Ehtimollar nazariyasining predmeti va uning iqtisodiy, texnik masalalar uchun ahamiyati


-mavzu Hodisalar ustida amallar. Shartli ehtimollik



Yüklə 73,55 Kb.
səhifə4/9
tarix23.09.2023
ölçüsü73,55 Kb.
#123490
1   2   3   4   5   6   7   8   9
EHTIMOLLAR NAZARIYASINING PREDMETI VA UNING IQTISODIY, TEXNIK MASALALAR

2-mavzu
Hodisalar ustida amallar. Shartli ehtimollik
Reja:

    1. Hodisalar ustida amallar.

    2. Shartli ehtimollik.

Ikkita A i V tasodifiy hodisalar bir-biri bilan qancha-lik bog‗langan, bu hodisalardan bittasining sodir bo‗lishi ik-kinchisining sodir bo‗lish imkoniyatiga qay darajada ta‘sir qi-ladi degan savol tez-tez paydo bo‗ladi.
Ikkita hodisa o‗rtasidagi bog‗lanishning eng sodda misoli sifatida hodisalardan birining sodir bo‗lishi ikkinchisining albatta sodir bo‗lishiga olib keladigan yoki, aksincha, hodisalar-dan birining sodir bo‗lishi ikkinchisining sodir bo‗lish imko-niyatini yo‗qqa chiqaradigan holatlarni keltirish mumkin.
Agar eksperiment natijasida A va V hodisalar bir vaqt-ning o‗zida ro‗y berishi mumkin bo‗lmasa, ular birgalikda bo‘lma-gan hodisalar deb ataladi, aks holda esa birgalikda bo‘lgan hodi-salar deb ataladi.
1-misol. Yashikdan tavakkaliga bitta detal olindi. Uning standart bo‗lishi nostandart ekanligini istisno qiladi. «Tavak-kaliga olingan detalning standart bo‗lishi» va «Tavakkaliga olingan detalning nostandart bo‗lishi» hodisalari birgalikda bo‗lmagan hodisalardir.
Agar hodisalar elementar hodisalar fazosining qism to‗p-lamlari sifatida qaralsa, u holda hodisalar o‗rtasidagi munosa-batlarni to‗plamlar o‗rtasidagi munosabatlar sifatida talqin qilish mumkin. Birgalikda bo‗lmagan hodisalar — bu umumiy elementar hodisalarga ega bo‗lmagan hodisalardir.
Agar eksperiment natijasida A hodisaning ro‗y berishidan V hodisaning ro‗y berishi albatta kelib chiqsa, A hodisa V hodi-sani ergashtiradi deyiladi va bu A B orqali belgilanadi. Agar A B va B A bo‗lsa, u holda A B bo‗ladi.
2-misol. Shashqoltosh tashlanmoqda. «4 raqamli tomon chiq-di» hodisasi «juft ochko chiqdi» hodisasini ergashtiradi.
Ikkita A va V hodisalarning yig‘indisi deb yo A hodisaning, yo V hodisaning, yo shu ikkala hodisaning ro‗y berishidan iborat bo‗lgan hodisaga aytiladi. U A+V yoki A B orqali belgilanadi. Bir nechta hodisalarning yig‘indisi deb shu hodisalardan hech bo‗lmaganda bittasining ro‗y berishidan iborat bo‗lgan hodisaga aytiladi.

Yüklə 73,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə