Investitsiya jarayoni tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlarini tashkil etish
uchun mol-mulklarning kapitallashuvini ta’minlash maqsadida investorlarning
resurslarni jamg’arish va ularni turli shaklda qo’yish bilan bog’liq
harakatlari
yig’indisi, deb tushunilishi kerak. Bu jarayon jamg’arish (resurslar) – investitsiya
qo’yish (xarajatlar) – mol-mulk kapitallashuvi – iqtisodiy yoki ijtimoiy samara
ketma-ketligidan iborat bo’ladi. Albatta, bu holatda pul shaklida qo’yilgan
investitsiyalar mol-mulk kapitallashuvini anglatmaydiku?, degan savol tug’ilishi
mumkin. Shuni alohida qayd qilish lozimki, investitsiya jarayonining natijasida pul
mablag’lari, oxir-oqibatda, kapital mol-mulklarning kapitallashuviga olib keladi.
Chunki, investitsiya qo’yishdan maqsad daromad olish ekan,
faqatgina mol-
mulklarning kapitallashuvigina daromad olish uchun sharoit yaratadi. Shuning
uchun ham pul mablag’lari, aktsiya, obligatsiya va boshqa moliyaviy shaklda
investitsiya qilishdan maqsad mol-mulklarning kapitallashuvini ta’minlash, ularni
yangilash va zamonaviylashtirishdan iborat.
Umumlashtiradigan bo’lsak,
resurslar, ularni qo’yish va bu jarayon
natijasida foyda (daromad) olish bir-biri bilan uzviy bog’langan bo’lib, investitsiya
qilishdan oldin resurslar jamg’ariladi, so’ng ular foyda (daromad) yoki ijtimoiy
samara olish maqsadida iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga joylashtiriladi.
Resurslarsiz qo’yish jarayoni bo’lmaydi, resurslar qo’yilmas ekan foyda (daromad)
yoki ijtimoiy samara olish ham mumkin emas va shuningdek,
resurslar qanday
turda bo’lishidan qat’iy nazar ularning manbai daromaddir.
Demak,
yuqorida
aytib
o’tilganidek, resurslar
(jamg’arish)
–
investitsiyalashning bosh nuqtasidir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shakllaridan
qat’iy nazar investitsiyalar kapitalni (resurslarni) jamg’arish jarayonining natijasi
hisoblanadi. Jamg’arish investitsiya qo’yishning asosi bo’lib, u qo’yiladigan
investitsiyalarning hajmini ham belgilab beradi.
Fikrimizcha, investitsiya faoliyatida investitsiyalarning ketma-ketligi va
ularning o’zgaruvchanligi, ya’ni resurslar (qiymatliklar) – qo’yish (xarajatlar) va
investitsiya natijasida samara (foyda, daromad) olish yotishi kerak.
Agar samara
olinmasa investitsiyalashga rag’bat ham bo’lmaydi.
Investitsiyalashning bosh bosqichlari quyidagilar bo’ladi: resurslarni kapital
qo’yilmalarga aylantirish (resurslarning kapitallashuvi), ya’ni bunda investitsiyalar
investitsiya faoliyatining aniq obyektlariga transformatsiyasi jarayoni yuz beradi;
qo’yilgan mablag’larning kapital qiymati o’sishiga aylanishi (ekspluatatsiyaga
berilgan obyektlar va ishlab chiqarish quvvatlari shaklida); kapital qiymatining
daromad (foyda) shaklida o’sishi, ya’ni investitsiyalashning oxirgi (so’nggi)
maqsadi amalga oshiriladi.
Shunday qilib, investitsiyalarning bosh va oxirgi nuqtalari tutashadi. Bunda
yana ketma-ketlik, bir-biri bilan yangi aloqa shakllanib: daromad (foyda) –
resurslar –
oxirgi natija, ya’ni jamg’arish jarayoni takrorlanadi. Demak,
investitsiya faoliyatining mohiyatini tushunishda jamg’arish (resurslar),
investitsiya qo’yish va ularning kapitallashuvi jarayonlarini ham birga olib qarash
lozim.
Investitsiya
faoliyati
investitsiyalash
va
investitsiyalarni,
mulkni
ko’paytirishning asosi hisoblanadi, chunki aynan ana shu faoliyatda investitsiya bir
ko’rinishdan ikkinchi ko’rinishga o’tadi, ya’ni jamg’armalar (resurslar),
qo’yilmalar (xarajatlar), kapital mulk (tayyor mahsulot), iqtisodiy yoki ijtimoiy
samara (daromad, foyda) va kapitalni o’stirish (jamg’arma) shaklini oladi.
Investitsiya jarayoni bilan investitsiya faoliyatining farqi shundaki,
investitsion jarayon maqsadli, maqsadli
harakatni namoyon etmaydi, balki,
umumiy hatti-harakatlarni ifoda etadi va mujassamlashtiradi. Investitsiya faoliyati
aniq maqsadga asoslangan bo’lib, maqsadlarning turlariga qarab, turlicha
yo’nalish, xususiyat, natija va samaraga ega bo’ladi. Investitsiya faoliyati biznes-
g’oyalarni yaratish,
ishlab chiqish, ular asosida investitsiya loyihalarini asoslash,
investitsiya loyihalarini amalga oshirishning moddiy-texnik, moliyaviy va boshqa
asoslarini aniqlash va ta’minlash va shuning asosida investor xarajatlari qoplanishi,
mulkning yanada ko’payshiga erishish hamda bu jarayonda ma’lum
subyektlar
ishtirokini ta’minlash harakatlari va imkoniyatlarini aks ettiradi. Shu jihatdan
investitsiya faoliyati investitsiya jarayoniga nisbatan kengroq tushuncha
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: