Educational materials



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   231
Educational materials

 
 
 
 
16-mavzu. Investitsion jarayon va uning tarkibiy tuzilishi 
 
Reja: 
16.1. “Investitsion jarayon” tushunchasi va uning mazmuni.
16.2. Investitsiya loyihasining hayotiylik tsikli. Investitsion jarayon 
bosqichlari: investitsiya oldi, investitsiya va ishlab chiqarish (ekspluatatsiya) 
bosqichlari. Investitsion jarayon har bir bosqichining mazmun-mohiyati, maqsadi 
va vazifalari. 
16.3. Investitsiya loyihalarini ekspertizasi. 
Tayanch iboralar: 
investitsion jarayon, investitsiya institutlari, investitsiya 
fondlari, loyiha hayotiyligi tsikli, investitsiya oldi, investitsiya va ishlab chiqarish 
(ekspluatatsiya) bosqichlari, loyiha ekspertizasi. 
16.1. “Investitsion jarayon” tushunchasi va uning mazmuni. 
Ma’lumki, investitsion jarayon investitsiyalashda hodisa, holatlarning birin-
ketin almashinuvini, foyda olish yoki boshqa ijobiy natijaga erishish uchun 
bo’ladigan ketma-ket harakatlarning majmuini anglatadi. Shu bilan birga, 
investitsiya jarayonining bosh nuqtasi qayerdan yoki nimadan boshlanadi? Yoki 
qaerdan «start» oladi? Biz, ko’pchilik iqtisodchilarning investitsiyalashning asosini 
jamg’armalar tashkil qiladi, degan fikriga qo’shilamiz. Shu nuqtai nazardan olib 
qaraganda, investitsiya jarayonining bosh nuqtasini jamg’arma tashkil qiladi. 
Bundan ko’rinadiki, investitsiya jarayonini amalga oshirish uchun jamg’armalar 
bo’lishi talab etiladi. Jamg’armaning mavjud emasligi investitsiyalashni yo’qqa 
chiqaradi va investitsiyalash to’g’risida so’z yuritishning hojati ham bo’lmaydi. 
Demak, investitsiya jarayonini tushunishda resurslarni jamg’arish jarayonini ham 
birga olib qarash uning mohiyatini yanada oydinlashtiradi. Chunki, investitsiya 
qilishdan oldin resurslarni jamg’arish zarur bo’ladi. Bir vaqtning o’zida, bozor 
munosabatlarining rivojlanishi bilan xo’jalik subyektlari o’rtasidagi kapitalning 
oqimi tezlashadi va bu jarayonda bir xo’jalik subyektning resurslarni jamg’arishi 
boshqalari uchun investitsiya qo’yishdan iborat bo’ladi. Xo’jaliklar, ko’p hollarda, 
investitsiya qo’yish uchun o’z mablag’lari etmaganda qimmatli qog’ozlar 
chiqaradilar. Bu jarayon ular uchun resurslarni jamg’arishdir, ammo qimmatli 
qog’ozlarni sotib oluvchilar uchun investitsiya qilishdir. Bu holat investitsiya 


jarayoniga investorlarning resurslarni jamg’arish va ularni qo’yish bilan bog’liq 
harakatlari majmuasi, deb qarashga asos bo’ladi.
Investitsiyalarning g’oyat bir muhim tomoni shundaki, ular multiplikatsion
samaraga (hodisaga) sababchi bo’ladi. Keynschilik multiplikator kontseptsiyasiga 
ko’ra, investitsiya, iste’mol va milliy daromad o’rtasida barqaror bog’liqlik mavjud 
– investitsiyaga qilingan har bir xarajat boshlang’ich daromadlarga aylanadi, bu 
daromadlar yana xarajat qilinadi va yana boshqalarning daromadlariga aylanadi va 
jarayon shu tarzda davom etadi, bu, o’z navbatida, bandlik va ishlab chiqarish 
hajmining o’sishini ta’minlab beradi. 
Bir vaqtning o’zida multiplikatsion jarayon investitsiya resurslarini 
harakatga keltirib, ishlab chiqarish faolligini kengaytiradi, ilgariga qaraganda 
ko’proq mahsulot, daromad yaratiladi. Ular yana qaytadan iste’mol qilinadi va 
investitsiyaga ajratiladi. Shunday tarzda ilgariga qaraganda ko’proq daromadning 
investitsiyaga aylanishi ishlab chiqarishning uzluksiz kengayib borishini 
ta’minlaydi. Bunda investitsiya beradigan daromad bank foizidan kam bo’lmasligi 
zarur, aks holda, pulni investitsiya qilgandan ko’ra jamg’arish qulay bo’ladi.
Investitsiya qilib olingan daromad darajasini ifodalash uchun multiplikator 
koeffitsienti ko’rsatkichi qo’llaniladi. Mazkur ko’rsatkich daromad o’sishi bilan 
investitsiya o’sishi o’rtasidagi bog’lanishni ifodalaydi, ya’ni investitsiya evaziga 
olingan daromad pasaysa, investitsiya faolligi ham susayadi.
Daromad o’sishining investitsiyaga ta’sir doirasini ko’rsatish maqsadida 
iqtisodchilar akselerator tushunchasini kiritishgan. Akselerator – investitsiyalar 
o’sishining milliy daromadga nisbatini ifodalovchi koeffitsient bo’lib, u joriy 
yildagi investitsiya o’sishining o’tgan yilgi milliy daromad o’sishiga nisbati tarzida 
aniqlanadi. U daromadning o’sishining investitsiya o’sishiga ta’sirini ko’rsatadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, investitsiya jarayonining mohiyatini 
yoritganda uni jamg’arish (resurlar), qo’yish (xarajatlar) va foyda (daromad) 
olishdan iborat dinamik jarayonda olib qarash lozim. Investitsiya jarayonining 
asosida investitsiyadagi ketma-ketlik, ya’ni resurslar (jamg’arish) – investitsiya 
qo’yish (xarajatlar) – foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishi ketma-
ketligi yotishi kerak (13-rasm). Ammo, bu yerda shu narsani e’tiborga olish 
lozimki, daromad investitsiya jarayonida emas, balki ishlab chiqarish jarayonida 
yaratiladi. Yaratilgan daromadning bir qismi iste’mol qilinadi, qolgani 
jamg’ariladi.

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə