10-mavzu: Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholash (2 soat) Reja: Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholashning mazmuni va mohiyati


Yuksak salohiyatga ega ishchi kuchining mavjudligi



Yüklə 43,89 Kb.
səhifə3/11
tarix19.12.2023
ölçüsü43,89 Kb.
#152315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-Mavzu (1)

6. Yuksak salohiyatga ega ishchi kuchining mavjudligi. O‘zbekiston yuqori salohiyatga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlarga ega bo‘lishi har to‘rt kishidan biri oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishidir. Birgina ta’lim sohasini oladigan bo‘lsak, mamlakatimizda o‘z mazmun va mohiyatiga ko‘ra noyob bo‘lgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ushbu dastur o‘n ikki yillik yaxlit majburiy uzluksiz ta’lim tizimiga o‘tish hamda ta’lim jarayonlarining sifatini tubdan va tizimli ravishda oshirishga, kadrlarning yuksak darajadagi umumiy va kasbiy madaniyatga ega bo‘lgan yangi avlodini tarbiyalashga qaratilgan maxsus chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini berdi. Aholining turmush sharoitini oshirish, bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, salomatligini mustahkamlash, ishchi kuchi sifatida ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etish salohiyatini yuksaltirish davlatimiz ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatdoshligini oshirish hamda mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining eksportdagi hajmini kengaytirishga qaratilgan investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi 50 dan ortiq huquqiy-hujjat qabul qilindi, jumladan,“Konsessiyalar to‘g‘risida”gi, “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi qonunlar ayni shu maqsadga xizmat qilmoqda.


2 – savol bayoni: Iqtisodiyotimizning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali yangi zamonaviy texnika, dastgoh va asbob-uskunalar, texnologiya va nou-xaularni joriy etish eng avvalo samarali innovatsion faoliyatni tashkil etishni va to‘g‘ri yo‘naltirilgan innovatsion faoliyatni olib borishni taqozo etadi. Bunda innovatsiya imkoniyatlaridan to‘la foydalanishda xalqaro kredit liniyalari keng jalb etish asosiy vazifa hisoblanadi.
Shu sababli uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri – bu asosiy etakchi sohalarni modernizasiya qilish, qishloq xo‘jaligini texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikasiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat bo‘lib, bu masalani hal etish tarmoq korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashning zaruriy sharti hisoblanib, iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish va foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llarini o‘rganish zaruratini keltirib chiqaradi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda investitsiyalar samaradorligini baholashning quydagi usullari katta ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 43,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə