Educational materials



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   231
Educational materials

 
 
18-mavzu. Investitsiya loyhasi bo’yicha biznes-reja tuzish 
 
Reja: 
18.1. Investitsiya loyihalari bo’yicha biznes-reja tuzish zarurligi va 
ahamiyati. 
18.2. Biznes reja tuzishda injiniring va konsalting xizmatlarining o’rni va 
ahamiyati. 
18.3. Biznes-rejaning tarkibiy tuzilishi va uning bo’limlarining o’zaro 
bog’liqligi. Investitsiya loyihasi biznes-rejani tuzish tartibi. 
18.4. Yirik investitsiya loyihalarini dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash. 
Loyihalar bo’yicha texnik-iqtisodiy asosnomani ishlab chiqish, kelishish va 
tasdiqlash.
Tayanch iboralar:
Investitsiya loyihasi, biznes-reja, injiniring va konsalting 
xizmatlari, marketing rejasi, moliyaviy reja, loyiha qiymati, sug’urta, kredit 
at’minoti.
18.1. Investitsiya loyihalari bo’yicha biznes-reja tuzish zarurligi va 
ahamiyati. 
Biznes reja – bu biznesni amalga oshirish rejasi hisoblanadi. Unda firma 
to’g’risida, ishlab chiqariladigan tovar to’g’risida, ishlab chiqarishni tashkil etish 
to’g’risida, mahsulotni sotish bozori to’g’risida va umuman ishlab chiqarishni 
tashkil etish va uning samaradorligini asoslash bilan bog’liq ma’lumotlar aks 
ettirilishi kerak. 
Biznes-rejani ishlab chiqishdan maqsad firmaning xo’jalik faoliyatini qisqa 
yoki ma’lum bir muddatga bozor talablari va kerakli resurslarni jalb qilish 
imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda rejalashtirish hisoblanadi. 
Biznes-reja – tadbirkorlik faoliyatini boshlashdan avval uning tavsifi, 
faoliyat davri, ko‘zda tutilayotgan sarf-xarajat va kutilayotgan foyda kabi muhim 
jihatlari bayon etilgan tashkiliy-iqtisodiy tavsifdagi hujjat. Amaliyot shuni 
ko‘rsatadiki, biznes-reja har qanday tadbirkorlik faoliyati uchun muhim va 
zarurdir. Agar tadbirkor o‘z faoliyatini biznesrejasiz boshlasa, mo‘ljallangan 
maqsadga erisha olmasligi mumkin. Biznes- reja tadbirkorlik faoliyatining xaritasi 
hisoblanib, uning aniq maqsadi, yo‘nalishlari va asosiy bosqichlarini belgilab 
beradi. Tadbirkorlik faoliyati boshlanganidan keyin olingan natijalar reja bilan 
solishtirib boriladi, mavjud muammolar aniqlanadi. Aks holda, tadbirkorlik 
faoliyatini boshqarish qiyinlashib ketadi. 
Siz biznesga birinchi qadam qo’yayotgan paytingizda yoki yangi bir 
loyihani amalga oshirish jarayonida quyidagi qiyinchiliklarga duch kelasiz: 
- birinchidan, moliyaviy mablag’larning yetishmasligi; 
- ikkinchidan, oldindan belgilanmagan, kutilmagan holatlar ko’pligi. 


Bular sizning korxonangizni tanlangan y o’ldan borishga imkon bermasligi 
mumkin. Bunday noxush holatdan chiqishning y o’li oldindan o’z maqsadini 
qog’ozga belgilash, baholash va prognozlash, bu o’z navbatida o’sha biznes-reja 
tuzishdir. Biznes-reja keng, xar tomonlama aniq tizimga tushirilgan va chuqur 
o’ylab tayyorlangan xujjat bo’lib, u firmani qay maqsadga xarakat qilayotganligi, 
ko’zlangan maqsadga qaysi yo’llar bilan erishish va ko’zlangan maqsadga 
erishgandan so’ng natija qanday bo’ladi degan savollarga javob topiladi. Bu qulay, 
umumiy olingan, hisoblanib loyihani imkoniyatlari bo’yicha to’la ma’lumot beradi. 
Biznes-reja korxona (firma)ning strategik istiqbolini belgilab beradigan asosiy 
xujjat hisoblanadi va uni 3-5 yilga tuzishni tavsiya etiladi. Biznes-rejaning birinchi 
va ikkinchi yillariga ko’rsatkichlarni (topshiriqlarni) kvartallarga taqsimlangan 
xolda berilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi va faqat uchinchi yildan boshlab 
yillik ko’rsatkich (topshiriq)lar bilan chegaralanish mumkin. Biznes-reja quyidagi 
asosiy masalalarni xal etadi, ya’ni: 
- tadbirkorlarga korxona (firma)lar strategiyasini ishlab chiqish uchun asosi 
bo’libgina qolmay, uni muvaffaqiyatli amalga oshishiga kafolat ham beradi; 
- bozor iqdisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, tartibga 
solish va bajaralishini nazorat qilishning asosiy quroli bo’lib xizmat qiladi; 
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida to’satdan yuzaga kelgan 
salbiy holatlar yuzasidan tadbirkorlarni ogoxlantiriladi va ularni o’z vaqtida 
bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqishga yordam beradi; 
- tadbirkorlik faoliyati yuzasidan banklar, investorlar va qarz beruvchilarga 
tegishli ma’lumotlar olishga imkon beradi. 
Bundan tashqari, biznes-reja tuzib chiqishning ikkita asosiy sababi mavjud: 
- tashqaridagi sarmoyadorlarni sizning biznesingizni maqsadga muvofiqligi 
xaqida yoki ssuda berishga ishonch xosil qildirish, 
- ko’zlangan maqsadni saqlab qolishga yordam berish, to’satdan yuzaga 
kelgan holatlarda tanlangan maqsaddan voz kechmaslikni ta’minlash. 
Bu yana rejada belgilangan barcha vazifalarning to’la bajarilishini ham 
anglatadi: 
- Biznes-reja boshqaruvchiga tanglik holatlarini to’g’ri baholash imkonini 
beradi va undan olib chiqib ketish yo’llarini ko’rsatadi. Bu o’z navbatida 
boshqaruv samaradorligining ortishini xarakterlaydi; 
- qo’shimcha ma’lumot kelib tushishi va ma’lum tajribaga ega bo’lish bilan 
maqsad va vazifa moslanib olinadi. Biznes-rejaning bosh maqsadi - firmaning 
ko’zlagan 
maqsadiga 
erishishi, 
reja-iqtisod 
bo’limi 
xodimlariga 
va 
sarmoyadorlarga tanlangan yo’lning maqsadga muvofiqligini ko’rsatib berishdir. 
Bundan tashqari biznes-reja tadbirkorlarning quyidagi savollariga javob ham 
beradi: 
- biznesning joriy holati (biz qayerda turibmiz); 
- ko’zlangan maqsad (qaysi tomonga xarakat qilmoqdamiz); 
- eng qulay yo’l (maqsadga qanday erishamiz). 
Bunda shuni xulosa qilishimiz mumkinki, biznes-rejada xozirgi holatda 
ko’zlagan maqsadga erishishning samarali yo’llari ko’rsatilishi, joriy maqsadlarga 
erishishi va o’rta va uzoq davrlardagi vazifalari xal etilishi aks ettiriladi. 


Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, biznes-reja tadbirkorlarning ish quroli 
bo’lib, rivojlanayotgan kichik-o’rta biznes, xususiy va yakka tadbirkor, firmalar 
faoliyatida katta ahamiyatga ega. Biznes-reja xaqida gap yuritishdan oldin biznesni 
baholash bosh rolni o’ynaydi. Bu yerda biz biznesni taxlil etishimiz lozim. 
Biznes-reja – bu biznesni amalga oshirish rejasi hisoblanadi. Unda firma 
to’g’risida, ishlab chiqariladigan tovar to’g’risida, ishlab chiqarishni tashkil etish 
to’g’risida, mahsulotni sotish bozori to’g’risida va umuman ishlab chiqarishni 
tashkil etish va uning samaradorligini asoslash bilan bog’liq ma’lumotlar aks 
ettirilishi kerak. 
Biznes-rejani ishlab chiqishdan maqsad firmaning xo’jalik faoliyatini qisqa 
yoki ma’lum bir muddatga bozor talablari va kerakli resurslarni jalb qilish 
imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda rejalashtirish hisoblanadi. 
Biznes-reja tuzilishi ish yurituvchi, mulkdor va sarmoyador uchun 
manfaatlidir. Ular wuyidagi savollarga to’la javob beradi: 
Firma loyiha imkoniyatlarini baholashda, loyiha kelgusida tijorat va 
moliyaviy yutuq keltiradimi? 
Firma va byudjet to’la faoliyati yuzasidan maqsadni belgilashda. Bundan 
firmaning qanday umumiy vazifasi mavjud va uni kelgusida rivojlanishi qanday? 
Byudjet uning tuzilishi, daromadi va xarajati xaqida to’la tushuncha mavjudmi? 
Zarur bo’lgan sarmoya maqsadini aniqlash? Rejalarni bajarish uchun qanday 
miqdorda mablag’ kerak bo’ladi? 
G’oyaga aniqlik kiritishning oxirgi yakuniy xujjati bu biznes-reja 
hisoblanadi. U o’zida taxlil natijalari, g’oya va to’satdan yuzaga kelgan fikrlarni 
umumlashtiradi. Faoliyat yuzasida to’la ma’lumot beradi. 
Amaliyotda tanishtirish (prezentatsiya) va taxlil o’tkazishda, pul olishga 
yordam beradi. Yaxshi ishlab chiqilgan biznes-reja to’la kafolat bermasada pul 
olishga yordam beradi. Sarmoyador biznes-rejadan axborot manbai sifatida 
foydalanadi. Shu asosda faoliyatni baholaydi. 
Loyiha tavakkalchilik va likvidlik darajasini aniqlaydi. 
Boshqaruv sifati ko’p holatlarda kredit uchun kafolat omili bo’lib xizmat 
qiladi. Ayrim holatlarda pul berish yuzasidan qaror qabul qilinishicha asosiy 
bo’lim biznes-rejaning mazmuni emas, uning taqdim etilishi va rasmiylashtirilishi 
ham ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə