10-mavzu: Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholash (2 soat) Reja: Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholashning mazmuni va mohiyati


V. “Praym – reyt” stavkasi (birinchi darajali stavka)



Yüklə 43,89 Kb.
səhifə10/11
tarix19.12.2023
ölçüsü43,89 Kb.
#152315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-Mavzu (1)

V. “Praym – reyt” stavkasi (birinchi darajali stavka) – bu eng obro‘li qarz oluvchilarga beriladigan kreditlarga AQSh banklari tomonidan belgilanadigan stavkadir. U kredit qiymati-ning mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi va dastlabki ikki stavkadan 1 – 2 % ga yuqori bo‘ladi.
G. O‘rta va katta bo‘lmagan firmalar va xususiy shaxslarga beriladigan kreditlar stavkalari. Ular, odatda, “praym – reyt” dan ham yuqori bo‘ladi.
Hozirgi paytda eng muhim stavka LIBOR hisoblanib, yevro-valyuta bozoridagi birinchi darajali banklar o‘rtasidagi kredit-lashda eng ko‘p qo‘llaniladigan stavkadir.
Odatda, “LIBOR stavkasi” deyilganda, funt sterling va AQSh dollaridagi depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari tushuniladi.
Funt sterlingdagi LIBOR stavkasi har kuni ertalab 11:00 da (London vaqti) quyidagi banklarning qat’iy stavkalarining o‘rtacha arifmetik kattaligi sifatida hisoblanadi: Lloyds, Midlend, VOA, Barklayz, Sosete Jeneral va Netvest.
Mana shu tamoyil asosida AQSh dollaridagi LIBOR stavkasi aniqlanadi,bunda quyidagi banklar qat’iy stavkalari ishlatiladi: Barklayz, Benk of Tokio, Bankers Trast, Neshnl Vestminster bank.
Yevrokreditlar bo‘yicha LIBOR stavkasi, odatda, 12 ta valyuta bo‘yicha va bir necha davrlar bo‘yicha (1 hafta, 1, 2, 3, 6, 9 oy va 1 yil) hisoblanadi.
Yevrokredit – bu suzib yuruvchi stavkada yevrovalyutalaridan birida beriladigan o‘rta muddatli bank kreditidir.
Banklar kredit bo‘yicha foiz stavkalarini hisoblashda turli xil usullardan foydalaniladi. Misol uchun, AQShda eng ko‘p tarqalgan usullar: yillik foiz stavkasi usuli, oddiy foiz usuli, diskont stavka usuli, qo‘shish usuli hisoblanadi.
Yillik foiz stavkasi usuli – kredit bo‘yicha yig‘ilgan to‘lovlarni kredit summasiga bo‘lgan nisbatini ko‘rsatadi, ya’ni daromadlilik stavkasini ifodalaydi. Bu usul kreditning qanchalik tez qaytarilayotganligi va qarzdor kreditlash muddati davomida haqiqatda qancha summa ishlatayotganligini ko‘zda tutadi.
Oddiy foizlar usuli ham haqiqatda ishlatgan kreditni ko‘zda tutadi. Agar qarzdor kredit qaytarishni asta oshirsa oddiy foizlar usuli qarzdorlik qoldig‘i pasayishini va tegishli to‘lanadigan foiz stavkalarini aniqlab beradi. Bu usulni qo‘llashda qarzdor kredit qaytarilishi muddati yaqinlashgan sayin foiz to‘lovlarida xarajat-larni tejashga erishadi.
Diskont stavka usuli. Kreditlarning asosiy qismi kreditlash muddati davomida qisman foiz va qisman asosiy qarzni to‘lashni ko‘zda tutadi, biroq diskontlash usuli foizlarning avans to‘lovini ko‘zda tutadi. Bu holatda qarz oluvchi kelishilgan kredit summasini foizlarni chegirishdan so‘ng oladi. Muddat tugashi bilan kelishilgan asosiy qarz summasini qaytarishi lozim.
Foiz oshirish usulida kredit qaytarish badallarini qarzdorga e’lon qilinguncha qadar foiz to‘lovlari asosiy qarz summasiga qo‘shib borilishi nazarda tutiladi. Agar kredit va foizlar muddat oxirida bir vaqtda qaytarilgan holatdagina foiz oshirish stavkasi oddiy foiz stavkasiga teng bo‘ladi. Har qanday boshqa holatda qarzdor shartnomada ko‘rsatilgan stavkada emas, balki kredit bo‘yicha yuqori bo‘lgan real stavkani to‘laydi. Foiz stavkalarini hisoblashning boshqa usullari ham mavjud.
Kredit bo‘yicha foiz stavkasi tebranib turadi.
1. Ba’zi bir boshqa loyihalarning samaradorligi bundan baland yoki past bo‘lishi mumkin.
2. Ba’zi bir korxonalar o‘z ishlab chiqarishini faqatgina kredit mablag‘lar hisobiga tashkil qilmay, balki xususiy mablag‘lariga ham tayanadi. Shunda xususiy mablag‘lari aylanmasidan kelib tushgan foyda hisobidan bank krediti foizini to‘lashga tayyor, bo‘lgani uchun, foiz stavkasi 5 % dan oshishi mumkin.
3. Bozor iqtisodiyoti rivojlanmagan davlatlar iqtisodiyotining xalq xo‘jaligi juda notekis rivojlangan bo‘ladi. Shu sababli, turli sohalarning samaradorligi turlicha bo‘ladi. Oqibatda kimdir kredit uchun 100 % qo‘shimcha to‘lab berishga tayyor bo‘lsa, kimdir uchun 5 % ham og‘irlik qiladi.
Bulardan tashqari, qat’iy belgilangan (fiksirlangan) va Suzib yuruvchi foiz stavkalari ham mavjud.

Yüklə 43,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə