10-mavzu: Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholash (2 soat) Reja: Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholashning mazmuni va mohiyati



Yüklə 43,89 Kb.
səhifə4/11
tarix19.12.2023
ölçüsü43,89 Kb.
#152315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-Mavzu (1)

Iqtisodiy samaradorlik – investitsiyaga jalb etilgan kapitaldan foydalanilganligi uchun olingan foyda, daromad tushunilsa, ijtimoiy samara esa investitsiyani ishlatishdan olingan foydadan tashqari, kishilarning hayoti yaxshilanishi, tabiatni saqlash, ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning rivojlanishi ham tushuniladi.
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholashda “iqtisodiy samara” va “iqtisodiy samaradorlik” atamalariga e’tibor berish lozimdir.
Iqtisodiy samara - qo‘yilgan kapitalning investitsiyalash natijasida olingan natijasi bo‘lsa, iqtisodiy samaradorlik esa olingan iqtisodiy samara yoki investitsiya natijasida olingan foyda bilan investitsiya miqdori o‘rtasidagi nisbatni anglatadi.
Iqtisodiy samara bu investitsiya hisobiga olingan daromaddan qo‘yilgan kapital summasi ayirilib topiladi va quyidagicha hisoblanadi;

Bu yerda:
E - iqtisodiy samara;
D- qo‘yilgan kapitaldan daromad;
K- qo‘yilgan kapital summasi;
Iqtisodiy samaradorlik qo‘yilgan investitsiyadan olingan foyda, daromadni qo‘yilgan kapital summasiga bo‘lish orqali topiladi.

Bu yerda
E– iqtisodiysamaradorlik
If – investitsiyalashdan olingan foyda
K– qo‘yilgankapital
Mamalakat iqtisodiyoti miqyosida investitsiyaning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichi mamalakatda yaratilgan yalpi milliy mahsulot miqdorini mamalakat miqyosida qo‘yilgan investitsiya miqdoriga bo‘lish orqali topiladi.

Bu yerda
YaMM – yalpi milliy mahsulot
K– YaMMni yaratish uchun qo‘yilgan kapitalning summasi.
Iqtisodiy samara vaqt funksiyasi hisoblanib, boshlanishida u salbiy ko‘rinishda bo‘ladi, chunki qo‘yilgan kapitaldan hali daromad olinmagan bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan kapital qaytimi bo‘lgan sari daromad orta boradi va bu ijobiy natijaga erishiladi, ya’ni qo‘yilgan kapitaldan olingan daromad vaqt o‘tgan sari qo‘yilgan kapital miqdoridan orta boradi.
Qo‘yilgan kapitaldan olingan daromad vaqt o‘tgan sari qo‘yilgan kapitalga tenglashadi. Bu davr investitsiyani qoplash davri deb ataladi. Bu ko‘rsatkich iqtisodning ishlab chiqarish sohasiga qo‘yilgan kapital qo‘yilmaning samaradorligini ko‘rsatadi. Investitsiyani qoplash davri kichik biznes sohasida 2-3 yil, uzoq muddatli qo‘yilmalar esa 10-15 yilgacha davom etadi. Kapital qo‘yilmalarni qoplash davrining me’yorlari degan tushuncha mavjud bo‘lib, bu xalq xo‘jaligi yoki tarmoqlarda qo‘yilgan kapital qo‘yilmalarning qoplash davrining o‘rtacha miqdori deb tushuniladi. O‘rta hisobda investitsiyani qoplash davri qilib iqtisodda 6-8 yil deb qabul qilingan.
Investitsiyaning milliy daromaddagi hissasi investitsiya normasi deb ataladi. Bu quyidagi formula asosida hisoblanadi;

Bu yerda:

Yüklə 43,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə