning 
investitsion faoliyatini, strategik rejalashtirish, kompaniyalarning umumiy 
faoliyatini optimizatsiyalash, biznes yuritish, bozor talablarini o’rganish va 
prognoz qilish, narx-navoning o’zgarishini o’rganish va boshqa masalalarni xal 
qiladi. Boshqacha qilib aytganda, konsalting – bu u yoki bu masalani xal qilishda 
tashqi konsultantlar tomonidan ko’rsatiladigan yordamning barcha ko’rinishidir. 
Konsaltingning asosiy maqsadi bu boshqaruv sifatini oshirish, kompaniya faoliyati 
samaradorligini ko’tarish va har bir ishchining shaxsiy mexnat unumdorligi 
oshirishdir. 
Shundan kelib chiqqan xolda, konsalting hizmatlari – bu intellektual kapital 
bo’lib, uning qiymati asosiy vositalar, texnologiya, ishlab chiqarishni 
avtomatizatsiyalash va boshqalarga kilinadigan xarajatlardan kam bo’lmaydi. 
Konsaltingning asosiy mazmuni deb professional mutaxassislarning korxona va 
firmalarni boshqarishda yordami, moliyaviy- iqtisodiy taxlili, strategiyani 
shakllantirilishi, korxonani “sog’lomlashtirish” dasturlarini tuzish va uni bankrotlik 
xolatidan chiqarish, kompaniyalarning assortiment, moliyaviy, investitsion, texnik 
va texnologik siyosatini ishlab chiqishni aytish mumkin. 
Konsalting kompaniyasi tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar quyidagi 
asosiy shakllarda bo’lishi mumkin: 
1. Tahliliy faoliyat (mijoz korxonaning ichki xo’jalik va moliyaviy 
faoliyatini taxlil qilish va baholash, investitsion loyihalar taxlili, raqobatdosh 
korxonalar faoliyatini, maxsulot sotish bozorlarini, narxlar o’zgarishini o’rganish 
va h.k.); 
2. Prognoz qilish (qilingan taxlillar va konsultant tomonidan qo’llaniladigan 
usullar asosida yuqorida qayd etilgan yo’nalishlar bo’yicha prognoz hisob-kitoblar 
tuzish); 


3. Mijoz-korxona faoliyatiga taalluqli, hamda bozor masalalari bo’yicha 
keng qulamdagi maslahatlar (konsultatsiyalar) berish; 
4. Mijoz-korxona faoliyati tekshiruvini amalga oshirish; 
5. Mijoz-korxona faoliyatida ishtirok etish (strategik rejalashtirish, 
korxonanning turli yo’nalishdagi faoliyatini boshqarishni tashkil qilishdagi 
muammolar tizimini echish, informatsion tizimlarni ishlab chiqish va tadbiq qilish 
va h.k.) 
Konsalting hizmatlarining umumlashtirilgan universal klassifikatsiyasi 
bo’yicha quyidagi turlarga bo’lingan: 
1. Soliq va xuquq yo’nalishida konsalting hizmatlar. 
2. Audit, buxgalteriya hisobi va reviziya yo’nalishida konsalting hizmatlar. 
3. Boshqaruv yo’nalishida konsalting hizmatlar. 
Konsultatsiya jarayonida mavjud bo’ladigan natija, ya’ni maxsulotining 
asosiy ta’rifi to’rt yunalishda aniqlanadi: 
1) Funktsional yoki predmetli aralashuv doirasi. Ilgaridan qo’llanib 
kelayotgan va hozirgi paytda keng foydanlanilayotgan ushbu variant 
konsultantlarning mijozga yordam bera olishi mumkin bo’lgan funktsional va 
texnik doiradagi hizmatlarini belgilaydi. 
2) Biznes boshqaruvi va uning muammolari. Bu yo’nalish mijozda 
tug’iladigan biznes boshqaruvi va uning odatdagi muammolari doirasidagi 
hizmatlarni belgilaydi. Bu erda muammolar echimini topishda yordam berish 
imkoniyatiga va maxsus malakaga ega bo’lish asosiy masala hisoblanadi. Masalan, 
ma’lumotlar oqimini ratsionallashtirish, qo’shma korxona tuzish imkoniyati paydo 
bo’lishi va uni tashkil qilish bo’yicha muzokaralar o’tkazish, texnik yutuqlar 
buyicha xamkorlik xaqida bitim tuzish va h.k borasida. Konsultant tomonidan 
taxlil asosida mijozga ijobiy xulosa berishi ko’zda tutiladi. 
3) Maxsus usullar va sistemalar. Bunda konsultant boshqa manbaalardan 
olish imkoniyati mavjud bo’lmagan, shuning uchun o’zi ishlab chiqqan usullar, 
boshqaruv modellari va sistemalar orqali masalani echishga yondashuvlarini 
mijozlarga taklif etadi. Albatta konsultant faqatgina standart sistemani tadbiq 
etibgina qolmay, odatda topshiriq muammoni tashhis qilish va aniqlash maqsadida 
dastlabki tadqiqotlarni amalga oshirish, bazaviy standart tizimlarni mijoz sharoitiga 
moslashtirish va uni tadbiq etishda, hamda xodimlarni tegishli darajada o’qitishda 
mijozga yordam berishni o’z ichiga oladi. Konsultant – mijoz munosabatlarining 
uzoq muddatli bo’lishi uchun, konsultant tomonidan ko’rsatiladigan hizmatlar 
tizimi kelgusida hizmat ko’rsatish va uni takomillashtirish ishlarini ham o’z ichiga 
olishi mumkin. 
4) Maslahat berish usullarini qo’llash. Bu xolda konsultant o’z maxsulotini 
sifatliroq yaratishga harakat qiladi. Buning uchun u mijozni o’zining maslahat 
berish usullari va mijoz korxonalari muammolarini identifikatsiyalash, hamda 
ularga o’zgarishlarni rejalashtirish va tadbiq etishda yordam berish yo’llarining 
mazmuni bilan tanishtiradi. 
Shuningdek, maslahat berishdan farqliroq boshqaruv xodimlarining 
malakasini oshirish, texnik tayyorlash, tadqiqotlar o’tkazish, loyihalash kabi 


hizmatlar ko’rib chiqiladi. O’z o’rnida yuqorida qayd etilgan yunalishlar bunday 
hizmatlar bilan takomillashtiriladi va mijoz tomonidan olqishlanadi. 
Injiniring (ing. Injineering – ixtirochilik,) muhandislik maslahat xizmatlari – 
tijoratchilik qoidalariga asoslangan holda ishlab chiqarishni tashkil etishni 
ta’minlash, mahsulot sotishni uyushtirish va b. yuzasidan maslahat berish. Bu ish 
bilan maxsus ixtisoslashgan Injiniring firmalari, bevosita yirik sanoat va qurilish 
firmalari shug’ullanadi, ular bir vaqtning o’zida bir necha mijozlarga xizmat qiladi. 
Eksport injiniring firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko’rsatadi, murakkab va 
katta loyihalarni amalga oshiradi. Injiniring firmalari bozorning muhim 
ishtirokchisi hisoblanadi. Xalqaro injiniring xizmati ishning texnik-tashkiliy va 
tijorat tomonlari ko’rsatilgan kontrakt shaklida rasmiylashtiriladi. Injiniring 
mohiyati bilan muayyan pulli xizmatlarga buyurtmaning bir ko’rinishidir. 
Injiniring xizmatlari ikki guruhga bo’linadi: ishlab chiqarish jarayonini tayyorlash 
bilan bog’liq xizmatlar, ishlab chiqarish va mahsulotni sotish jarayonini me’yorda 
bo’lishini ta’minlash bo’yicha xizmatlar. Xizmatlarning birinchi guruhiga loyihaga 
qadar, loyiha, loyihadan keyingi va maxsus xizmatlar; ikkinchi guruhga korxonani 
yuritish, boshqarish jarayonlarini optimallashtirish va uning mahsulotlarini sotish 
bilan bog’liq ishlar kiradi. 
O’zbekistonda davlat injiniring kompaniyalarining asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
-
loyihaoldi hujjatlarini, shu jumladan DTIA/DTIH va TIA/TIHlarni ishlab 
chiqish, xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihaoldi 
hujjatlarini O’zbekiston Respublikasining texnik tartibga solish va standartlar 
sohasidagi normativ hujjatlariga moslashtirish; 
-
loyihalarni texnik kuzatish, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlari loyihalarining 
tender savdolari (loyihalashtirishga taalluqli qismida) tashabbuskorlari bilan 
birgalikda ularni o’tkazish va kuzatish; 
-
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini tarkibiy o’zgartirish, geologiya, 
yoqilg’i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati 
ob’ektlarini modernizatsiyalash va texnik rekonstruktsiya qilishning tarmoq 
idoralari tomonidan ishlab chiqilgan kontseptsiyalarini ko’rib chiqish va kelishish; 
-
iqtisodiyotning 
bazaviy 
tarmoqlari 
korxonalarini 
qurish 
va 
modernizatsiya qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat 
dasturiga kiritish uchun taqdim etilgan investitsiya loyihalarini ko’rib chiqishda 
ishtirok etish; 
-
xorijiy loyiha va injiniring tashkilotlarini jalb etgan holda, ilg’or xorijiy 
tajribaga asoslangan loyiha ishlarini tashkil etishning progressiv usullarini 
loyihalash jarayonlariga tatbiq etish; 
-
investitsiya loyihalarining loyiha (ishchi) hujjatlarini mustaqil ishlab 
chiqish, shuningdek, 
-
xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha (ishchi) 
hujjatlarini 
moslashtirish 
kabi 
yo’nalishlarni rivojlantirish, keyinchalik 
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari loyihalari bo’yicha loyiha hujjatlarini ishlab 
chiqishda o’z zimmasiga bosh pudratchi funktsiyalarini qabul qilish; 


-
to’g’ridan to’g’ri fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida investitsiya 
loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun yordamchi 
pudratchilar sifatida mahalliy va xorijiy ixtisoslashtirilgan loyiha institutlarini, 
shuningdek etakchi mutaxassislarni jalb etish; 
-
ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va unumdorligiga nisbatan 
zamonaviy talablarga, energiya va resurslarni tejash hamda ekologik standartlarga 
javob beradigan ilg’or texnologiyalar va uskunalarning jahon bozorini chuqur tahlil 
qilish, bunda istiqbolsiz, ma’nan va jismonan eskirgan uskuna va texnologiyalarni 
respublikaga olib kirish, istisno etiladi; 
-
loyihalashtirishda yuqori texnologiyali, energiya samarali ilg’or 
uskunalar va texnologiyalarni tanlab olish; 
-
loyiha, loyihaoldi ishchi hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash qismida 
iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining ilmiy-texnik va ekspert kengashlari bilan 
mustahkam hamkorlik qilish; 
-
chet 
ellarda 
ishlab 
chiqarilayotgan 
zamonaviy 
uskunalar 
va 
texnologiyalar, ularning texnik va ishlab 
chiqarish-iqtisodiy 
tasniflari, 
samaradorligi va amalda sinalganlik darajasi to’g’risida, shuningdek, yuqori 
texnologiyali ishlab chiqaruvchi va etkazib beruvchi, faoliyat sohasi bo’yicha 
texnologiyalarni ishlab chiquvchi va litsenziya beruvchi chet ellardagi asosiy 
sheriklar to’g’risida axborot-tahliliy ma’lumotlar bazasini shakllantirish va doimo 
yangilab borish; 
-
sanoat korxonalarini qurish, rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish 
bo’yicha xorijiy investorlar va kompaniyalardan kelib tushayotgan takliflar 
to’g’risidagi axborotni yig’ish va umumlashtirish hamda mahalliy xom ashyoni 
qayta ishlash orqali jahon va ichki bozorlarda talab etiladigan raqobatdosh tayyor 
mahsulot va sanoat yarimfabrikatlari ishlab chiqarishga yo’naltirilgan yangi 
investitsiya loyihalarini amalga oshirish takliflarini ishlab chiqishda qatnashish; 
-
asosiy texnologik uskunalarning cheklangan narx parametrlari bo’yicha, 
shuningdek, taklif etilayotgan texnologiyaga muvofiq «tayyor holda topshirish» 
loyihalarining qiymati bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish; 
-
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xo’jalik boshqaruvi organlari, 
vazirliklar va idoralarning buyurtmasiga binoan investitsiya loyihalarining 
mustaqil texnik–iqtisodiy ekspertizasini o’tkazish; 
-
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyihalashni rivojlantirishning 
asosiy yo’nalishlarini belgilash, shuningdek, yuqori malakali muhandis-
loyihachilarni tayyorlash masalalari bo’yicha ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim 
muassasalari, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining korxonalari va loyiha institutlari 
o’rtasida o’zaro hamkorlikni amalga oshirish. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi 
«Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish 
chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2831-sonli qaroriga muvofiq, O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O’zInjirining» Respublika loyiha 
instituti tashkil etilgan bo’lib, ushbu institut faoliyatini samarali tashkil etish 
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining“O’zbekiston Respublikasi 


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O’zinjiniring» Respublika loyiha instituti 
faoliyatini tashkil etish to’g’risida” gi Farmoyishi va shu nomdagi Nizom qabul 
qilindi. 
Mazkur normativ xujjatlarga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi «O’zInjiniring» Respublika loyiha institutining 
funktsiyalari quyidagilardan iboratdir: 
-
bosh pudratchi sifatida – iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi 
investitsiya loyihalari bo’yicha loyihaoldi hujjatlarini, shu jumladan DTIA/DTIH 
va TIA/TIHlarni ishlab chiqish va moslashtirishni amalga oshiradi; 
-
Institutning normativ hujjatlariga muvofiq Ilmiy-texnik kengash ishini 
tashkillashtiradi; 
-
loyihaoldi hujjatlari tayyorlanishi, shuningdek, tarmoq idoralari, shu 
jumladan geologiya, yoqilg’i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va 
metallurgiya sanoati — loyihalarning tashabbuskorlaridan olinadigan axborot 
asosida Hukumatning tegishli qarorlari bilan tasdiqlanadigan iqtisodiyot bazaviy 
tarmoqlaridagi loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qiladi; 
-
sanoat korxonalarini qurish, rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish 
bo’yicha xorijiy investorlar va kompaniyalardan kelib tushayotgan takliflarga oid 
axborotni (shu jumladan iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi loyihalarning 
tashabbuskorlari – tarmoq idoralarining axboroti asosida) yig’adi va 
umumlashtiradi; 
-
mahalliy xom ashyoni qayta ishlash orqali jahon va ichki bozorlarda talab 
etiladigan raqobatdosh tayyor mahsulot va sanoat yarimfabrikatlari ishlab 
chiqarishga yo’naltirilgan yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish 
takliflarini ishlab chiqishda qatnashadi; 
-
Oldingi tahrirga qarang. 
-
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini tarkibiy o’zgartirish, geologiya, 
yoqilg’i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati 
ob’ektlarini modernizatsiyalash va texnik rekonstruktsiya qilishning tarmoq 
idoralari tomonidan ishlab chiqilgan kontseptsiyalarini ko’rib chiqish va 
kelishishda, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini qurish va 
modernizatsiya qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat 
dasturiga kiritish uchun taqdim etilgan investitsiya loyihalarini ko’rib chiqishda 
ishtirok etadi; 
-
O’zbekiston Respublikasida ham chet ellarda ham o’z mutaxassislari va 
muhandislarini o’qitish va malakasini oshirishni tashkillashtiradi, buning uchun 
mahalliy va xorijiy loyiha va injiniring kompaniyalarining etakchi mutaxassislarini 
jalb etadi; 
-
investitsiya loyihalarining loyiha (ishchi) hujjatlarini mustaqil ishlab 
chiqish, shuningdek, xorijiy loyiha tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan loyiha 
(ishchi) hujjatlarini moslashtirish kabi yo’nalishlarni rivojlantirishga qaratilgan 
ilg’or xorijiy tajriba asosidagi loyihalashtirishning progressiv metodologiyasini 
loyiha faoliyatiga joriy etadi; 


-
obuna bo’lingan muntazam xorijiy va mahalliy nashrlar va kataloglar 
asosida axborot yig’adi va energiya tejaydigan zamonaviy uskunalar, 
texnologiyalarni ishlab chiqaruvchilar va litsenziya beruvchilar to’g’risida 
ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, ilg’or texnologiyalar bozorini tahlil qiladi, 
keyinchalik 
ularni 
iqtisodiyot 
bazaviy 
tarmoqlarining 
ob’ektlarini 
loyihalashtirishda qo’llaydi; 
-
vazirliklar, idoralar, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining xo’jalik 
boshqaruvi organlari buyurtmasiga ko’ra investitsiya loyihalarining mustaqil 
texnik-iqtisodiy ekspertizasini amalga oshiradi, shuningdek, taklif etilayotgan 
texnologiyalarga muvofiq asosiy texnologik uskunalar narxi hamda tayyor holda 
topshiriladigan loyihalar qiymatining cheklangan parametrlari bo’yicha tavsiyalar 
beradi; 
-
qonunchilikka muvofiq boshqa funktsiyalarni ham amalga oshiradi. 
Injiniring kompaniyasini moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat: 
-
loyihalar buyurtmachilarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab 
chiqishga, loyiha-izlanish ishlarini amalga oshirishga, loyihalar amalga 
oshirilishini texnik qo’llab-quvvatlashga shartnoma asosida ajratiladigan 
mablag’lari; 
-
xalqaro va xorijiy moliya institutlari, hukumat va nohukumat 
tashkilotlarning grantlari va texnik ko’maklashish mablag’lari; 
-
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, O’zbekiston 
Respublikasi norezidentlarining xayriya ehsonlari; 
-
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə