10-mavzu: Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholash (2 soat) Reja: Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholashning mazmuni va mohiyati



Yüklə 43,89 Kb.
səhifə2/11
tarix19.12.2023
ölçüsü43,89 Kb.
#152315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-Mavzu (1)

1. Siyosiy barqarorlik. Davlat tomonidan barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan tizimli islohotlar va O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan 100 dan ortiq millat va elat vakillari uchun yaratib berilayotgan teng imkoniyatlar, har bir shaxs, har qaysi xo‘jalik yurituvchi sub’ektga o‘z imkoniyatlarini to‘laqonli namoyish etishi uchun barcha sharoitlarning mavjudligi.
2. Milliy iqtisodiyotning barqaror sur’atlarda rivojlanib borayotgani. Ayni paytda jahonni larzaga solgan, ko‘plab mamlakatlar iqtisodiyotiga katta talofatlar yetkazib, izdan chiqargan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz jarayonlarining murakkab va og‘ir sinovlaridan o‘tayotgan mamlakatimizning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish orqali yanada samarali va mustahkam bo‘lib bormoqda.
3. Geografik va geosiyosiy joylashuvi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoning chorrahasida joylashgan bo‘lib, samarali mintaqaviy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, mintaqaviy va transmilliy loyihalarda ishtirok etish uchun qulay transport koridorlariga ega mamlakatdir2.
4. Rivojlangan infratuzilmaning mavjudligi. Mamlakatimizda transport infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi bo‘lmish temir yo‘llaravtomobil yo‘llar hamda havo yo‘llari yaxshi rivojlangan. Temir yo‘llarimizning uzunligi 6,5 ming kilometr, avtomobil yo‘llarimizning uzunligi 43,5 ming kilometrga teng. Milliy aviakompaniyamiz tomonidan muntazam ravishda dunyoning 40 dan oshiq shaharlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar amalga oshiriladi, shuningdek, jahonning 24 ta davlatida uning 43 dan oshiq vakolatxonasi bor. Respublikamizda yiliga 48 milliard kilovatt saot elektr energiyasi va 10 million kilokalloriya issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Bu nafaqat ichki ehtiyojimizni to‘la ta’minlash, balki xorijga eksport qilishimiz uchun ham imkon yaratadi.
5. Qulay soliq va bojxona siyosati. O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar uchun investorlarga qator imtiyoz va preferensiyalar yaratilgan va ularning kafolati qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Xususan, ular mulk solig‘idan, tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromad solig‘idan hamda bir qator bojxona bojlarini to‘lashdan ozod etilgan.

Yüklə 43,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə