10-mavzu: Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholash (2 soat) Reja: Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholashning mazmuni va mohiyati



Yüklə 43,89 Kb.
səhifə7/11
tarix19.12.2023
ölçüsü43,89 Kb.
#152315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-Mavzu (1)

I0 dastlabki investitsiya miqdori;
CFt– loyihani amalga oshirish natijasida bir yilda tushadigan mablag‘.
Bunda CFt darajasidagi summa belgisiga e’tibor berish kerak. Bu belgi CFt summasini ikki usulda (tomonlama) aniqlash mumkinligini ko‘rsatadi. Birinchi usul qachonki, pul tushumlari yil davomida bir xil bo‘lsa qo‘llaniladi. Aytaylik, biz 600 mln. so‘m investitsiya sarf qildik va 8 yil ichida har yili 150 mln.so‘mdan daromad olishni kutayapmiz. Unda 600/150=4 yil ichida sarflangan investitsiya qoplanadi va qolgan 4 yil davomida investor sof foyda oladi.
Ikkinchi usul investitsiya qilingandan keyin, pul tushumlari bir xil bo‘lmasa yoki o‘sib boruvchi miqdorni tashkil etsa qo‘llaniladi. Masalan, yuqorida keltirilgan misolimizda pul tushumlari yillar bo‘yicha bir xil bo‘lmasdan ortib borsin(11.2-jadval):
11.2-jadval
Pul tushumlari dinamikasi

1-yil

50 mln. so‘m,

2-yil

100 mln. so‘m,

3-yil

200 mln. so‘m,

4-yil

250 mln. so‘m,

5-yil

300 mln. so‘m.

Bunda 3 yil ichidagi pul tushumlari investitsiya summasidan kam, 4 yil ichidagisi esa ko‘p. Bunday holatlarda investitsiyalarni qoplash davrini aniq belgilab olish uchun quyidagi ishlarni bajarish lozim:



  • qaysi yillar orasida investitsiya summasi qoplanishini topish zarur. Bizning misolda 3-4 yillar orasida;

  • qoplanmagan summa miqdorini aniqlash kerak, bizning misolda bu 150 mln.so‘mni (600-(100+150+200 ));

  • aniqlangan qoplanmagan summani 4-yilgi pul tushumlari miqdoriga bo‘lish kerak, ya’ni 150/300=0,5. Ko‘rinib turibdiki qoplanmagan summa 4-yilning yarmida qoplanadi. Demak, bunda investitsiyalarni qoplash davri 3,5 yilni tashkil qiladi.

Investitsiyalarning qoplanish muddati ko‘rsatkichidan quyidagi shartlar bajarilgandagina foydalanish yaxshi natija berishini e’tiborda tutish kerak:

  1. bu ko‘rsatkich yordamida taqqoslanayotgan barcha loyihalar bir xil hayot davriga ega bo‘lishi kerak;

  2. barcha loyihalar boshlang‘ich investitsiyalarning bir martalik sarflanishini ko‘zda tutadi;

  3. mablag‘ sarflanib bo‘lingandan so‘ng barcha investorlar loyiha hayot davrining oxirigacha bir xil pul tushumlariga ega bo‘ladilar.

Bu ko‘rsatkich hisoblab topish osonligi, tushunish uchun soddaligi bilan birga loyihaning tavakkal xavfi darajasi haqida ma’lumot berishi tufayli ham qadrlidir. Investitsiyalarning qoplanish muddati qanchalik katta bo‘lsa, dastlabki hisoblangan natijalarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi shart-sharoitlarning yuzaga kelishi xavfi shuncha yuqori bo‘ladi.
Shu bilan birga bu ko‘rsatkich jiddiy kamchiliklarga ham ega. Ya’ni u ikki muhim holatni inkor qiladi:

  • turli muddatlarda pulning qiymati turlicha bo‘lishini;

  • qoplanish muddati tugagandan so‘ng ham pul tushumlarining davom etishini.

Shu sababli hamPP ko‘rsatkichini investitsiyalar samaradorligini baholashda asosiy usul sifatida qo‘llab bo‘lmaydi. Shuni ta’kidlash joizki investitsiyalarning qoplanish muddatini hisoblashdagi ko‘rsatilgan birinchi kamchilikni tuzatish mumkin. Bu uchun pul oqimlari diskontlab olinadi, xolos.
Investitsiyalarning buxgalteriya rentabelligi ROI (ingl. return on investment) ko‘rsatkichi loyihalarini baholashning ikkinchi sodda (statik) ko‘rsatkichi bo‘lib, adabiyotlarda investitsiyaga o‘rtacha foyda me’yori (IRR–ingl. average rate of return), hisoblangan foyda me’yori (IRR–ingl. accounting rate of return), deb ham yuritiladi. Bu ko‘rsatkich vositasida investitsiyalarga pul tushumlari asosida emas, balki buxgalteriya ko‘rsatkichi bo‘lgan firma daromadi miqdoriga asoslanib, baho beriladi.
Ko‘rsatkichning nomidan xulosa qilish mumkinki, u buxgalteriya hisoboti bo‘yicha firma daromadi o‘rtacha miqdorini investitsiyalarning o‘rtacha miqdoriga nisbatini ifodalaydi.
Bu ko‘rsatkich quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Bu yerda:


EBIT( ingl.earnings before interest and tax) - firmaning foiz va soliqlar to‘lovlarini amalga oshirgunga qadar ( yoki soliq to‘lovlaridan keyingi, lekin foiz to‘lovlarigacha) bo‘lgan foydasi miqdori;

Yüklə 43,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə