Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72

138
foydalanish oqibatida uning kamayishi yuz beradi. Ilgari yov-
voyi holda o‘suvchi o‘simliklardan (ayniqsa, qizilmiyadan) dorivor
va  oziq-ovqat  xomashyosi  sifatida  cheklanmagan  holda  ayovsiz
foydalanilgan.
O‘simliklar  dunyosi  obyektlaridan  foydalanish  quyidagi  tur-
larda amalga oshiriladi:
•  chorvachilik  ehtiyojlari  uchun  yovvoyi  oziqa  mahsulotini
tayyorlash;
• chorva mollarni o‘tlatish;
• o‘simlik dunyosi obyektlaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari
uchun  foydalanish;
• yovvoyi o‘simliklar texnik xom ashyosini tayyorlash;
• yovvoyi o‘simliklar dorivor xomashyosini tayyorlash (yig‘ish);
• yovvoyi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun tayyor-
lash  (yig‘ish);
• daraxt va butalarni kesish;
• o‘simlik dunyosi  obyektlaridan  ilmiy tadqiqot maqsadlarida
foydalanish;
• o‘simlik dunyosi obyektlaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiya-
viy, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foy-
dalanish;
•  o‘simlik  dunyosi  obyektlaridan  tabiatni  muhofaza  qilish
maqsadlarida foydalanish.
Muhofaza qilish va oqilona foydalanishni talab etuvchi  o‘sim-
liklar  dunyosi  o‘rmon  (to‘qay)  o‘simliklari  (daraxtlar  va  butalar)
hisoblanadi.  Masalan,  XX  asr  boshlaridan  Quyi  Amudaryo  to‘-
qaylari maydoni 6—7 baravar qisqardi. Qishloq xo‘jaligi dalalariga
aylantirilgan to‘qaylar (asosan, endem turong‘il teraklari), ayniqsa,
qat’iy  antropogen  ta’sirga  uchradi.  Bunday  harakatlar  natijasida
Amudaryo  sohili  bo‘yida  ularning  maydoni  150  ming  ga.dan
(1928-yilda) 20—22 ming ga.gacha (1998-yilda) qisqargan. Òo‘qay
bilan  qoplangan  yerlardan  noto‘g‘ri  foydalanish  natijasida
o‘rmonlashuv darajasining pastligiga olib kelindi. Haddan ziyod va
tartibsiz chorva mollarining boqilishi, daraxtlar va butalarni noqo-
nuniy kesish o‘rmon fondiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.


139
Daraxt  ko‘chatlarini  ekish  o‘rmonzor  barpo  etishning  eng
samarali uslubi hisoblanadi. So‘nggi yillarda o‘rmonzorlar barpo
etishda bu usulning ulushi asta-sekin ortib bormoqda, biroq ta-
lablar darajasida emas. Jumladan, Orol dengizining qurigan tu-
bida ihota daraxtzorlari tashkil etishga eng asosiy e’tibor qaratil-
moqda. Har yili dengizning qurigan tubida saksovul va boshqa
qumda  o‘sadigan  o‘simliklardan  iborat  o‘rtacha  15—20  ming
gektar  ihotazor  barpo  etiladi.
Ihota  daraxtlarining  ildizi  qum-tuproqning  ustki  qatlamini
mustahkamlaydi, o‘t-o‘lanlarning paydo bo‘lishiga sharoit yaratadi
va, o‘z navbatida, biosenotik xilma-xillikning ko‘payishiga yordam
beradi.  Shuningdek,  ihotazorlar  shamollar  tezligini  pasaytirib,
zararli qum zarrachalari havoga ko‘tarilishining oldini oladi. Hozir
va kelgusida Orol dengizining qurigan tubida daraxtzorlar tashkil
etish eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.
Hayvonot  olami  obyektlari  quyidagilar  hi-
soblanadi:
• sutemizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruv-
chi hayvonlar, ham quruqlikda, ham suvda yashovchi hayvonlar,
baliqlar, umurtqasizlar va ularning populatsiyalari;
• yovvoyi hayvonlardan tashkil topadigan tabiiy hayvon galalari
yoki ularning har qanday to‘dalari;
•  yovvoyi  hayvonlarning  kamyob  yoki  yo‘qolib  ketish  xavfi
ostida bo‘lgan turlari;
• yovvoyi  hayvonlar  yashash  faoliyatining  mahsulotlari.
Biologik xilma-xilligida hayvonot dunyosi turlarining salmog‘i
nisbatan ko‘p bo‘lib, ularning katta qismini bo‘g‘imoyoqlilar tash-
kil  etadi.  Hayvonot  dunyosining  keng  tarqalgan  turlari  qushlar,
sutemizuvchilar, sudralib yuruvchilar va baliqlardir.
Hayvonot dunyosi va uning yashash muhitini muhofaza qi-
lish  hamda  undan  foydalanish  quyidagi  talablar  asosida  amalga
oshiriladi:
• hayvonlarning  tur  bo‘yicha  xilma-xilligini  va  ular  galalari-
ning butligini tabiiy erkinlik holatida saqlab qolish;
• hayvonlarning yashash muhitini, urchish  shart-sharoitlarini
va ko‘chib yurish yo‘llarini saqlab qolish;
Hayvonot
olami


140
• hayvonot dunyosi  obyektlaridan oqilona foydalanish, ularni
tiklash va takror yetishtirish;
• aholi sog‘lig‘ini saqlash hamda jismoniy va yuridik shaxslarga
zarar  yetkazilishining  oldini  olish  maqsadida  hayvonot  dunyosi
obyektlarining miqdorini tartibga solish.
Masalan, Ustyurt hududida sayg‘oqlar miqdorini saqlab qo-
lish  va  ko‘paytirish  uchun  quyidagilar  zarur:
• sayg‘oqlar  muhofazasini  kuchaytirish  va  yil  davomida  na-
zorat qilish. Buning uchun tarkibida kamida 5—6 kishidan iborat
maxsus yegerlik xizmatini tashkil qilish, uni tez yuradigan trans-
port va boshqa jihozlar bilan ta’minlash, ayniqsa, kuzgi-qishki-
bahorgi  davrda  ommaviy  qo‘llanadigan  joylarida  muhofazasini
yanada kuchaytirish kerak;
• ushbu  noyob  hayvon  turini  saqlab  qolish  haqida  oyiga  bir
marta namoyish etiladigan teleradioko‘rsatuv tashkil qilish. Ma-
halliy aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish, brakonyer-
larni qat’iy jazolash;
•  sayg‘oqlar  ko‘payish  joylarida  (Òeranquduq,  Churuq,  Be-
leuli, Allan, Airobolda) «osoyishtalik zonasi»ni tashkil qilish, bu
yerda kamida bir oy davomida 15-maydan 15-iyungacha trans-
portning har qanday harakatini taqiqlash, sayg‘oqlar  suv  ichishi
uchun  sardobalar  qurish;
• qish  uzoq  davom  etadigan  yillarda  hayvonlarni  yem  bilan
ta’minlash.
Hayvonlar migratsiyasi — ularning atrof-mu-
hit  sharoitlariga  moslashish  maqsadida  ko‘chib
yurishi.  Hayvonlarning  aksariyati  ko‘chib  yura-
digan  turlar  sanaladi.  Qushlar  uchib  o‘tishiga,
birinchi navbatda, ob-havo sharoitlari ta’sir ko‘rsatadi. Lekin qush-
lar dam olish yerlarining mavjudligi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Sayg‘oq — Ustyurt platosida yashaydi. U Qozog‘istondan  qish-
lash  va  ko‘payish  uchun  Qoraqalpog‘istonning  Ustyurtiga  mav-
sumiy ko‘chib o‘tadi. Qushlardan farqli ravishda sayg‘oqlar yerdan
yurib ko‘chadi va muvaffaqiyatli migratsiyasi uchun birorta to‘sqinlik
(mashinalar  tez  yuradigan  yo‘llar,  kanallar,  to‘siqlar  va  h.k.lar)
bo‘lmasligi kerak.
Hayvonlar
migratsiyasi


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə