Educational, natural and social sciences


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 97,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix22.03.2024
ölçüsü97,67 Kb.
#180628
1   2   3   4   5   6   7   8   9
milliy-ma-naviy-yuksalish-jarayonining-ijtimoiy-tarixiy-masalalari-va-uni-yosh-avlod-tarbiyasida-tutgan-o-rni

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
51 
w
www.oriens.uz
April
2022
 
Qadriyatlar o‘zi nima degan savolga ilmiy adabiyotlarda turlicha qarash va 
yondashuvdagi javoblarni toppish mumkin. Jumladan, falsafaga oid qomusiy 
lug‘atlarda bu tushunchaga “voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, 
ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan 
falsafiy-sotsiologik va aksiologik tushuncha” deb ta’rif bersalar, yana bir boshqa 
manbada “qadriyatlar muayyan jamiyat yoki sinfga mansub kishilar turmushi va 
madaniyatining haqiqiy yoki ideal ne’matlari bo‘lgan tabiat va jamiyat hodisalarining 
mohiyati (yoki hodisaning bir jihati)dir. Bu ne’matlarning qadriyatlar deyilishiga 
sabab – kishilar ularni qadrlaydilar, chunki bu qadriyatlar ularning shaxsiy va 
ijtimoiy turmushini boyitadi. Shuning uchun ham kishilar o‘z tasarruflaridagi 
qadriyatlarni himoya qiladilar va o‘zlari uchun maqsad yoki ideal bo‘lgan 
qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar” deb e’tirof etilganini ko‘rishimiz mumkin. 
Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, o‘z ichida bir necha turlarga bo‘linadi. 
Masalan, tabiiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, moddiy, ma’naviy, axloqiy, diniy 
qadriyatlar shular jumlasidandir. Sanab o‘tilganlar ichida milliy g‘oyani 
rivojlantirishda mukammal darajada shakllangan axloqiy qadriyatlarning o‘rni 
beqiyosdir. Sababi, axloqiy qadriyatlar halollik, poklik, o‘zaro yordam, adolatlilik, 
haqiqatgo‘ylik, ezgulik, tinchlik, shaxs erkinligi, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, 
vatanparvarlik kabi bir qator yuksak umminsoniy fazlilatlarni qamrab oladi. Aynan 
shu fazilatlarni mujassamlashtirgan xalq vakillari yaxshilik, burch, vijdon, or-nomus, 
sabr, farosat, kamtarlik, andisha kabi axloqning o‘ziga xos o‘lchamlarini o‘zida 
namoyon etadi va shu bilan birgalikda millat, xalq va yurt taqdiriga daxldor 
tushuncha milliy g‘oyani rivojlantirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shadi. 
Qadriyatlar ichida ma’naviy qadriyatlar ham inson ijtimoiy mohiyatini belgilashda 
muhim ahamiyatga egadir. Ma’naviy qadriyatlarga yuksak axloq, imon, e’tiqod, 
insof-diyonat, yaxshi xulq-atvorni targ‘ibot qiluvchi boy ma’naviy merosimiz, urf – 
odatlarimiz, an’analarimiz kiradi. Shu ma’noda ma’naviy qadriyat tushunchasi milliy 
g‘oyani rivojlantirishning ijtimoiy-ahloqiy masalalari tarkibiga kiruvchi miliy an’ana 
va urf-odatlarni o‘zida mujassamlashtirgan ma’naviy munosabatlarni shakllantirish 
tamoyili bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Milliy an’ana va urf-odatlarni o‘zida mujassamlashtirgan ma’naviy 
munosabatlarni shakllantirish tamoyili. Mazkur tamoyilning mazmun – mohiyati 
shundan iboratki, har bir millatning o‘z ma’naviyatini chuqur anglashi, ongining 
tarkibiy qismiga aylantirishi jamiyat a’zolari o‘rtasidagi qadr hissini boyitib, ularning 
o‘zaro munosabatlarini mustahkamlaydi hamda vatan kelajagi uchun yagona kuch 
bo‘lib birlashishga xizmat qiladi. Ma’naviyat tushunchasi arab tilidan olingan bo‘lib, 



Yüklə 97,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə