10-mavzu: Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholash (2 soat) Reja: Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholashning mazmuni va mohiyati



Yüklə 43,89 Kb.
səhifə1/11
tarix19.12.2023
ölçüsü43,89 Kb.
#152315
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-Mavzu (1)


10-mavzu: Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholash (2 soat)
Reja:
1. Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholashning mazmuni va mohiyati.
2.Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning oddiy (anʼanaviy) usullari.
3.Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning zamonaviy usullari.
Tayanch iboralar: investitsyalarning samaradorligi, moliyaviy baholash, iqtisodiy baholash, diskontlash, sof joriy qiymat, kapital byudjet, investitsiya loyihalari samaradorligi, iqtisodiy samara, iqtisodiy samaradorlik, xo‘jalik yurituvchi subyekt, bojxona siyosati, loyiha davri.


1 – savol bayoni:Investor uchun investitsion qarorlar qabul qilish juda qiyin vazifa hisoblanib, bunda asosiy mezon investorning boyligini ko‘paytirish, korxonaning qiymatlarini oshirish mezonlariga qaratiladi.
Investitsiyaloyihalarining samaradorligini baholash ikki mezon asosida, ya’ni moliyaviy va iqtisodiy baholash orqali amalga oshiriladi1. Investitsiya loyihasi samaradorligini baholashning bu ikkala mezoni ham bir-birini to‘ldirib turadi.
1. Moliyaviy baholash investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonidagi likvidligini tahlil qilishda ishlatiladi. Bunda, moliyaviy baholash vazifasi, loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun, uning jami moliyaviy majburiyatlarini bajarishga korxonaning etarli moliyaviy resurslari bo‘lishini belgilashdir.
2. Iqtisodiy baholash esa, investitsiya loyihasining potensial qobiliyati, shu loyihaga qo‘yilgan mablag‘larning qiymatini saqlab qolishda va ularning o‘sishi sur’atini etarli darajasini yaratib berishda foydalaniladi.
Ob’ektni investitsiyalashda moliyaviy baholash (yoki moliyaviy asoslanganlik bahosi) investitsiya jarayonining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Investor moliyaviy holati noma’lum bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan hech qanday munosabatlar olib bormaydi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, korxonalar moliyaviy hisobotlarini ommaviy-axborot vositalari orqali yoki har xil to‘plamlar holatida chop etilib, e’lon qilish normal holat hisoblanadi. Bu to‘plamlar orqali kompaniyalarning moliyaviy holati to‘g‘risida ma’lumotlar olish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida Harakatlar strategiyasi asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo‘lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo‘lga qo‘yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat turlarining ko‘payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishiga eng muhim va asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Birgina misol, 2008 yilda boshlangan, bugungi kunga qadar salbiy ta’sir va oqibatlari saqlanib qolayotgan, keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlardao‘zining yangi “xuruji”ni namoyon etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi nafaqat ayrim mamlakatlar, balki dunyoning deyarli barcha qit’alarida iqtisodiy siyosatning zaif jihatlarini, ayniqsa, bank-moliya tizimining “mo‘rt” bo‘g‘inlarini oshkor etib qo‘ydi. Ana shunday murakkab bir sharoitda mamlakatimiz iqtisodiyoti, bizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot modelimiz yana bir bor hayot sinovidan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘zini to‘la oqladi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq.
Shuning bilan birga 2019-2021 yillarda respublikamizda investitsiya siyosatini takomillashtirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jalb etilgan xorijiy investitsiyalarning asosiy qismi real sektorga, yani ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishga va texnikg‘texnologik qayta qurollantirishga yo‘naltirildi. Xorijiy investitsiyalarni keng miqyosda jalb etish natijasida mamlakatimizning eksport salohiyati sezilarli darajada oshdi, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratildi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari faoliyatining samaradorligi ortdi.
Shu bilan birga investitsiyalarni jalb etish va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar ham talaygina. Xususan, jalb etilgan investitsiyalar hajmi iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lmayapti, shuningdek, xorijiy investitsiyalar katta qismining bir nechta mintaqalarda to‘planib qolganligi respublikamiz mintaqalarida mavjud tabiiy-iqtisodiy salohiyatdan to‘liq foydalanish imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ularning iqtisodiy yuksalishida faol investitsiya siyosati markaziy o‘rinni egallashini tasdiqlaydi. Shu bois O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlari uning investitsiya siyosatida to‘liq aks ettirilishini taqozo etmoqda.
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini o‘zida mujassam etgan Harakatlar strategiyasining eng muhim jihatlaridan biri sifatida faol investitsiya siyosati olib borilishi uchun yo‘l ochib berildi.
Iqtisodiyotimizga kiritilayotgan investitsiyalarning yildan-yilga o‘sib borishida yurtimizdagi mavjud investitsion sharoit va qulay investitsiya muhiti alohida ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlash joiz. Bunda ayniqsa quyidagi asosiy omillarni ham qayd etish o‘rinlidir:

Yüklə 43,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə