Educational materials



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   231
Educational materials

1-variant 
 
2-variant 
 
3-variant 
 
 
 
 
 
 
2-va 3-variantlar 
bo’yicha amalga 
oshilayotgan 
loyihalaridan tashqari
investitsiya loyihalari 
bo’yicha 
 
Ijtimoiy, yo’l-
transport va 
muhandislik-
kommunikatsiya 
obyektlari bo’yicha 
infratuzilma 
loyihalarini amalga 
oshirishda, yakka 
tartibdagi loyihani 
ishlab chiqishda 
Moliyalashtirish 
manbaidan qat’iy nazar, 
aholi yashash punktlarining 
bosh rejalarida nazarda 
tutilgan, namunaviy va 
takroran qo’llaniluvchi 
loyihalardan foydalanilgan 
holda quriladigan ijtimoiy 
soha, yo’l-transport, 
muhandislik-
kommunikatsiya va boshqa 
infratuzilma obyektlari 
bo’yicha
 
 
 
 
 
 
TIA 
 
TIHK 
 
IL 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ishchi xujjatlarni, 
tender (tanlov) va 
boshqa xujjatlarni 
tayyorlash
 
Ishchi xujjatlarni, 
tender (tanlov) va 
boshqa xujjatlarni 
tayyorlash
 
 
Tender (tanlov) 
xujjatlarini tayyorlash
 
15.1-rasm. Loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish variantlari 
sxemasi
20

 
20
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va 
kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi PQ-3550-sonli 
qarorining 1-ilovasi. 
https://lex.uz/acts/-3565230
  


15.5. Loyiha tarkibi: texnik, qurilish va iqtisodiy qismi. 
Bino va inshootlar qurilishi loyihasi texnologik, qurilish va iqtisodiy 
qismdan iborat bo’ladi. 
Texnologik qism tovar ishlab chiqarishni tashkil etish va uning 
texnologiyasi bilan bog’liq loyiha qarorlarini, uskunalarning turlari va harakterini, 
ishlab chiqarishning mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasini qz ichiga 
qamrab oladi. 
Qurilish qismi qurilish hajmi (bino va inshootlarning qlchami, yqllar va 
ularning qlchami, etajlar tuzilishi va h.k.)ni, konstruktiv qarorlar (materiallarni 
tanlash, yig’ma konstruktsiyalarni qqllash)ni va qurilishni tashkil etish loyihasi va 
boshqa kerakli hujjatlardan tarkib topadi. Bu qismda qurilish materiallari, 
konstruktsiyalari, detallari, mashina va uskunalar, transport vositalari, qurilish 
uchun ishchi kadrlarga bqlgan talab hisob-kitob qilinadi va qurilishi mqljallangan 
har bir obyekt uchun qurilish-montaj ishlari hajmi, qurilish-montaj ishlarining 
ketma-ketligi va ularni bajarish muddatlari hisob-kitob qilinadi. 
Loyihaning iqtisodiy qismi loyiha joylashadigan joyni tanlash, korxona 
tarkibi va quvvatini aniqlash bilan bog’liq hisob-kitoblarni qz ichiga oladi. Unda 
korxonaning kerakli resurslar bilan ta’minlanishi, mahsulotni sotish kanallari, 
mahsulot tannarxi asoslanadi. 
15.6. Loyihani tayyorlash jarayoni bosqichlarining mazmuni va tavsifi. 
Loyihalashtirish bosqichlari. 
Loyihalashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 
-
Texnik iqtisodiy asoslash (TEO); 
-
Texnik loyiha (asosiy loyihaviy qarorlar, qurilishshning umumiy smeta 
qiymati, bo’lg’usi korxonaning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari); 
-
Texnik loyiha asosida amalga oshiriladigan ishchi chizmalar. 
Bino va inshootlar qurilishini loyihalashtirish bir yoki ikki bosqichda amalga 
oshirilishi mumkin. Bir bosqichli loyihalashtirish tipovoy yoki takroriy individual 
loyihalar bqyicha quriladigan korxona, bino va inshootlar, shuningdek texnik 
jihatdan qiyin bqlmagan qurilishlar uchun mqljallangan; ikki bosqichli 
loyihalashtirish esa – alohida bino va inshoatlar uchun mqljallangan. Bunda 
bosqichlilik qat’iy belgilanmagan. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2018-yil 
20-fevraldagi 
“Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish 
tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi PQ-3550-sonli qarorining 
1-ilovasiga muvofiq, “Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi 
va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va 
tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” ishlab chiqilgan. Mazkur Nizomning 4-
ilovasida
loyiha uchun texnik-iqtisodiy asoslar va texnik-iqtisodiy hisob-
kitoblarning (TIA/TIHK) namunaviy tuzilishi berilgan. Texnik-iqtisodiy asoslar va 
texnik-iqtisodiy 
hisob-kitoblarning 
(TIA/TIHK) 
namunaviy 
tuzilishi 
quyidagilardan iborat.
Loyiha TIA/TIHK mundarijasi: 
1. Loyihaning qisqacha mazmuni; 


2. Kirish; 
3. Marketing bo‘limi; 
4. Texnik-texnologik bo‘lim; 
5. Ekologik bo‘lim; 
6. Institutsional bo‘lim; 
7. Arxitektura-qurilish bo‘limi; 
8. Moliya bo‘limi; 
9. Iqtisodiy bo‘lim; 
10. Ijtimoiy bo‘lim; 
11. Loyiha bo‘yicha umumiy xulosalar; 
12. Ilovalar. 
Loyihaning qisqacha mazmunida quyidagilar keltirilishi lozim: 
-
loyihaning nomlanishi; 
-
tashabbuskor nomlanishi; 
-
loyihaning hisob-kitob qilingan umumiy qiymati (AQSh dollarida yoki 
AQSh dollari ekvivalentida); 
-
loyiha ko‘lami, shu jumladan, uning quvvati; 
-
loyihaning tarkibiy qismlari — har birining narxlari ko‘rsatilgan holda; 
-
loyiha amalga oshiriladigan joy (viloyat, shahar); 
-
loyihaning maqsadi va vazifalari, shu jumladan miqdoriy ifodalangan 
shaklda; 
-
asosiy foyda ko‘ruvchilar aks ettirilgan holda, maqsadli guruhlar; 
-
moliyalashtirish manbalari va sxemalari; 
-
moliyalashtirish yillar kesimida ko‘rsatilgan holda loyihani amalga 
oshirish davri. 
Kirishda loyiha amalga oshirilayotgan joydagi mavjud siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy, tabiiy-iqlim, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar tavsiflanadi, shu 
jumladan, ko‘rsatkichlar, infratuzilma bilan ta’minlanganligi, investitsiya iqlimi va 
ko‘zda tutilayotgan joyni tavsiflovchi boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar va 
loyihaning ta’sir doirasi aks ettiriladi. Ushbu bo‘limda loyihadan ko‘zlangan 
maqsadning Tarmoqni rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiqligini asoslantirish 
zarur, shuningdek, loyihadan ko‘zlangan maqsadga erishishning barcha yo‘llari 
ko‘rsatilishi va loyihaning keyingi bo‘limlarida ularning har biri bo‘yicha qiyosiy 
tahlil o‘tkazilishi talab etiladi. 
Marketing bo‘limida loyihada ko‘zda tutilayotgan mahsulot (xizmat)ga 
bo‘lgan mavjud va istiqboldagi (loyihaning yashash davri mobaynida) talabga baho 
beriladi. 
Ushbu bo‘limda quyidagilar aks ettirilishi lozim: 
-
mahsulot (xizmat)ning bozordagi, shu jumladan eksport hajmlari va 
narxlari tahlilini hisobga olgan holda talab tahlili (uning tendensiyalari); 
-
talabning miqdor ko‘rsatkichlarini baholash va asoslantirish, uning 
tendensiyalari va mahsulot (xizmat) narxlari yoki ijtimoiy xizmatlarga ehtiyojni 
baholashni o‘zida aks ettiruvchi loyihadan ko‘zlangan ijtimoiy-iqtisodiy foyda 
tahlili; 


-
xomashyo, materiallar va loyihaning ishlashi bilan bog‘liq boshqa ishlab 
chiqarish omillari tahlili; 
-
loyihani amalga oshirish doirasida xarid qilinadigan tovarlar, ishlar va 
xizmatlar bozorlari va narxlari tahlili. Bu ishlab chiqaruvchilar va yetkazib 
beruvchilar, ularning yetkazib berish narxlari, sifati va shartlari, shuningdek, loyiha 
ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini qiyosiy tahlil qilishni nazarda tutadi; 
-
ushbu sohadagi mavjud obyektlar ishini tahlil qilish, shu jumladan 
raqobatchilarni tahlil qilish; 
-
mahsulot (xizmatlar)ni sotishga ko‘maklashish bo‘yicha tavsiya 
etiladigan tadbirlar; 
-
loyihaning hudud infratuzilmasiga va tarmoq (turdosh tarmoqlar) rivojiga 
ta’sirini baholash; 
-
tijorat 
xavf-xatarlari, 
xatarlarning 
asosiy 
belgilovchi 
omillari, 
o‘zgarishlarning taxminiy xususiyatlari va ko‘lami, xatarlarni kamaytirish bo‘yicha 
ko‘zda tutilgan tadbirlar; 
-
kamida 3 ta kompaniyaning tijorat takliflari (prays-varaqlar va boshqalar) 
asosida xarid qilinayotgan uskunalar narxini asoslantirish; 
-
loyihaning muhandislik inshootlari bilan ta’minlanganlik darajasi, ya’ni 
mavjud transport yo‘laklari va vositalari, energiya, issiqlik, suv va oqova 
tarmoqlari ta’minoti, omborxonalar; 
-
marketing tadqiqotlarida foydalanilgan axborot manbalari va ularni 
o‘tkazish metodikasi. 
Texnik-texnologik bo‘lim loyihani amalga oshirishning turli texnologik 
yechimlarini o‘zida aks ettirib, unda loyiha tuzilishi, loyiha bo‘yicha texnik 
yechimlar, loyihaning hal qiluvchi ko‘rsatkichlari, komponentlari, shuningdek, 
ularning hisob-kitob qilingan qiymatlari bayon qilinadi. 
Ushbu bo‘limda quyidagilar aks ettirilishi lozim: 
-
loyihani amalga oshirish bo‘yicha turli texnologik yechimlar tahlili, 
ularning afzalliklari va kamchiliklari, tanlangan variantni asoslantirish; 
-
loyiha joylashtiriladigan manzil. Bunda loyiha uchun tanlangan joy 
tanlovi, xomashyo manbalari va yetkazib beruvchilari, mahsulot va xizmatlarning 
iste’molchilariga nisbatan joylashgan masofa, muhandislik-transport (temir yo‘l 
magistrallari, avtomobil yo‘llari, quvurlar, energetika manbalari va hokazo) va 
aloqainfratuzilmasiga yaqinlik, geografik o‘ziga xosliklar; 
-
loyiha quvvati, loyiha quvvatini o‘zlashtirish sur’atini taxminiy 
asoslantirishni belgilab beruvchi loyiha ko‘lami; 
-
texnologiyalar va uskunalar tanlovini asoslantirish, dunyo standartlariga 
muvofiqligi, shu vaqtgacha foydalanilayotgan uskunalar bilan texnologik muvofiq 
kelishi, “narx-sifat” bo‘yicha eng maqbul muvofiqlik, texnologiyalar va uskunalar 
tanlovining muqobil variantlari, innovatsion uskunalarni qo‘llash, loyihada sifat 
ko‘rsatkichlaridan foydalanilishi, loyihaga qo‘yiladigan texnik va texnologik 
talablarni belgilovchi normativ hujjatlar; 
-
xatarlarning asosiy omillarini belgilovchi texnik xatarlarni baholash, 
o‘zgarishlarning taxminiy xususiyatlari va ko‘lami, xatarlarni kamaytirish bo‘yicha 


ko‘zda tutilgan tadbirlar. 
Loyiha va texnik yechimlarni tanlashda faqatgina salbiy ekologik ta’siri eng 
kam va ijtimoiy-iqtisodiy samarasi eng yuqori bo‘lgan yechimlar tanlab olinadi. 
Ekologik bo‘limda loyihaning ekologik jihatlari aks ettiriladi. Ushbu 
bo‘limda quyidagilar aks ettirilishi lozim: 
-
loyihaning atrof muhit holatiga ta’sirini baholash, loyihani amalga 
oshirish natijasida yetkaziladigan ekologik zarar miqdorini baholash va 
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat 
qo‘mitasi xulosasini inobatga olgan holda, uning salbiy ta’sirini kamaytirish 
bo‘yicha ko‘zda tutilayotgan chora-tadbirlar; 
-
ham hududda, ham butun mamlakatdagi ekologik vaziyatni yaxshilash 
uchun loyihada nazarda tutilayotgan chora-tadbirlar va ularning miqdor 
ko‘rinishidagi natijalari. 
Institutsional bo‘lim loyihaning butun yashash davri davomida uni 
boshqarish sxemasini o‘z ichiga olgan bo‘lishi hamda huquqiy asoslar, boshqaruv 
tuzilmasi va moliyaviy xarajatlar bahosi tasvirlanishi lozim. Loyihani amalga 
oshirishda ishtirok etuvchilarning o‘zaro birgalikdagi harakati, xarajatlar, foyda va 
majburiyatlar taqsimoti, shuningdek, institutsional xavf-xatarlar, xatarlarning 
asosiy omillarini belgilovchi jihatlar, o‘zgarishlarning taxminiy xususiyatlari va 
ko‘lami, xatarlarni kamaytirish bo‘yicha ko‘zda tutilgan tadbirlar. 
Arxitektura-qurilish bo‘limida quyidagilar aks ettirilishi lozim: 
Vaziyatni rejalashtirish: 
-
qurilish 
maydoni 
(trassasi)ning 
shaharsozlik 
talablari, 
tumanni 
rejalashtirish loyihalari, shahar va qishloq aholi punktlarining bosh rejalariga 
muvofiq holda joylashtirish sxemalari, tarmoqlar, temir va avtomobil yo‘llari, neft 
va gaz quvurlari, energiya tizimlari, aloqa tarmoqlarini inobatga olgan holda 
hududni arxitektura-rejalashtirish loyihalari bayoni; 
Bosh reja sxemasi, bino va korpuslar joylashuvi: 
-
bosh reja, maydondagi ichki va tashqi transport bo‘yicha yechimlar, 
asosiy rejalashtirish yechimlari, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish 
bo‘yicha tadbirlar, muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarni joylashtirish, 
korxonani qo‘riqlashni tashkil qilish bo‘yicha yechimlar, asosiy ko‘rsatkichlar 
(hudud maydoni, qurilishlar, kirish yo‘llari va maydonchalar, daraxtlar, yo‘llar va 
kommunikatsiyalarning uzunligi, binolar zichligi va boshqalar) bayoni; 
Qurilish maydoni (trassasi)ning tavsifi: 
-
muhandislik-geologik, muhandislik-gidrometeorologik (iqlim) shart-
sharoitlari, qurilish maydonining seysmik xususiyati va boshqalar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar. 
Asosiy 
hajm-rejalashtirish 
va 
konstruksiya 
yechimlari, 
ularning 
xususiyatlari: 
-
asosiy bino va inshootlar bo‘yicha konstruksiya yechimlarini 
shaharsozlik talablariga muvofiq asoslantirish va ularning bayoni; 
-
ta’mirlanadigan bino va inshootlarni texnik tekshiruvdan o‘tkazish va 
ularning yuk ko‘tarish imkoniyati holati to‘g‘risidagi xulosalar asosida ushbu bino 


va inshootlarning tayanch konstruksiyalarini ta’mirlash-tiklash ishlari yoki ularni 
kuchaytirish yo‘llari bo‘yicha texnik yechimlar bayoni; 
-
ishchilarga sanitar-maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yechimlar bayoni; 
-
qurilishdagi maxsus tadbirlar bayoni (obyektning portlash va yong‘in 
xavfsizligi, qurilish konstruksiyalarini nurashdan himoyalash, shovqin va 
titrashdan himoyalash, cho‘kishga, zilzilaga qarshi va boshqa tadbirlar); 
-
ishchilar salomatligini muhofaza qilish va aholining imkoniyati 
cheklangan qatlami hayoti faoliyati uchun shart-sharoitlarni ta’minlash (zarurat 
bo‘lganda) bo‘yicha yechimlar; 
Uchastkani tayyorlash va o‘zlashtirish: 
-
qurilishni loyihada belgilangan muddatlarda amalga oshirish, maydonda 
ichki va tashqi tayyorgarlik ishlarini bajarishga yordam beradigan tashkiliy va 
texnik chora-tadbirlar bayoni. 
Muhandislik uskunalari, tarmoqlari va tizimlari: 
-
muhandislik tarmoqlari, kommunikatsiyalari va inshootlari (suv 
ta’minoti, oqava tarmoqlari, elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, issiqlik ta’minoti, 
yong‘inni o‘chirish, havo aylanishi, aloqa, xabar berish tizimi va hokazo) bo‘yicha 
texnologik va texnik yechimlar bayoni, asosiy ko‘rsatkichlari; 
-
muhandislik inshootlari (suv ta’minoti, oqava tarmoqlari, elektr 
ta’minoti, gaz ta’minoti, muhandislik tarmoqlarida dispetcherlik, avtomatlashtirish 
va boshqarish, elektr uskunalar, elektr yoritish, chaqmoqdan himoya, qo‘riqlash va 
yong‘inga qarshi xabar berish tizimlari, aloqa vositalari va hokazo) bo‘yicha 
muhim yechimlar va parametrlar. 
Qurilish-montaj ishlari hajmining pul ifodasidagi qiymati: 
-
o‘xshash loyihalar, ommaviy loyihalar, takroran qo‘llaniladigan yakka 
tartibdagi loyihalardan foydalangan holda amalga oshirilgan variantlarni, tijorat 
takliflari asosida va (yoki) qabul qilingan loyiha yechimlari bo‘yicha qurilish 
chizmalari, nuqson dalolatnomalari, jismoniy ishlar hajmlari asosida qurilish-
montaj ishlarining chegaralangan qiymati hisob-kitoblari; 
Arxitektura-qurilish bo‘limiga ilovalar ichida quyidagilar taqdim etiladi: 
-
mavjud va loyihalashtirilayotgan tashqi kommunikatsiyalar, muhandislik 
tarmoqlari va turar joylar uchun mo‘ljallangan hududlar, sanitar himoya zonalari, 
alohida muhofaza qilinadigan hududlarning chegaralari, trassalar rejasi (chiziq 
bo‘ylab joylashgan inshootlar uchun) ko‘rsatilgan holda qurilish maydonining 
joylashuv sxemasi; 
-
mavjud, loyihalashtirilayotgan, rekonstruksiya qilinadigan va buzilishi 
kerak bo‘lgan bino va inshootlar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish 
joylari, maydon ichidagi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari 
bo‘yicha muhim yechimlar chizilgan, ishga tushirish majmualariga kiruvchi 
obyektlar ajratib ko‘rsatiladigan bosh reja sxemasi; 
-
asosiy yuk ko‘taruvchi va to‘siq konstruksiyalarni sxemada aks ettirgan 
holda asosiy bino va inshootlarning rejalari, kesimlari va old tomoni; 
-
muhandislik kommunikatsiyalarini ulash (olib o‘tish) uchun texnik 
shartlar; muhandislik tarmoqlarining prinsipial chizmalari; texnik ko‘rsatkichlari 


aks ettirilgan holda, loyihada qabul qilingan uskuna va materiallar ro‘yxati; 
Smeta hujjatlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: 
-
reyestr (loyihaning raqamlangan betlardan iborat mahalliy smeta hisob-
kitoblar bo‘yicha mundarijasi); 
-
qurilish qiymatini hisoblash metodikasi ko‘rsatilgan tushuntirish xati; 
-
qiymatning yig‘ma smeta hisob-kitoblari (qurilishning boshlang‘ich 
bahosi, obyektning batafsil yig‘ma hisob-kitoblari, kontrakt-shartnoma bo‘yicha 
narxlar); 
-
loyihada ko‘zda tutilgan barcha obyektlar bo‘yicha mahalliy resurs 
smetalari va mahalliy resurs vedomostlari; 
-
boshqa xarajatlar va (pudrat tashkiloti belgilangan taqdirda) davlat 
ekspertizasidan o‘tkazilgan mashina va mexanizmlarni ishlatish qiymati hisob-
kitoblari. 
Smeta hujjatlari 1 nusxada, tahrir qilish imkoniyati bo‘lgan elektron shakli 
bilan birga taqdim etiladi. 
Moliya bo‘limi moliyaviy xarajatlar va daromadlarning dastlabki baholari va 
asoslarini, loyihani moliyalashtirishning muqobil sxemalari va manbalarini, 
shuningdek, loyihani amalga oshirishning moliyaviy samaradorligini baholash, 
moliyaviy modelini o‘zida aks ettiradi. Ushbu bo‘limda quyidagilar aks ettirilishi 
lozim: 
-
loyihaning amalga oshirish yillari va texnologik bosqichlari bo‘yicha 
investitsiya davri, loyiha doirasidagi chora-tadbirlarning ketma-ketligi va 
davomiyligi tasviriy ko‘rinishda, vaqt bo‘yicha (grafik-reja), moliyalashtirish 
manbalari va hajmlarini inobatga olgan holda aks ettirilgan loyihani amalga 
oshirishning batafsil grafigi; 
-
investitsiya xarajatlarining umumiy hisob-kitobi, moliyalashtirish 
ehtiyojlarining loyiha bosqichlari va moliyalashtirish hajmlari bo‘yicha taqsimoti; 
-
ishlab chiqarish xarajatlari (ekspluatatsiya xarajatlari) hisob-kitobi; 
-
loyihaning boshqa xarajatlari hisob-kitobi; 
-
loyihaning quyidagilarni o‘z ichiga olgan moliyaviy ko‘rsatkichlari: 
-
mahsulot tannarxi, tariflar, mahsulot (xizmat)ning chiqish narxi hisob-
kitobi; 
-
savdolardan keladigan tushum hisob-kitobi, taqsimlanmagan va sof foyda 
hisob-kitobi; 
-
pul mablag‘lari oqimining yig‘ma hisob-kitobi; 
-
diskont usullari yordamida loyihani tahlil qilish, shu jumladan sof diskont 
daromad (NPV), foydalilikning ichki normasi (IRR), diskontlanadigan foyda va 
xarajatlar nisbati (B/C), xarajatlarni qoplashning diskontlangan muddatini 
hisoblash; 
-
loyiha likvidligi tahlili; 
-
kredit yoki budjet mablag‘larini olayotgan loyiha ishtirokchilarining 
so‘nggi ikki yil uchun buxgalterlik hisoboti shakllari; 
-
kredit yoki budjet mablag‘larini olayotgan loyiha ishtirokchilarining joriy 
moliyaviy holati, shu jumladan: 


-
korxonaning likvidligini baholash; 
-
korxonaning mustaqilligini baholash; 
-
o‘z mablag‘larining daromadliligini baholash; 
-
kiritilgan mablag‘larning daromadliligini majburiyatlarni inobatga olgan 
holda baholash; 
-
moliyalashtirish sxemasi, manbalari va shartlari, shuningdek, ularning 
muqobil variantlari; 
-
moliyaviy xavf-xatarlarni baholash, xatarlarning asosiy omillarini 
belgilovchi jihatlar, o‘zgarishlarning taxminiy xususiyatlari va ko‘lami, xatarlarni 
kamaytirish bo‘yicha ko‘zda tutilgan tadbirlar. 
Iqtisodiy bo‘limda loyihaning butun respublika yoki hudud iqtisodiyoti 
nuqtai nazaridan tahlili aks ettiriladi. Ushbu bo‘limda quyidagilar ko‘rsatilishi 
lozim: 
-
loyihaning iqtisodiy foyda va xarajatlarini baholash, shu jumladan loyiha 
natijalari, oqibatlari va ta’siri tahlili, sarf-xarajatlari va o‘lchab bo‘lmaydigan 
foydalari, qo‘shilgan foydalar va sarflari, qaytarib bo‘lmaydigan sarf-xarajatlari, 
tashqi ta’sirlar, loyihadan keladigan bilvosita foydani baholash; 
-
tarmoqlarni rivojlantirish Konsepsiyalari doirasida, loyihani va ishlab 
chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish, mavjud quvvatlardan foydalanish
shuningdek, xomashyo va ishlab chiqariladigan mahsulot bozori konyunkturasi 
bilan uzviy bog‘liqlikda loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi. 
-
Ijtimoiy bo‘lim loyihaning ijtimoiy jihatlarini va uni amalga oshirishdan 
benefitsiarlar ko‘radigan foydani o‘zida aks ettiradi. Ushbu bo‘limda quyidagilar 
ko‘rsatilishi lozim: 
-
loyihaning mehnat resurslariga ehtiyoji va uning aholi bandligiga ta’siri; 
-
ishchilar va mutaxassislarni o‘qitish va qayta tayyorlash dasturi; 
-
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi normalari; 
-
mavjud quvvatlardan foydalanish va ularni optimal joylashtirish 
doirasida loyihaning qabul qilingan hukumat qarorlari hamda tarmoqlar, hududlar 
bo‘yicha ijtimoiy sohadagi va “boshqa tarmoqlardagi” rivojlantirish 
Konsepsiyalariga muvofiqligini hisobga olgan holda uning ijtimoiy ahamiyati. 
Umumiy xulosalarda loyihaning asosiy ustunliklari va kamchiliklari, 
loyihani amalga oshirishning eng maqbul variantini tanlash bo‘yicha xulosalar va 
tafsilotlar, boshqa xulosalar aks ettiriladi. 
TIA/TIHKga quyidagilar ilova qilinishi lozim: 
-
yuridik hujjatlar, shu jumladan: 
-
korxonaning ustavi va ta’sis shartnomasi; 
-
litsenziya (agar ushbu faoliyat turi Maxsus litsenziya talab qiluvchi ayrim 
faoliyat turlari ro‘yxatiga kiradigan bo‘lsa); 
-
amalga oshirilayotgan va amalga oshirish rejalashtirilgan loyihalarni 
inobatga olgan holda, korxona (qarz oluvchi) bo‘yicha loyihani moliyalashtirish 
uchun o‘z mablag‘lari yetarli ekanligini asoslovchi pul mablag‘lari oqimi prognozi; 
-
xarid qilinayotgan uskunalar bo‘yicha tijorat takliflari (prays-varaqlar va 
boshqalar) va/yoki tuzilgan shartnomalar (ular mavjud bo‘lganda); 


-
korxonaning (qarz oluvchi, investorlar, kafillar, loyiha bo‘yicha kafolat 
beruvchilar) davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan so‘nggi 2 yil 
uchun to‘liq yillik buxgalterlik hisoboti; 
-
xorijiy sheriklar (ta’sischilar) to‘g‘risida ma’lumot; 
-
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 
xulosasi, boshqa hujjatlar. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə