Ehtimollar nazariyasining predmeti va uning iqtisodiy, texnik masalalar uchun ahamiyati



Yüklə 73,55 Kb.
səhifə5/9
tarix23.09.2023
ölçüsü73,55 Kb.
#123490
1   2   3   4   5   6   7   8   9
EHTIMOLLAR NAZARIYASINING PREDMETI VA UNING IQTISODIY, TEXNIK MASALALAR

3-misol. Zambarakdan ikki marta o‗q uzilmoqda. Agar A ho-disa birinchi o‗q uzishda nishonga tegish, V esa ikkinchi o‗q uzish-da nishonga tegish hodisasi bo‗lsa, u holda A+V hodisasi yo bi-rinchi o‗q uzishda, yo ikkinchi o‗q uzishda, yo ikkala o‗q uzishda ni-shonga tegish hodisasi bo‗ladi.
Ikkita A va V hodisalarning ko‘paytmasi deb A va V hodi-salarning birgalikda ro‗y berishidan iborat bo‗lgan hodisaga ay-tiladi. U AV yoki A B orqali belgilanadi. Bir nechta hodisa-larning ko‘paytmasi deb shu hodisalardan hammasining birga-likda ro‗y berishidan iborat bo‗lgan hodisaga aytiladi.
4-misol. O‗q uzishda nishonga tegish va xato ketish — qarama-qarshi
hodisalar. Agar A nishonga tegish bo‗lsa, u holda A xa-to ketishdir.
A hodisaning ro‗y berishi va V hodisaning ro‗y bermasli-gidan iborat bo‗lgan hodisa A va V hodisalarning ayirmasi deb ataladi va \V orqali belgilanadi.
Agar ikkita hodisadan birining ehtimolligi ikkinchisi-ning ro‗y berishi yoki ro‗y bermasligiga bog‗liq bo‗lmasa, u holda bunday hodisalar bog‘liqmas deb ataladi. Aks holda bu hodisalar bog‘liq deb ataladi.
5-misol. Tanga 2 marta tashlanmoqda. Birinchi tashlashda gerbning chiqishi (A hodisa)ning ehtimolligi ikkinchi tashlash-da gerbning chiqishi (V hodisa)ga bog‗liq emas. O‗z navbatida, ik-kinchi tashlashda gerbning chiqishi birinchi tashlashning natija-siga bog‗liq emas. Shunday qilib, A va V hodisalar bog‗liq emas.
Agar bir nechta hodisaning ixtiyoriy ikkitasi o‗zaro bog‗liq bo‗lmasa, u holda bunday hodisalar juft-jufti bilan bog‘liq emas deb ataladi.
A va V ikkita tasodifiy hodisa bo‗lib, bunda P (B )  0 bo‗l-sin. Bog‗liq hodisalarning ta‘rifidan ikkita hodisadan biri-ning ehtimolligi ikkinchisining ro‗y berishi yoki ro‗y bermasli-giga bog‗liq ekanligi kelib chiqadi. Shuning uchun, agar bizni A hodisaning ehtimolligi qiziqtirsa, u holda V hodisaning ro‗y berganligini bilish muhimdir.
A hodisaning V hodisa ro‗y berganligi shartidagi ehtimol-ligi shartli ehtimollik deb ataladi va P ( A / B ) orqali belgi-lanadi.



Yüklə 73,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə